Olot-Buxoro viloyatidagi shahar va shu nomli tuman markazi. Buxoro tumanida
Olotxona qishlog`i ham bor. Olot-Arlot qabilasining dialektal talaffuzidir. Ayrim
manbalarda Olat-asboblar, yaroqlar ma’nosida ham keltiriladi.
Peshko’-Buxoro viloyatida shu nomli tumandagi aholi markazi. Peshko’ nomi aslida
«Peshi Ko’y» bo’lib, «katta yo’l ustidagi joy» ma’nosini anglatgan. Peshko’ tarixi
bevosita Buxorodan Xorazm va Yeronga yo’nalgan buyuk ipak yo’li bilan uzviy
bog`liqdir. "Peshi Ko’h" – tog` oldi bo’lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |