3. Kengash mas’ul kotibi (B.Xurramov)ga:
Kengashning muntazam ravishda faoliyat yuritishi, uning yig‘ilishlarini tashkil etish va tizimda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini doimiy nazorat qilib borish;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar tarbiyasi va ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash kabi masalalarni Kengash yig‘ilishi kun tartibiga kiritib borish;
umumta’lim muassasalaridagi yoshlar siyosati, ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni monitoring qilish va umumta’lim maktablarining bu boradagi reytingini aniqlash vazifalari yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |