Buxoro xonligi huquqining asosiy belgilari



Download 44,55 Kb.
bet4/5
Sana21.05.2022
Hajmi44,55 Kb.
#606449
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buxoro xonligida sud ishlari va shariat qonunlari qozilik idoralari jinoyat va jazo turlari

undirish kam uchragan yoki sayyoh uni ko'rmagan, degan xulosa chiqarish mumkin. Agar er xotinini boshqa bir shaxs bilan jinsiy aloqa ustida topib, uni guvohlantirsa, zinokorlarning ikkisi ham o'ldirilib, ularning qarindoshlariga xabar berilgan. Ular esa o'liklarni olib ko'mganlar, shu bilan hech qanday sud bo'lmagan. Shundan ko'rinib turibdiki, bunday og'ir jinoyatlarga sudsiz, tergovsiz jazo berilgan. Buxoro shahri katta—kichik 366 mavzega bo'linib, har biri o'z masjidiga ega bo'lgan, mavzega odatda, keksa savdogarlardan oqsoqol saylanganligi uchun ham shaharliklar uning odilligiga ko'proq ishonishgan. Unga o'z mavzelaridagi savdogarlar orasida vujudga keladigan mayda-chuyda ishlarni ko'rish topshirilgan. Agar oqsoqolning qarori tomonlarni qanoatlantirmasa, ish qoziga, murakkab hollarda esa, qushbegiga o'tkazilgan. Uning qarori ustidan shikoyat qilib bo'lmagan. Amir Haydar davridan boshlab jazolar Registon maydonida, keyinchalik esa, o'tin bozorida, shuningdek, Nodir Devonbegi madrasasi oldidagi hovuz (labihovuz) bo'yida ijro etilgan. «Men Buxoroda bo'lgan vaqtimda, — deb yozadi P. I. Demizon, — ikki kishi, biri odam o'ldirganligi va biri o'g'rilik qilganligi uchun osib o'ldirish yo'li bilan qatl etildi. Odatga ko'ra, osishdan oldin awal halqumini qirqib, keyin dorga tortadilar. Agar hukm ijro etilishi oldidan «bo'g'ulsin» deb yuborilsa, to'g'ridan to'g'ri dorga tortishadi.»'

Alohida hollarda amir biron-bir jinoyatning sodir etilmasligi uchun qo'rquv hissini uyg'otmoqchi bo'lsa, Mir Arab madrasasi oldidagi Minorayi Kalon (Katta minora)dan uloqtirish yo'li bilan qatl etishga hukm qilgan. Odam o'ldirganlik va yaqin qarindoshlari bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun qo'llanilgan mana shunday jazoning ijro etilishini P.T. Demizon o'z ko'zi bilan ko'rgan. Buxoro qamoqxonalari haqida u quyidagilami yozib qoldirgan: «Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qihngan mahbuslarjazoni «bitxona», «kanaxona» deb ataluvchi xonalarda (o'ralarda) o'taydiki, bu ham o'lim bilan barobardir, chunki Buxoro turmalari dahshath chayonlar va chaqadigan boshqa zaharli hasharof larga to'ldirilardi, ana shunday xonalarga tashlangan mahbuslar 2—3 kunda halok bo'lardi. «Buxoroda ikkita qamoqxona bo'hb, saroyda joylashgan. Bittasida davlat jinoyatchilari saqlangan, ikkinchisi shaharda, Mir Arab madrasasidan uzoq bo'lmagan joyda edi. Kam ahamiyatli jinoyatlar uchun aybdorning tovoniga yoki ko'kragiga urish bilan chegaralanilgan. Buxoroda kaltak bilan jazolashning keng qo'llanilishini 1836-yilda bu yerga elchi bo'lib kelgan P.I. Vitkevich ham ko'rgan. Umuman, uning guvohlik berishicha, jazolash yo'g'on kaltak bilan urib amalga oshirilgan, yana shu darajadaki, mahkumning suyaklari sinardi yoki u o'lardi. Albatta, bu ta'riflar uni ko'rgan kishining dunyoqarashi, hissiyoti, qabul qilishi bilan yo'g'rilgan. Lekin bu guvohliklar muayyan darajada boshqa manbalardagi ma'lumotlarga ham to'g'ri keladi.



P.I. Vitkevich devordan itarib yuborish jazosi ham bo'lganligini yozib, uni o'z ko'zi bilan ko'rganligini aytadi. Buxoro shahrining devorlari mustahkam, darvozadan kirish joyida, devor ustida maydoncha bo'lib, ikki kishi o'g'rilik qilganligi uchun uning ko'zi oldida shu yerdan itarib yuborilgan. Ulardan binning qo'li sinib, ikkinchisining esa badanlari mo'mataloq bo'lib ketgan* Bularning hammasi faqat Buxoro amirligiga emas, balki o'zbek xonliklarining barchasiga xos jazolash tizimi edi. Ya'ni, jinoyat va jazo masalalarida mahalliy hukmdorlar faqat shariat ko'rsatmalarigagina amal qilib qolmay, o'zlari ma'qul deb hisoblagan jazolarga, uni ijro etish usullariga ham hukm qilganlar. Yuqorida keltirilgan jinoiy jazolaming ko'pgina turlari islom huquqining biror manbayida ko'rsatilmagan bo'lsada, mufti va qozilar ularni targ'ib etib, fatvo berib hukm qilganlar. Chunki jazoning asosiy maqsadi yetkazilgan zararni qoplash, o'ch olish, xun undirish, qo'rqitishdan iborat edi.
Download 44,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish