Suhbat metodidan kutilayotgan natija shundaki, u ta’lim oluvchilar fikrlashini faollashtiradi va bilim kuchini rivojlanishiga yordam beradi.
Ta’lim metodlari tizimida og’zaki bayon qilish metodlari muhim o’rin tutadi.Og’zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi.
Suhbat metodining afzalligi o’quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog’liqdir. Shuningdek, og’zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o’rganishdagi ahamiyati beqiyos.Suhbat jarayonida ko’pyoqlarning maketlaridan ko’rgazma sifatida foydalaniladi.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko’rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko’rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko’rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajminiko’rishni, faqat 3 foizgina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |