NEKROTIK NEFROZ
Nekrotik nefroz o’tkir buyrak yetishmovchiligi asosini tashkil qiladi va tubulopatiyaning yaqqol va qo’rqinchli ko’rinishi hisoblanadi. o’tkir buyrak yetishmovchiligining sabablari turli infeksiyalar va simob, qo’rg’oshin, shuningdek uran va og’ir metall tuzlari, kislotalar, dori va narkotik preparatlar bilan zaharlanishlar hisoblanadi. Zaharlanishlar to’qimalarning tarqalgan ezilishlari, kuyish, massiv gemoliz, turli infeksiyalar (vabo, ich terlama, sepsis) bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Shuningdek buyrak yetishmovchiligi o’tkir va unchalik o’tkir bo’lmagan glomerulonefrit oqibatlari bo’lishi ham mumkin. o’tkir buyrak yetishmovchiligi bilan namoyon bo’luvchi nekrotik nefroz har qanday etiologiyali shokda paydo bo’lishi mumkin (10-bobga qaralsin). Shok vaqtida arterial bosim keskin kamayadi va gemodinamika shu jumladan buyrak gemodinamikasi buziladi. Bunda buyrak po’stlog’i arteriya tomirlarining qisilishi (spazmi), qonning buyrakni po’stloq va mag’iz qismi oralig’idagi venaga quyilishi (buyrak tarmog’i) kuzatiladi, natijada buyrak po’stloq qismining ishemiyasi paydo bo’ladi va limfa oqimi buziladi.
Buyrak po’stloq qavatining ishemiyasi kasallikni shok bosqichini xarakterlaydi. Tashqi tomonidan buyrak bo’kkan, shishgan holda ko’rinib, kesilganda po’stloq qavatining o’choqli rangsizlanishi, intermediar zona va piramidalarning keskin to’laqonligi qayd etiladi. Kanalcha-lar cpitcliysi distrofiya holatida bo’lib kanalchalar oraliqlari kcngaygan boMadi. Epiteliyaga qon orqali tushuvchi toksinlar tafsir kocrsatib, buning natijasida u nekrozlanadi, sidirilib tushadi va buyrak kanalchalari teshiklarida silindrlar paydo bo’ladi. Kanalchalar yoriladi, buyrak stromasi shishi ortadi, kalavachalar ultrafiltrati dimlanadi. Giperazotemiya va asta rivojlanuvchi anuriya bilan ta'riflanuvchi oligoanurik bosqich boshlanadi. Agar bemor halokatga uchramasa, diurezni tiklanish bosqichi rivojlanadi. Buning uchun halok bo’lgan nefronlar o’rni-dagi skleroz o’choqlari birgalikda, saqlanib qolgan kanalchalardagi regenerasiya maydonchalarining paydo bo’lishi xarakterli hisoblanadi.
Octkir buyrak yetishmovchiligining eng qo’rqinchli asoratlaridan biri bo’lib, buyrak pocstloq qismining nek-rozi hisoblanadi. Bu buyrak ishemiyasi uzoqqa cho’zilgan holatlarda paydo boUadi. Bu vaqtda nekrotik nefrozga uchragan bemorning hamma vaqt o’limi bilan yakunlanadi. Shuning bilan birga buyrakni po’stloq qismida nekroz boshlanmagan holatlarda o’z vaqtida gemodializni ishga solib, bemorlarni octkir buyrak yetishmovchiliklaridan tuzatib yuborish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |