GLOMERULONEFRIT TURLARI
Glomerulonefrit yuqumli allergik tabiatli bakterial glo-merulonefrit bo’lishi mumkin. Uning kelib chiqishida J — gemolitik streptokokk asosiy rol o’ynaydi, ammo u boshqa mikroblar va viruslar tomonidan ham chaqarilishi mumkin. Odatda glomerulonefrit organizmni sensibili-zasiya qiluvchi (sezgirligini ortdiruvchi) angina, skarlatina, ba'zan zotiljam, o’tkir respirator kasalliklar, surunkali
GLOMERULONEFRITNING KECHISHI VA OQIBATLARI
Glomerulonefrit o’tkir, unchalik bo’lmagan yoki yomon sifatli, shuningdek surunkali kechadi.
O’tkir glomerulonefrit bir yilga qadar davom etadi va intrakapillyar xarakterda bo’ladi. o’zida bakterial antigen, antitela va komplement saqlagan immun kompleks ikkala buyrak kalavachalari kapillyarlarining bazal membranasida saqlanadi va ularni parchalaydi. Bunga immun kompleks-larni va bazal membrana moddalarini fagositoz qiluvchi leykositlar ham ko’maklashadi. Bu vaqtda kalavachalar kapillyarlari ortiq darajada qonga to’lishadi. Kalavachalar kapillyarlari bazal membranasi shikastlanishi reaksiyasi sifatida endoteliya hujayralari va mezangial hujayralar proliferasiyasi (ko’payishi) yuz beradi. o’tkir glomerulo-nefritda buyrak shishadi, hajmi kattalashadi. Ularning yuzasi qizil dog’li kulrang qo’ng’ir rangga ega bo’ladi (Olachipor buyrak) (56-rasm). o’tkir glomerulonefritni o’z vaqtida davolansa u qaytadi. Ammo u ba'zan surunkali xilga ham o’tishi mumkin.
Unchalik o’tkir bo’lmagan yoki yomon sifatli glomeru-loncfrit — to’xtovsiz jadallashadi. U buyrak kalavachalari (|ohi’,kining ekstrakapillyar mahsuldor yallig’lanish KMksiyasi nalijasida kalavachalarni ezib qo’yuvchi \;naklerdagi yarim oysimonlar paydo bo’ladi. Bu vaqtda kapillyarlar tromblanishi, nekrozlanishi kuzatiladi, kalavachalardagi fibrin ularda gialin hosil bo’lishiga ko’maklashadi. Buyrak hajmi kattalashadi, u shalvirab qoladi, uning qismi kengayadi, qizil dog’li sarg’ish —-kulrang rangga kiradi. Bunday buyrak (katta qizil buyrak» deb ataladi.
Surunkali glomerulonefrit hamma vaqt ham o’tkir nefritni surunkaliga o’tishi hisoblanmaydi. Kocpincha u mustaqil kasallik sifatida yashirin yoki qaytarilishlar (residivlar) bilan bir necha yillar davom etuvchi va surunkali buyrak yetishmovchiligi asorati bilan tugal-lanuvchi kasallik hisoblanadi. Surunkali nefritda buyrak kalavachalarining o’zgarishi ular kapillyarlari bazal membranasiga immun komplekslar yig’ilishi bilan bog’liqdir. Ammo ular leykositlar tomonidan fagositoz qilinmaydi. Balki bazal membrana moddalari bilan o’raladi va ajratib (izolyasiya qilib) qo’yiladi. Bunda bazal membrana diffuz kengayadi, kapillyarlar devori qalinla-shadi. Bir qator holatlarda mezangositlarning kuchli
Do'stlaringiz bilan baham: |