2.Buxoro vohasi arxealogiyasi.
Buxoro – jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri: 1997 yilda shahar o`zining 2500 yillik yubileyini nishonladi. Buxoro nomi dastlab IX asrda tarixchi Narshaxiy tomonidan zikr etilgan. Bungacha shaharning boshqa bir necha nomlari bo`lgan. Ko`plab tarixchilar, tilshunoslarning fikriga ko`ra Buxoro so`zi sanskritcha “vixara” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, “kal`a” degan ma`noni bildiradi. Arxeologik qazishmalar natijasiga asosan olimlar ushbu shahar eramizgacha bo`lgan davrda hududning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o`ynagan degan xulosaga keldilar. Buxoro Xitoydan Rimgacha olib boruvchi Buyuk Ipak yo`lining eng muhim chorrahalaridan birida joylashgan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, Yurtboshimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, madaniy merosni, ayniqsa tarixiy-memoriy obidalarni asrash, ularni kelgusi nasllarga yetkazish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Masjidi Kalon, Chorbakr, Ark qal’asi kabi qator asori atiqalar ta’mirlanib, asl qiyofasiga keltirildi. Bevosita Prezident I.Karimov tashabbuslari bilan tasavvuf namoyandalari, Naqshbandiya tariqati asoschilari Abdulxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband ziyoratgohlari obod etildi. Ayniqsa, Buxoro madaniy markazi bunyodkorlik ishlari doirasida alohida o`rin egallaydi. Prezidentimiz tashabbusi va g`oyasi asosida barpo etilgan 107 gektardan iborat madaniy markaz yirik inshootlar – 700 o`rinli viloyat musiqali drama teatri, 2000 tomoshabinga mo`ljallangan amfiteatr, ular o`rtasida esa “Ko`hna va boqiy Buxoro” monumentidan iborat. Madaniy markaz turli burchaklaridan boshlangan yo`laklar balandligi 18 metrli “Ko`hna va boqiy Buxoro” monumentiga kelib tutashadi. Monumentni taniqli haykaltarosh, O`zbekiston san’at arbobi Ilhom Jabborov ishlagan.
Obida zinapoyalari orqali ko`tarilganda, diqqatingizni monument tevaragida zarhal koshinlar tortadi. Unda Buxoroning tuprog`i oltinga teng, degan ma’no mujassam. Chunki Buxoro azaldan oltin makoni bo`lgan. Asl va toza oltin konlari, yombilar shu yerdan topilgan. Ayni chog`da monumentda nafaqat Buxoroning oltin zamini oldida, balki Buxoroni sharif shaharga aylantirgan uning fidoyi, mehnatkash odamlari oldida bosh egish kerak degan g`oya ifoda etilgan. Bu zamin kishilari ezgu ishlari bilan tilga tushganlar. Buyuk olim Abu Ali ibn Sino, tarixchi olim Narshaxiy, islom dini ravnaqi va madaniyatiga beqiyos hissa qo`shgan Imom Buxoriy, tariqat allomalari Abdulxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Orif Regariy, Xoja Mahmud Anjir Fag`naviy kabilar, shuningdek, millatimiz adabiyoti, madaniyati taraqqiyotida munosib iz qoldirgan Ahmad Donish, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo`jayev, xalqimizning boshqa asl farzandlari yetishib chiqqan. Ularning nomlari obidada zarhal harflarda naqshlangan. Bu bitiklar yuqorisida “Ilm o`rganmoq har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” degan hadis o`zbek, arab va ingliz tillarida yozilgan. Ajdodlarimiz va ularning bugungi vorislari bu da’vatni hayot mazmuniga aylantirishgan. Buxoroning dunyoda ilm-ma’rifat maskani sifatida shuhrat qozongani bejiz emas.
Poyi Kalon (shuningdek Poi Kalan, Forscha پپy کlاn "Buyuk poydevor" degan ma'noni
16
anglatadi) buyuklar bazasida joylashgan me'moriy majmuaga tegishli. minora Kalon. Aniqrog'i, Minora-i Kalon, (fors / tojikcha "Buyuk Minora" uchun). Afsonaga ko'ra bu erda jinoyatchilar asrlar davomida tepadan uloqtirilib qatl qilingan joy sifatida o'lim minorasi deb ham tanilgan. The minora ansamblning eng taniqli qismi bo'lib, shaharning tarixiy markazida hukmronlik qiladi. Minoraning roli asosan an'anaviy va dekorativ maqsadlar uchundir - uning o'lchamlari minoraning asosiy vazifasi chegaralaridan oshib ketadi, ya'ni muazzin odamlarni ibodat qilishga chaqirishi mumkin bo'lgan nuqtai nazarni ta'minlashdir. Buning uchun masjid tomiga ko'tarilish kifoya edi. Bu odat Islomning dastlabki yillarida keng tarqalgan edi. "Minora" so'zi arabcha "minara" so'zidan kelib chiqqan ("dengiz chiroqi", yoki ko'proq so'zma-so'z "narsa yonadigan joy"). Mintaqa minoralari "o't o'chirish minoralari" yoki oldingi zardushtiylik davridagi mayoqlarning moslashuvi edi.* Ismi oddiygina Bako bo'lgan me'mor minorani yuqoriga qarab torayib, aylana ustunli g'isht minorasi shaklida loyihalashtirgan. Taglikning diametri 9 metrni (30 fut), yuqori qismida esa 6 m (20 fut) ni tashkil qiladi. Minora 45,6 m (150 fut) balandlikka ega va uni Markaziy Osiyoning tekis tekisliklari bo'ylab uzoq masofadan ko'rish mumkin. Ustun atrofida o'girilib g'ishtdan yasalgan spiral zinapoyalar mavjud bo'lib, ular o'n oltita kamonli rotunda va osmon yorug'ida qo'nish uchun olib boriladi, uning ustiga ajoyib tarzda ishlangan stalaktit korniş (yoki "sharif") asos solingan*.
Buxoro vohasi Zarafshon daryosining quyi qismida tashkil topgan bo’lib, vohaning chegarasi shimolda Qiziltepa qirlaridan, janubda Qorako’l, g’arbda Qizilkir massividap sharqda Qorovulbozor qirlarigacha davom etadi. Voha mezolit zamonidan boshlab O’rta Osiyo tog’liklaridagi muzlarning erishidan hosil bo’lgan Zarafshon daryosining quyi qismida tashkil topgan. Zarafshon daryosi bundan 5000 yil oldin, yoki mil.avv. 3000 yillikda to’lib,—toshib oqib, butun Buxoro vohasi, janubda Qorako’l, Jondor tumanining g’arbiy qismidan o’tib, Amudaryo bo’yidagi hozirgi Nargizqal’a yaqinidan o’tib, Amudaryoga qo’yilgan. Zarafshon daryosi tez oquvchi tog’ daryosi bo’lib, o’zi bilan ko’p loyqa keltirgan. Buning natijasida Buxoro vohasining o’rni loyqa bilan to’lib borib, sekin —asta tekislikka aylangan.
Shu jixatdan Nil vodiysining paydo bo’lish jarayonlari aynan bizning vohamizda qaytarilgan. Misr Nilning farzandi bo’lganidek Buxoro vohasi ham Zarafshon daryosining xosilasidir. Sekin —asta aholi ko’chib kelgan va xo’jalik rivojlangan, madaniyat paydo bo’lgan.
Buxoro vohasi arxeologiyasini yoki moddiy — ashyoviy yodgorliklarini o’rganish uchun avvalo yozma manbalarga yanamiz. Bizning yurtimiz Buxoro vohasi haqida yozma ma’lumotlar ancha kam. Keyingi 30 — 40 yil davomida olib (kborilgan ilmiy —tadqiqotlar,
*Dmitriy Sahifa. "Kalyan minorasi". Arxivlandi asl nusxasi 2014 yil 21 oktyabrda. Olingan 14 oktyabr, 2014. *"Buxoro Buxoro Buxarasi" Na uzbekskom, angliyskom i russkom yazykax. Izdatelstvo "Uzbekistan", Tashkent 2000 y
17
yozma manbalar hamda arxeologik tekshirishlar bu o’lkada boy madaniyat yaratilganliganini ko’rsatadi.
Hindlarning «Rigveda» to’plamida bizning o’lkamiz haqida ma’lumotlar bor. Unda shimoldan kelgan ko’chmanchi chorvador oriylar haqida ma’lumotlar uchraydi. Mil.avv.9 asrlarda oriylarning boy yashaganligi, ularning xo’jaligida chorvachilik katta rol o’ynaganligi haqida ma’lumot beriladi. Navbatdagi muxim manba «Avesto» dir. Unda mil.avv. 9 — 4 asrdagi xayot haqida so’z boradi. Qadimiy e’tiqodlar haqida fikr yuritiladi.
Antik zamon mualliflaridan Gerodotning (mil.avv.5 asr) «Yunon —Eron urushi tarixi» kitobida, uning «Klio» bo’limida bizning o’lkamiz to’g’risida fikr yuritiladi. Ko’z ilg’amas kengliklarda xayot kechiruvchi massagetlar xo’jaligi, qurol —yarog’i, taqinchoqlari umuman turmush tarzi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, bu davrda yashagan boshqa tarixchilar Kvant Kurstiy Ruf, Arrian, Polien singari "mualliflar mil.avv. IV asr voqealari haqida fikr yuritganlar. Ayniqsa ular Makedoniyalik Aleksandr yurishlarini bayon qiladilar. U bilan bog’liq voqealarga tayanib, bizning o’lkamizning xo’jalik hayoti haqida fikr yuritadilar. Bu asarlarda bevosita Buxoro deb nomlanib, Zarafshonning quyi kismidagi joylar haqida gapirilmagan bo’lsada, voqealar bayoni shu joy haqida tushuncha hosil qilish imkonini beradi. Antik zamon yozuvchilaridan faqat Arrianning «Aleksandr yurishlari» asarida kuyi Zarafshon vohasida kad kutargan Bagi qal’asi haqida bir marta aytib o’tiladi. Qadimiy aholi massagetlar Karmanadan Quyi Zarafshongacha bo’lgan xududlarda yashaganlar. *
Massagetlar ittifogining 5 ta yirik kabila birlashmasi bo’lgan. Bular quyidagilar: 1. Xorazmiylar 2. Derbiklar 3. Attasiylar 4. Avgasiylar 5. Apasiaklar
Buxoro to’g’risida, uning qadimgi tarixi, shaharning paydo bo’lishi xususida yakkayu —yagona, ancha keng ma’lumotlar beradigan tarixiy manba M.Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asaridir. Ushbu asar 943 — 944 yillarda yozilgan bo’lib, 1128 yilda Muxammed ibn Nasr al Quboviy tomonidan arabchadan fors tiliga o’girilgan. «Buxoro tarixi» asari 36 bobdan iborat bo’lib, Buxoroda hukmdorlik qilgan kishilar, Buxoro mavzelari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. 2 bobda fasl keltirilib, «Buxoro o’rnashgan bu mavze ilgari botqoqlik bo’lib, uning ba’zi erlarini to’qayzor, daraxtzor va ko’kalamzorlar tashkil etgan. Ayrim joylari shunday bo’lganki, biror hayvon oyoq qo’yishga joy topolmagan. Buning sababi Samarkand tomonidagi viloyatlarda tog’larda qor erib, suvi oqib kelib, o’sha joylarga yig’ilib yotar edi. Samarkand tomonida bir- katta dare borki, uni «Rudi Mosaf» «Mosaf daryosi» deydilar. Bu daryoga ko’p suv yig’ilgap, u bir talay erlarni yuvib o’pirib, ko’p loyqalarii surib kelgan va natijada bu botqoqliklar to’lib krlgan. Suv ko’p oqib kelaverdi, loyqalarni to Bitik (Chorjo’y
*A.R.Muhammadjonov. Quyi Zarafshon vodiysining sug’orilish tarixi. T., 1972
18
va Amudaryo bo’yidagi qishloq) va Farobgacha surib keltiraverdi. So’ng suv toshib kelishi to’xtadi. Buxoro joylashgan er asta —sekin to’lib tekis erga aylandi. Shunday qilib, u katta dare So’g’d, bu loyqalar bilan to’lgan mavze Buxoro bo’lib koldi», deb - yozadi. Narshaxiy asarida Buxoro vohasi va uning atrofidagi qator aholi manzillari: Hyp, Vardonze — Vardona, Tarovcha — Tarob qishlog’i, Safna va Ispona qishloklari, Zandona, Poykend qal’asi Dabusiy singari aholi manzillari ta’riflangan. Shuningdek, Karmina, Hyp, Tavoyiz, Sharq, Zandana qishloqlari ta’riflangan. Bu erda katta qal’a, jome’ masjidlari bo’lganligi aytilgan Romitan, Varaxsha haqida so’z yuritilgan.*
Buxoro arxeologiyasi haqida uni o’rgangan, arxeologik jihatdan tadkikotlar o’tkazgan olimlar tomonidan qator ilmiy ishlar e’lon qilingan. Bular maqolalar, risolalar va ilmiy monografiya, kitoblar shaklidadir. Shulardan Yaxe G’ulomovning «Xorazm vohasini sug’orilish tarixi», «Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavxalar» (A.Asqarov mas’ul muxarrir, Ya.G’ulomov). A.Muxammadjonovning «Qadimgi Buxoro» (1991), «Buxoro 2500 yoshda» (1998) singari asarlari, V.A. Shishkinning «Varaxsha» (1963) nomli monografiyasida ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek, Jamoliddin Mirzaahmedov qator yillar davomida Buxoroda o’tkazilgan tekshirishlarda ishtirok qilib, topilgan sapollarni ilmiy tadqiq qildi. XVII —XVII asrlarda Buxoro sapollari mavzusida ilmiy tadqiqotini yakunladi. Demak, yozma manbalarda Buxoroning qachon shakllanganligi, shaharning tarixiy topografiyasi qanday bo’lganligi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Bu masalalar faqat arxeologik tadkikotlar natijasidagina oydinlashib, tarix sahifalaridan joy oldi. Buxoro vohasi to’g’risidagi dastlabki arxeologik ma’lumotlar
Buxoro vohasi Buxoro amirligining markaziy mintaqasi bo’lib, uzok; vaqtgacha bu joyda arxeologik tekshirishlar o’tkazish mumkin bo’lmagan. Ayniqsa, Buxoro hukmdorlari, islom dini vakillari o’lkadagi yodgorliklarni qazib o’rganishni man qilganlar. Dunyo miqyosida XVII —XVIII asrlardan boshlab qadimiy madaniyat obidalarini arxeologik nuqtai—nazardan tadqiq qilish boshlangan bo’lsa, bizning o’lkamizda bu ishlar faqatgina XX —asrning boshlaridan boshlangan. Shungacha vohadagi moddiy — ashyoviy ma’lumotlar ko’proq rus sayyohlari tomonidan to’planib, ilmiy doiraga ma’lum qilingan. 1820 yilda rus elchisi bo’lib kelgan Negri bir qator ma’lumotlarni to’plab, ularni tadqiqotchilar Eversman va Meyendorfga bergan. Ularning ishlarida bu ma’lumotlar keltirilgan. Buxoro vohasi to’g’risidagi maxsus dastlabki arxeologik ma’lumotni ingliz hukumati agenta A.Borns bergan edi. Uning «Xodja Obon degan joy» nomli ma’lumoti, bu joy atrofidan topilgan tangalar tasnifi Uilson va Prinseplarning 1839 yilda Londonda e’lon qilingan ishlarida keltirilgan. Bu ishlar 1831 — 33 yillardagi «Osiyo sayoxatlari» (Buxoro, Qobul, Eron, Hindiston) ma’lumotlariga bag’ishlangan (II tom, 455 — 473 b). Buxoro to’g’risidagi bir qator ma’lumotlarni naturamest Leman va sharqshunos Nikolay Xannikovlar 1840 yilni tog’
*Сагддуллаев А.С. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. Т., “Ўқитувчи”. 1996.
19
injeneri Butenev va Bogaslavskiylarning ekspedistiyasida ishtirok etib, ma’lumot to’plagan edilar. Nikolay Xannikov 1843 yilda Sankt —Peterburgda «Buxoro xonligining tavsifi» nomli asarini chiqardi. 1868 yilda Buxoro amirligi Rossiya tomonidan istilo qilingach, bu o’lkani o’rganuvchi, tadqiq qiluvchilar ko’paydi. XIX asrning 90 —yillari o’rtalarigacha arxeologik nuqtai nazardan tadqiqotlar salmog’i unchalik katta emasdi.
Arxeologik tadqiqotlarga biror joyga bevosita qazish ishlaridan tashqari, kollekstiyachilik, ashyolarni yig’ish, yodgorliklarni ko’zdan kechirib o’rganish, o’lchov ishlarini bajarish va ta’mirlash ishlari ham kiradi. Faqatgina Uilson va Prinstep hamda Buxorxudotlar tangalarini birinchi marta ajrata olgan numizmat olim Frend ishlarini alohida ko’rsatish mumkin. Bu olim 1840 yilda buxoroxudotlarning bir necha tangalarini ilmiy tahlil qilib, matbuotga chiqish qilgan. 1822 yilda akademik Keller buxorxudotlar tangalarni o’rganib, «Sibirskiy vestnik» to’plamida «Buxorodan keltirilgan qadimgi medallar» nomli maqolasini e’lon qildi (Sibirskiy vestnik I kiem 1824 yil 9—18 b.). Buxorxudotlar tangasini o’rganishda P. I.Lerx xam o’zining qimmatli ishini bag’ishlagan. Lerxning «Rus arxeologiyasi jamiyati» Sharq bo’limining to’plamida e’lon qilgan «Buxorxudotlar tangalari» nomli maqolasi ilmiy mulohazalarga boyligi bilan ajralib turdi (Rus arxeologiya jamiyati Sharq bo’limi ishlari Sankt-Peterburg 1875 y).
Rus va chet el olimlari ishlarida Buxoro tangalari arab afsonalari va rivoyatlari bilan qo’shib tasvir — langan. V.Tizengauzenning ishida shunday ma’lumotlarni ko’rish mumkin.*
Bu muallif Buxorxudotlarning tangalarini arab xalifaligining tangalari deb sharhlab xato qiladi. Yoki Ermitajdagi numizmatika bo’limida Fren tomonidan «Afrosiyob urug’idan bo’lgan turk hoqonlari tangalari» deb guruxlashtiriladi. Turk hoqonlarining hech qachon Afrosiyob urug’idan bo’lmaganligi tushunilmagan.
XIX asrning oxirlarida xarbiy topograf N.F.Sitnyakovskiy Buxoroga kelib, bir qator suratga olish ishlarini bajardi. U Buxoro vohasida bevosita arxeologik kuzatuvlar olib borgan birinchi tadqiqotchi edi. Bu tadqiqotchi arxeolog va tarixchi bo’lmay, harbiy injener bo’lgan. U joylarni xaritalash jarayonida butun voha bo’ylab uchraydigan obidalarga xam qiziqqan. Vohadagi qishloqlar, ariqlar, tepaliklar tarixiy arxitektura yodgorliklari — masjid, Madrasa, xonakoh, namozgoh, sardobalarning xaritaga tushirib borgan. Kampirak devori xaritaga to’g’ri kiritilgan. Buxoro voxasini ilk o’rta asrlarda o’rab turgan, uni atrofdagi ko’chmanchilardan himoya qilgan devorni birinchi marta topografik kartalarga tushirgan. Sitnyakovskiy ko’rgan va tekshirishlar olib borgan vaqtda devor albatta dastlabki ko’rinishda emasdi. Ayrim joylarda 80 sm dan 1 m va 1,20 sm cha bo’lgan uzun tepalik holida edi. Buni xaritaga to’g’ri belgilash olimdan katta bilim va mahorat talab qilardi.
Kampir devorning xaritaga tushirilishi katta axamiyatga ega.bo’lib, devor Buxoro vohasining ilk o’rta asrdagi chegarasini belgilashda muxim o’rin tutgan. Devor Hazora
*V.Tizingauzen «Sharqiy xalifa tangalari». S —Peterburg, 1873.
20
qishlog’idan boshlanib, butun Buxoro vohasini Gijduvon cho’l qismidan Vobkent, Shofirkon, Romitan, Jondor, Buxoro rayoni, Kogon va Qiziltepagacha borgan. Devor milodiy IV —V asrlarda barpo qilingan. Bu davrda butun Evroosiyo hududida xalklarning buyuk ko’chish davri bo’lgan. Yakkatut qishlog’i Kampirakning eng chekka chegarasi hisoblangan. Kampirak devorining shaklini ot taqasiga qiyoslaydilar. Yaxyo G’ulomov, Xalilullo Muxammadov, A.Muxammadjonovlar bu devorni o’rganganlar. Bu devor Buxoroning 22 ta rustakidan 15 tasini o’z ichiga olgan (Rustak — tuman).
Ayniqsa, devor qurilgan devordagi sug’orilgan erlar chegarasini aniqlash nihoyat qimmatli edi. Sitnyakovskiy bir qator shaharchalar, qadimgi mudofaa inshootlarini ko’rib chikdi. Uning alohida xizmati voha irrigastiya tizimining to’la tasvirlanishida bo’lgan. Hisobot 1896 yilda Rossiya Fanlar Akademiyasiga yuborilgan edi.*
Buxoro tarixi va arxeologiyasini o’rganishda B. V.Bartold taxriri ostida N.S.Likoshin tomonidan tarjima qilingan M.Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari katta ahamiyatga ega. Bu kitobdagi izoxlardan birida V.V.Bartold ilmiy adabiyotlarda birinchi marta Varaxshani tilga olib, uning joylashgan o’rnini ko’rsatishga harakat qilgan. Bartoldning «Turkiston mo’g’ullar istylosi davrida» asarida Buxoro va uning atrofini ta’riflashga katta e’tibor bergan.
XX asr boshlarida N.N.Veselovskiy, V.L.Vyatkin, V.V.Bartold va boshqalar tomonidan Samarkandda o’tkazilgan arxeologik qazishlar jarayonida ancha ashyoviy dalillar, eng muximi O’rta Osiyo sharoiti uchun arxeologik tekshirishlar uslubiyotining o’ziga xos tomonlari ao’g’risida dastlabki tajribalar to’plana boshlandi. V.L.Vyatkingacha arxeologiya sohasida unchalik Katta ishlar qilinmagan. 1911 — 12 yillarda Vyatkin Afrosiyobni o’rgangan. Biroq hali arxeologik tekshirishlar uslubiyoti ishlab chiqilmagan edi. Rasmiy jihatdan arxeologik davrlashtirish qilinmagan edi. Shunday bo’lsada, Afrosiyob va Ko’xna Marvdagi qazishmalar arxeologiyaning xususan, O’rta Osiyosting arxeologiyasini fan bo’lib ravnaq topishida shart —sharoitlar yaratdi.
XX asrning boshlarida Buxoro vohasida xam dastlabki arxeologik qazishmalar amalga oshirilgan. 1913—15 yillarda tarixchi sharqshunos ma’lumotiga ega bo’lgan L.A.Zimin tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar ilmiy — uslubiy jihatdan ancha tayyorgarlik asosida yuqori ilmiy mulohazalarga boyligi bilan ajralib turdi (Rus arxeologiya jamiyati Shark bo’limi ishlari Sankt-Peterburg 1875 y). Rus va chet el olimlari ishlarida Buxoro tangalari arab afsonalari va rivoyatlari bilan qo’shib tasvir — langan. V.Tizengauzenning ishida shunday ma’lumotlarni ko’rish mumkin *
Bu tadqiqotchi qazish ishlarini boshlaguncha, yodgorliklar to’g’risidagi tarixiy yozma manbalarni atroflicha o’rgangan va anik ilmiy tushunchalar va tasavvurlarga ega bo’lgan. Shundan keyingina u Buxoro vohasida dastlabki tadqiqotlarni boshlagan. 1913 —15 yillar
*Жўрақулов М.Ж. Ўрта Осиё ибтидоий археологияси. Т., “Ўқитувчи”. 1984. *V.Tizingauzen «Sharqiy xalifa tangalari». S —Peterburg, 1873).
1 21
davrida razvedka xarakteridagi bir necha sayohatlar qilgan. Jumladan, Qiziltepa va Hazora oralig’idagi qadimgi devor qoldiqlarini rasmga tushirgan. Bir necha qadimgi shahar va tepalari aylanib, kuzatib, ko’zga tashlanadigan ashyoviy dalillarni yiggan. Jumladan, Poykend, Qo’rgon Romitanga borib, u joylarni aylanib, ko’zdan kechirgan. Varaxshani o’rnini aniq aytib o’z hisobotiga kiritgan. Birok u Varaxshagacha etib bormagan va ko’rmagan edi. Varaxshadan 3 — 4 km cha Sharada joylashgan Qal’ai Mallabek degan joygacha borib, shu erdan qaytgan. Ziminning Varaxsha hududigacha etib bormaganligi natijasida Devori Kampirakni Qal’ai Mallabek va Qal’ai Siminch yonidan o’tadi, deb xato ko’rsattan. 1914 yilning bahori va yozida bir muncha tayyorgarlikdan so’ng Poykendda arxeologik tekshirish o’tkazgan. U Shahriston qismini tekshirar ekan shahar hayotini so’ngiga oid ashyoviy buyumlarini topgan. Bu ish xam rejasiz bajarilib, biror tarixiy xulosalar qilinmagan.
Ismoil Somoni maqbarasi.Kalon masjidi (Masjidi-i Kalon), shubhasiz, 1514 yilda tugal-langan, ga teng Bibi-Xonim masjidi hajmida Samarqandda. Masjid o'n ikki ming kishini qabul qilishga qodir. Kalyan masjidi va Samarqanddagi Bibi-Xonim masjidi bir xil bino bo'lsa-da, ular qurilish san'ati jihatidan farq qiladi. Ikki yuz sakson sakkizta yodgorlik ustunlari Kalyan masjidi hovlisini o'rab turgan galereyalarning ko'p gumbazli tom yopilishiga yordam beradi. Hovlining uzunlamasına o'qi xoch shaklidagi zali bo'lgan asosiy kameraga (maksura) portal bilan tugaydi, ustiga mozaik baraban ustiga katta ko'k gumbaz qo'yilgan. Qurilish ko'plab me'moriy qiziqishlarni saqlaydi, masalan, gumbazlarning biridagi teshik. Ushbu teshik orqali Kalyan minorasi poydevorini ko'rish mumkin. Keyin qadamma-qadam orqaga qaytib, minora g'ishtdan yasalgan barcha kamarlarni rotundagacha sanash mumkin*.
Mir-i Arab madrasasi (1535–1536). Mir-i-Arab madrasasi (Miri Arab madrasasi) ning qurilishi Yamanlik shayx Abdulloh Yamaniga tegishli - Mir-i Arab - Ubaydulloh-xon va uning o'g'li Abdul-Aziz-xonning ruhiy ustozi. Ubaydulloh -xon Eron bilan doimiy ravishda muvaffaqiyatli urush olib bordi. Kamida uch marta uning qo'shinlari Hirotni egallab olishdi. Eronga qilingan bunday har qanday talonchilik reydlari ko'plab asirlarni asir olish bilan birga bo'lgan. Ularning aytishicha, Ubaydulloh-xon uch mingdan ortiq fors asirlarini qutqarishdan tushgan pulni Mir-i Arab madrasasini qurishga sarflagan. Ubaydulloh-xon juda dindor edi. U so'fiylik ruhida Islomni yuksak hurmat qilishda tarbiyalangan edi. Otasi uni XV asrning taniqli shayxi Ubaydulloh al-Ahror (1404–1490) sharafiga nomlagan, kelib chiqishi Toshkent viloyatidan. XVI asrning o'ttizinchi yillariga kelib, suverenitetlar o'zlari va qarindoshlari uchun ajoyib maqbaralarni barpo etgan vaqt tugadi. Xonlar Shayboniylar sulolasi Qur'on an'analarining bayroqdorlari edi. Dinning ahamiyati shunchalik katta ediki, hatto Ubaydulloh singari taniqli xonni ham madrasasida ustozi er yuziga etkazdi. Mir-i Arab madrasasidagi kassa (gurhona) o'rtasida Ubaydulloh-xonning yog'och maqbarasi joylashgan. Uning boshida uning ustozi Mir-Arab ismli qolipga o'ralgan. Bu erda madrasa mudarris (katta o'qituvchi) Muhammad Qosim (1047 hijriyda vafot etgan) ham shu erda joylashgan.
*"V.G. Saakov Arxitekturnye shedevry Buxary. Buxarskoe oblastnoe obshestvo" Kitxonxon"Uz SSR, Rovno 1991 g.
22
Miri Arab madrasasi portali Kalyan masjidi portali bilan bir o'qda joylashgan. Biroq, maydon sharqqa bir oz pastga tushirilganligi sababli, maydonchada madrasani biroz bino ko'tarish kerak edi.*
Nasruddin Xo'ja.The Lab-i Xauz (yoki Lab-e hauz, forscha: lb ma'nosi suv havzasi yonida) Ansambl (1568–1622) - qolgan sonlardan birini o'rab turgan maydon nomi hauzyoki Buxoro shahridagi suv havzasi. Bunday hovuzlarning bir nechtasi Buxoroda ilgari bo'lgan Sovet qoida Hovuzlar shaharning asosiy suv manbai bo'lib xizmat qilgan, ammo kasallik tarqalishi bilan ham mashhur bo'lgan va shu tariqa 1920-1930 yillarda Sovetlar tomonidan to'ldirilgan. Lab-i Xauz XVI-XVII asrlarga oid me'moriy ansamblning markaziy vazifasi tufayli omon qoldi. Lab-i Hauz ansambli XVI asrdagi Kukeldash madrasasidan, shaharning eng kattasi, hovuzning shimoliy tomoni bo'ylab.* Hovuzning sharqiy va g'arbiy tomonlarida sayohat uchun 17-asrga tegishli turar joy mavjud So'fiylarva 17-asr madrasasi.8 Ning metalldan yasalgan haykali ham mavjud Nasriddin Xoja, Markaziy Osiyo, Afg'oniston va Pokistondagi ko'plab bolalar folklor hikoyalarining markaziy xarakterini shakllantiradigan, tezkor va iliq odam, bir qo'li bilan yuragiga, ikkinchisi esa "Hammasi yaxshi" belgisi bilan xachirining tepasida o'tirgan boshi ustida.
Bahouddin me'moriy majmuasi- bu nekropol Shayx Baxo-ud-Din yoki Bohoutdin, asoschisi Naqshbandiya buyurtma. Kompleks tarkibiga quyidagilar kiradi dahma (qabriston toshi) Bahoutdin, Xakim Qushbegi masjidi, Muzaffarkan masjidi va Abdul-Lazizxon xonqohi. Sayt 2008 yil 18 yanvarda YuNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan taxminiy ro'yxatiga kiritilgan.
Maqbaralar: Chashma-Ayub maqbarasi. Chashma-Ayub yoki Ishbahor, Samani maqbarasi yaqinida joylashgan. Uning nomi Ayub payg'ambarni ("Ayub") aytgan afsonani aks ettiradi Qur'on) bu erga tashrif buyurib, erdagi tayoqchasining zarbasi bilan buloq suvini chiqardi. Ushbu quduq suvi nihoyatda toza deb aytilgan va uning "shifobaxsh fazilatlari" bilan ajralib turadi. Saytdagi hozirgi bino podsholik davrida qurilgan Temur, va Xavarazm uslubidagi konus shaklidagi gumbaz, aks holda mintaqada kam uchraydi.
Ismoil Samani maqbarasi (9 - 10-asrlar) eng qadrli asarlardan biridir Markaziy Osiyo me'morchilik. U 9-asrda (892 - 943 yillarda) dam olish maskani sifatida qurilgan Ismoil Samani- asoschisi Somoniylar sulolasiSomoniylar Virtual mustaqillikni o'rnatgandan so'ng 9-10 asrlarda mintaqani boshqargan so'nggi mahalliy fors sulolasi bo'lgan. Abbosiylar xalifaligi yilda Bag'dod. Sayt zardushtiylik va islomiy naqshlarni o'zida mujassam etgan me'moriy uslubi bilan noyobdir. Binoning jabhasi murakkab bezatilgan g'isht bilan ishlangan bo'lib, unda quyoshni eslatuvchi dumaloq naqshlar tasvirlangan - bu o'sha davrdagi zardushtiylik san'atidagi keng tarqalgan rasm, zardushtiylik xudosi Ahura Mazdani eslatadi, u odatda olov va yorug'lik. Binoning shakli kub shaklida bo'lib, Makkadagi Ka'bani eslatadi, gumbazli tom
*Dmitriy Sahifa. "Mir-i Arab". Olingan 20 oktyabr, 2014. *Dmitriy Sahifa. "Nodir Divan-Begi madrasasi". Olingan 2007-10-04.
23
esa masjid me'morchiligiga xos xususiyatdir. Ziyoratgohning sinkretik uslubi 9-10 asrlarni aks ettiradi - bu davrda hanuzgacha shu davrda Islomni qabul qila boshlagan zardushtiylarning ko'p sonli aholisi bo'lgan.
Ziyoratgoh Buxoro viloyatidagi eng qadimiy yodgorliklardan biri sifatida qaraladi. Chingizxon bosqini paytida, ziyoratgoh allaqachon toshqindan loyga ko'milgan deb aytilgan. Shunday qilib, mo'g'ullar qo'shinlari Buxoroga etib borganlarida, ziyoratgoh ularni yo'q qilishdan xalos bo'ldi. Pokistonning asos solgan otasining maqbarasi, Muhammad Ali Jinnadeb nomlanuvchi Mozori-Quaid yilda Karachi, ma'baddan keyin yaratilgan.
Masjidlar :Bolo Xona masjidi Registon tumanidagi Ark qal'asining qarama-qarshi tomonida 1712 yilda qurilgan Bolo Xauz masjidi tarixiy shaharning boshqa qismlari qatori YUNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan. Vaqtida juma masjidi bo'lib xizmat qilgan Buxoro amiri ostida bo'ysundirilayotgan edi Bolshevik rus 1920 yillarda hukmronlik qilish.
Chor Minor (muqobil ravishda yozilgan Chor Minor, shuningdek, alternativ sifatida Xalif Niyoz-qulning madrasasi) - bu Labi Xauz majmuasining shimoli-sharqiy qismida joylashgan bino. Ushbu inshoot 19-asrda Turkmanistondan bo'lgan boy buxorolik Xalif Niyoz-kul tomonidan qurilgan. Janidlar sulolasi.* To'rt minorali inshoot ba'zida inshoot orqasida mavjud bo'lgan madrasalar darvozasi deb adashadi; ammo, Char-Minar aslida marosim va boshpana kabi ikkita funktsiyaga ega binolar majmuasidir. Asosiy bino - bu masjid. G'ayrioddiy tashqi ko'rinishiga qaramay, bino Markaziy Osiyo masjidi uchun odatiy ichki makonga ega. Kupa binolari tufayli xona yaxshi akustik xususiyatlarga ega va shu sababli "zikr-hana" - marosimlar o'tkaziladigan "zikr" marosimlari uchun alohida ahamiyatga ega. So'fiy, liturgiyasida ko'pincha o'qish, qo'shiq aytish va musiqiy musiqa mavjud.
Markaziy binoning ikki tomonida turar-joy xonalari joylashgan bo'lib, ularning ba'zilari qulab tushgan, faqat ularning poydevorlari ko'rinib turadi. Binobarin, to'liq ishlashi uchun madrasa faqat sinf xonalari va ba'zi yordamchi xonalar etishmayapti. Ammo, odatdagidek,madrasalar deb nomlangan xonalarda ma'ruza xonalari bo'lmagan yoki hatto ularda ma'ruzalar o'qilmagan. Ushbu madrasalar talabalar xospislari sifatida ishlaganlar.*
To'rt minoraning har birida turli xil bezak motiflari mavjud. Ba'zilarning aytishicha, bezak elementlari Markaziy Osiyoliklarga ma'lum bo'lgan to'rtta dinni aks ettiradi. Zardushtiylik va islomiy naqshlardan tashqari xochni, xristian baliq motifini va buddistlarning ibodat g'ildiragini eslatuvchi elementlarni topish mumkin.*
*O.A.Suxareva KVARTALYA OBЩINA POZDNEFEODALNOGO GORODA BUXARY (v svyazi s istoriey kvartalov) Akademiya nauk SSSR Institut etografik im.N.N.Mikluxo-Maklaya Izdatelstvo Nauka; Glavnaya tahrir vostochnoy adabiyoti Moskva 1976 yil (rus tilida) *O.A.Suxareva KVARTALYA OBЩINA POZDNEFEODALNOGO GORODA BUXARY (v svyazi s istoriey kvartalov) Akademiya nauk SSSR Institut etografik im.N.N.Mikluxo-Maklaya Izdatelstvo Nauka; Glavnaya tahrir vostochnoy adabiyoti Moskva 1976 yil (rus tilida) *Dmitriy Sahifa. "Char Minar madrasasi". Olingan 14 oktyabr, 2014.[doimiy o'lik havola] 1 24
1995 yilda er osti ariq tufayli to'rtta minoradan biri qulab tushdi * favqulodda yordam uchun murojaat qilingan va berilgan YuNESKO ostida Jahon merosi jamg'armasi. Garchi qulab tushish natijasida butun tuzilish barqarorligi buzilgan bo'lsa-da, rasmiylar tabiiy ofat to'g'risida xabardorlikni minimal
darajaga ko'tarishni istashgan. Tushuntirishsiz bino diqqatga sazovor joylar ro'yxatidan yo'q bo'lib ketdi va shoshilinch ravishda minorani "sifatsiz tsement va po'lat kabi qurilish materiallaridan foydalangan holda" rekonstruksiya qildi.* Char Minar shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri sifatida qaytib keldi, ammo bu voqea o'sha paytdan beri sir saqlanib kelinmoqda. Char-Minardan o'ng tomonda joylashgan esplanadada, ehtimol bino majmuasining qolgan qismi bilan bir yoshdagi hovuz bor. Hozir Char Minar atrofini asosan kichik uylar va uning perimetri bo'ylab joylashgan do'konlar o'rab olgan.
Sobiq Magoki Attori masjidi 9-asrda qadimgi Zardushtiy ibodatxonasi bo'lishi mumkin bo'lgan qoldiqlar ustiga qurilgan. Masjid bir necha bor vayron qilingan va qayta tiklangan, hozirda eng qadimgi qismi janubiy fasad bo'lib, u XII asrga to'g'ri keladi - bu Buxorodagi eng qadimgi inshootlardan biri bo'lib, Chingizxon hujumidan omon qolgan kam sonli binolardan biri. . 1935 yilda atrofdagi er sathidan pastroq bo'lgan masjid qazilgan. Endi masjid vazifasini o'tamaydi, aksincha gilam muzeyi joylashgan.
Buxoro - Abdulazizxon madrasasi:Buxoro shahridagi me’moriy yodgorliklardan biri bo‘lgan Abdulazizxon madrasasi ashtarxoniylarning beshinchi vakili Abdulazizxonning buyrug‘i bilan me’mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan. U o‘rta asrlarning songgi bosqichiga mansub bo‘lib, Buxorodagi Ulug‘bek madrasasi qarshisida qurilgan. Uning qurilishiga homiylik qilgan Buxoro xoni Abdulazizxon (1614-yil Balx – 1681-yil Makka) Nodir Muhammadxonning katta o‘g‘li bo‘lgan. 1626-yildan Xuttalon hokimi, 1630-yildan esa Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi fazifasida faoliyat yuritgan. 1645-yildagi fitna natijasida Buxoro xonligi taxtini egallagan. Abdulazizxon markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha hissa qo‘shgan. Buxoroda ko‘pgina muhtasham binolar qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi va b.).
Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islomiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zarhal bezagi bor. Naqshlar, asosan, moviy rang bo‘yoqlar bilan chizilgan. Asosiy o‘lchami: atrof aylanasi
*YuNESKOning Jahon merosi markazi - Tabiatni muhofaza qilish davlati (SOC 1997) Buxoro tarixiy markazi (O'zbekiston) *Jahon merosi markazi - Tabiatni muhofaza qilish davlati (SOC 1997) Buxoro tarixiy markazi (O'zbekiston)
25
50×67 m., hovli — 28×35 metr bo‘gan. Madrasa XVII asrda Buxoro mahobatli me’morchiligining yetuk namunasidir.
Bugungi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari ko‘rsatiladi. Shimoliy-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog‘och o‘ymakorligi namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilgan. O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdulazizxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi va UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.
Buxoro - Abdullaxon madrasasi: Abdullaxon madrasasi Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. U (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi. Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. 1574-yil Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‘onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi. Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlardan iborat edi. Markazlashgan davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. Abdullaxon madrasasi xonlikdagi eng yirik ma’rifat maskani sifatida bunyod etilgan. Uning qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, ya’ni 1588-1590-yillarga to‘g‘ri keladi.
Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, taxta, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o‘tib, ikki yonidagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi.
Me’moriy obida Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gubazli uslubda, bezaklar qo‘llanilgan holda qurilgan. Modarixon madrasasi bilan birgalikdagi ko‘rinishi “qo‘sh” uslub namunasi hisoblanadi. Madrasa darvozasi xotamkori uslubining noyob namunasi – girrix shaklli mayda yog‘och parchalaridan terilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan 1 26
biri shundaki, tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Madrasa o‘z ro‘parasidagi Modarixon madrasasiga qarab biroz egilgan holatda qurilgan. Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasiga atab qurilganligini hisobga olsak, o‘ziga xos onaga hurmat ramzidir. Abdullaxon davri me’morchiligining yetuk namunasi bo‘lgan bu madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarni namoyish etadi.
Abdullaxon madrasasi bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdullaxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. Hozirda O‘zbekistonning turli joylaridan Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar va chet elllik turistlar diqqat-e’tiboridagi sayirgohga aylangan. Me’moriy obida UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Haligacha chet el sayyohlarining diqqat-markazida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni me’moriy inshoot muhofazasining o‘ziga xos huquqiy kafolatidir.
Buxoro - Chashma Ayub maqbarasi: Buxoro shahridagi Chashma Ayub maqbarasi (va shu nomdagi Buloq) “Ayub bulog’i” deb tarjima qilinadi. Arab tilidan “Hiyob” “Ayub” degan ma’noni beradi. Bu joy uchta din uchun muqaddas hisoblanadi. Afsonalarga ko’ra, payg’ambar Hiyob bu erga Buxoro shahri bunyod etilishidan oldin ham kelgan. O’sha paytda mahalliy aholi chanqog’idan o’layotgan edi. Ular qurg’oqchilikdan qutulish uchun Xudoga ibodat qilishardi. Payg’ambar Hiyob ya’ni Ayub azob chekayotgan odamlarning iltimoslariga javob berib, tayog’i bilan erni urdi – zarba joyida toza va salqin suv bilan quduq paydo bo’ldi. Ushbu sehrli hodisa natijasida, asrlar davomida mahalliy aholi quduqqa yangi mo”jizalarni atashgan. Quduqdagi suv shifobaxsh xususiyatlarga ega va istaklarni ro’yobga chiqarishi mumkin deb ishoniladi.
Ayub nomi bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu tarzda, ammo noma’lum hodisalar bu erda shaharning shakllanishida va Buxoro yahudiylari diasporasining paydo bo’lishida muhim rol o’ynadi. Hatto islomgacha bo’lgan davrda ham Chashma Ayub maqbarasi Buxoro shahrining muqaddas markazi bo’lgan va uning yonida Naukand qabristoni tashkil etilgan. Maqbara XII asrda Qoraxoniylar sulolasi davrida qurilgan. Ikki asr o’tgach, Amir Temur avvalgilar tomonidan boshlangan ishni davom ettirishga qaror qildi va qurilishni o’zgartirish va takomillashtirish uchun eng yaxshi ustalarni yolladi. Arxitektura yodgorligining mahobatli ko’rinishini yaratish ustida ishlagan me’morlar Xorazm Shahrisabzdan bo’lgan va ularning individual va o’ziga xos uslubini binoning ko’pgina xususiyatlaridan ko’rish mumkin.
XIV-asrdan XIX-asrgacha bo’lgan besh asr davomida maqbara bir necha bor tiklandi va qayta qurildi. Uning hududida bir nechta qabrlar mavjud. Xo’ja Hofiz Gyunjori qabri ularning eng qadimiysi hisoblanadi. Mashhur olim va ilohiyotshunos bu erda 1022 yilda dafn etilgan.
Bugun Buxoro shahridagi Chashma Ayub maqbarasi nafaqat qadimiy qabr toshlari, balki suv muzeyi sifatida ham qiziqarlidir.Muzey eksponatlarimintaqada suv ta’minoti shakllanishi
27
va o’rnatilishi jarayonini batafsil o’rganishga imkon beradi. Bu erda 18-19 asrlarga oid keramik suv quvurlari, teri, shisha va boshqa materiallardan tayyorlangan, faqat suv uchun mo’ljallangan turli xil idishlar, suv omborlari modellari va boshqa narsalarni topishingiz mumkin. Muzeyda siz 10 asr davomida suv ta’minoti tarixini kuzatishingiz mumkin. Bundan tashqari, Suv muzeyi Orol fojiasi tarixini aniq namoyish etmoqda: tarqalayotgan cho’l xaritalari va qayg’uli fotosuratlar bilan. Chashma-Ayub hududida o’tkazilgan noyob gilam ko’rgazmasi sayyohlarda katta qiziqish uyg’otmoqda.
Ulugʻbek madrasasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1417). Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan eng koʻhna madrasa. Ulugʻbek qurdirgan madrasaning eng qadimiysi. Abdullaxon II davrida katta taʼmir ishlari olib borilgan (1586). Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtogʻida boʻlib, unda sirkor gʻishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Ravokli peshtoqdan miyonsaroy orqali hovliga oʻgiladi. Miyonsaroy ichki gumbazi 12 qirrali, gʻishtdan toʻrsimon shakl qilinib, oralariga koʻk va havo rang koshin terilgan. Hovli (26x25 m) atrofini 2 qavatli hujralar qatori va peshtoqli 2 ayvon egallagan. Hovlining shim. va jan. tomonlari qisqaroq koʻrinishga ega boʻlib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, feruza va binafsha rang sirkor gʻishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvokli. Madrasa (53x41,6 m) uncha katta emas, hujralari moʻʼjaz, oʻzaro mutanosib, ichki va tashqi tuzilishi oʻziga xos. Masjid (15,5x5,5 m) va darsxona (5,5x5,5 m) gumbazli, miyonsaroyning 2 yon tomonida joylashgan. Miyonsaroyning 2qavatida kutubxona bor. Xoja Saʼd Joʻyboriy tomonidan tashqi pesh togʻi va yonlaridagi hujralar taʼmir etilib (1586), peshtoq bezagida mayda yozuvli va naqshli koshin ishlatilgan. Hovli gʻarbidagi hujra tepasida ganchkori bezaklar orasida taʼmirlovchi usta Ismoil ibn Tohir ibn Mahmud Isfahoniy nomi saqlangan. Abdurazzoq Samarqandiyning xabar qilishicha, Ulugbek (1419-yil 28 noyabrda) madrasaga kelib ilm oluvchi talabalarga inʼomlar ulashgan. Bizgacha Ulugʻbek madrasasi ancha oʻzgargan holda yetib kelgan. 16—17-asrlarda, 1950—70 va 1990—96 yillarda taʼmirlangan. Naqshlarida yulduzsimon bezaklar koʻp. Ayvon ustunlari zarhallangan. Eshik tabaqalariga arab tilida "Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir", degan ibora oʻyib yozilgan.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |