BUXORO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG4NING
BUYRUG‘1
Tuman(shahar) xalq ta'limi bo'limlaridagi Maxsus ta'mirlash-ekspluatatsiya xizmatlari faoliyatini o‘rganish to‘g‘risida
Xalq ta'limi muassasalaridagi bino va inshootlardan uzoq muddat samarali foydalanish, ularni doimiy ishchi holatida saqlashni ta'minlash yuzasidan tashkil etilgan tuman(shahar) xalq ta'limi bo‘limlaridagi “Maxsus ta'mirlash-ekspluatatsiya xizmatlari” faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Xalq ta'limi muassasalarini qurish, ta'mirlash va jihozlash, bino-inshootlardan foydalanishni muvofiqlashtirish va davlat-xususiy sherikchilik bo‘limi(A.Babakulov), maxsus ta'mirlash-ekspluatatsiya xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
belgilangan tartib ishchi guruh tuzgan holda tuman(shahar) xalq ta'limi bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus ta'mirlash-ekspluatatsiya xizmatida faoliyat yuritayotgan xodimlarni toiiq suhbatdan o‘tkazish, natijasi bo‘yicha tegishli tavsiyalami berish;
egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan xodimlarga nisbatan ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ishdan bo‘shatish bo‘yicha taklif berish va o‘rganish natijasi bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga hisobot berish;
tuman(shahar) xalq ta'limi bo‘limlaridagi MTEXning ish faoliyati yuzasidan monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;
aniqlangan kamchiliklami bartaraf etishda aniq choralar ko‘rmagan xalq ta'limi bo‘limlari bo‘yicha tanqidiy ma'lumotlami o4rganish yakunlangandan so‘ng bir oy muddatda boshqarma boshlig‘iga kiritish;
Boshqarmaning Xalq ta'limi muassasalarini qurish, ta'mirlash va jihozlash, bino-inshootlardan foydalanishni muvofiqlashtirish va davlat-xususiy sherikchilik bolimi tomonidan chiqarilgan xatlar va topshiriqlaming xalq ta'limi bo‘limlaridagi MTEX tomonidan ijrosini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish;
Maxsus ta'mirlash-ekspluatasiya xizmatlari uchun ajratilgan “Damas VAN” rusumdagi avtomashinalariga o‘matilgan GPS-treker uskunalarini doimiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish;
“Damas VAN” rusumidagi avtomashinalaridagi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlab berilgan tamg‘alar bilan qoplanganlik holatini o’rganish;
“Damas VAN” rusumidagi avtomashinalarning texnik holati hamda yoqilg’i bilan ta'minlanishi, motor moyini almashtirish holatlari bo‘yicha kelib chiqayotgan muammolar bartaraf etish bo‘yicha tuman(shahar) XTB mudirlariga tegishli ko‘rsatmalar berish;
“Damas VAN” rusumidagi avtomashinalari haydovchilarining javobgarligini oshirish maqsadida bo‘lim tomonidan chiqarilgan buyruqlami o‘rganish;
Tuman(shahar) xalq ta'limi boclimlaridagi Maxsus ta'mirlash-ekspluatatsiya xizmatlarining moddiy texnik bazasi, belgilangan tartibda xona ajratilgani hamda maktablami ta'mirlash bo‘yicha bo‘lim omborxonasidagi qurilish maxsulotlari holatini o‘rganish vazifalar yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21 -avgustdagi “Ta'lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to’g‘risida”gi PQ-3231-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2018-yil 1-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari bino inshootlarini ekspluatatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 28-sonli buyrug‘i hamda mazkur buyruqning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Maxsus ta'mirlash-ekspluatatsiya xizmati to‘g‘risidagi Nizomga hamda muvofiq, Ekspluatatsiya xizmati boshlig‘i 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan kelishilgan holda tuman(shahar) xalq ta'limi bo‘limi mudirining buyrug‘iga asosan lavozimga tayinlanishi lavozimdan ozod etilishi;
tuman(shahar) MTEXlariga xodimlami qabul qilish faqat viloyat xalq ta'limi boshqarmasining Xalq ta'limi muassasalarini qurish, ta'mirlash va jihozlash, bino- inshootlardan foydalanishni muvofiqlashtirish va davlat-xususiy sherikchilik bo‘limi boshlig‘i bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi belgilanganligi
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2021-yil 29-yanvardagi “Tuman (shahar) xalq ta‘limi bo‘limlaridagi “Maxsus ta‘mirlash-ekspluatatsiya xizmatlari” faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 22-son buyrug‘ining 4-bandiga asosan, 2021-yil 1-fevraldan boshlab tuman(shahar) MTEXlariga xodimlami qabul qilish faqat viloyat xalq ta'limi boshqarmasining Xalq ta'limi muassasalarini qurish, ta'mirlash va jihozlash, bino-inshootlardan foydalanishni muvofiqlashtirish va davlat-xususiy sherikchilik boMimi boshlig‘i bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilanganligi qat'iy nazoratga olinsin.
Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |