Buxoro viloyati sharoitida tik quduqlarni o’rnatish texnik



Download 0,82 Mb.
bet13/16
Sana17.09.2021
Hajmi0,82 Mb.
#177197
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
gijduvon tuman sharoitida tik quduqlarini tamirlash ishlarining samaradorligini oshirish

Konstruktiv qism.


5.1.Quduqlarni qum bosishini kamaytirish qurilmasi

O‘zbekistonda 5000 dan ortiq vertikal zovur quduqlaridan foydalaniladi.Quduqlarning taxminan 40 foizini qum bosadi, bu nasos podshipniklari, g‘ildiraklarining eyilishi, elektr dvigatelning tiqilib qolishi va ishdan chiqishiga sabab bo‘lmokda. Bu quduqlarni ishlatish xizmatining malumotlari bo‘yicha yuqoridagi sabablarga ko‘ra yangi nasosning motoresursi 2500 soatni tashkil etadi, kapital remontdan chiqqan nasosning resursi esa 1500 soat, holbuki toza suvda ishlaganda esa bu ko‘rsatkich 5600—6000 soatni tashkil etadi. Quduqlarning asosiy kismida qum zarrachalari chiqishi nasos ishga tushirilgandan keyin 1—3 soat mobaynida yuz beradi va asta-sekin pasayish xarakteriga ega. Qum bosishining sababi — quduq debiti nasos ish unumiga mos emasligi, shuningdek filtrning sifatsiz ishlanganligi, nasosni ishga tushirish vaqtida filtr yuqorigi uchdan bir qismiga suv sarfi bo‘yicha yuklanishning yuqoriligida.

Oxirgi sababga ko‘ra qum bosishi eng ko‘p yuz beradi va barcha talablarga rioya qilib ishlangan quduqlarda ham uchrashi mumkin.

Bu jarayonni istisno etish uchun nasosni surma qopqoqii yopib ishga tushirish, so‘ngra sekin-asta uning ish unumini nominal ko‘rsatkichgacha oshirib borish tavsiya etiladi. Lekin amalda bunga rioya qilinmaydi, chunki quduqlar bir-biridan uzoqda joylashgan, ularga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar etishmaydi, ko‘pincha elektr energiya uzilib qoladi, bu esa sutka davomida nasoslarning bir necha marta to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi, nasoslarda teskari klapanlar yo‘q. Shuning uchun nasos odatda surma qopqoqlarni ochib ishga tushiriladi, bu qisqa muddatli 2-3 s davomida nasos ish unumining nominaldan 30—35 foiz oshishiga sabab bo‘ladi. Natijada shakllangan grunt strukturasi buziladi, filtr yaqinidagi zona emiriladi, bu qum zarrachalarining jadal yuvilishi bilan bir vaqtda yuz beradi. Qum bosishi yirik zarrachalardan «tabiiy filtr»hosil bo‘lguncha, filtrlash gradientlari va yuvuvchi tezliklar pasayguncha davom etadi. Nasos tuxtatil-gaida uzzro bikr sistema hosil qilgan «tabiiy filtr» zarrachalari ham quduqka suv chiqarib berish kolonnasidan teskari suv oqimi paydo bo‘lishi hisobiga emiriladi. SHuning uchun qum

bosishining keyingi oqibatlarini emas, balki asl sabablarini bartaraf etish uchun eng aavalo qandaydir drossellovchi qurilma yordamida «tabiiy filtr»ga o‘zgaruvchan ishorali yuklanishni istisno etish zarur.

Sirdaryo Nasos stansiyalari boshqarmasi ekspluatatsiya xizmati tomonidan bir necha qurilma tayyorlandi, u quduq filtri uzunligi bo‘yicha suv oqimini qayta taksimlaydi. Qurilmaning umumiy sxemasi 1-rasmda keltirilgan. U perforatsiyalangan truba 2 dan iborat bo‘lib, uning bir uchida bir nechta kesiklar qilingan. Kesilgan uchastkalar tokcha 1 ni hosil qilib egiladi, uning markaziy teshigidan suv ko‘tarish trubasi 4 o‘tkaziladi.Suv ko‘tarish trubasi nasosning bosim trubasi bilan tutashtirilgandan keyin, tokchasi bilan nasos korpusi 3 ga tayanib turadigan qurilma quduqqa tushiriladi. Nasosni ishga tushirishda chiqarilayotgan suvning bir qismi truba 2 uchidan uzatiladi, bir qismi uning uzunligi bo‘yicha taqsimlanadi. Ba’zi quduqlarda shu tariqa qum bosishini kamaytirishga erishildi, lekin kutilganidek tezliklarni qayta taq-simlash hiso6iga emas, balki nasosning ish unumini





5.1-rasm. Sirdaryo nasos stansiyalari boshqarmasida qo‘llaniladngan qum bosishini kamaytirish qurilmasi.

pasaytirish hisobiga erishildi, chunki qurilma drossel kabi ishlab, quduq filtrida qo‘shimcha qarshilik yaratdi, bu bilan kirish tezliklarini kamaytiradi.




5.2-rasm. Qum bosishini kamaytirish qurilmasi
Qum bosishini kamaytirish qurilmasi ikkita — bosh va boshqaruvchi klapanlardan iborat bo‘lib, ular korpus 3 da joylashgan. Qurilma quyi konussimon trubachasi bilan nasosning bosim trubachasiga, yuqori konussimon trubasi bilan suv ko‘tarish kolonnasiga ulanadi. Dastlabki vaziyatda porshen 5 bilan bir butun qilib ishlangan konussimon berkitish elementi o‘z massasi va prujina 4 ta’siri ostida oraliq flanets 6 da joylashgan egarga qisilgan. Nasos ishga tushirilganda T- simon kanal 8 bo‘yicha bosim porshen ustidagi bo‘shlikda uzatiladi va nisbati 1,2—1,3 ga teng bo‘lgan porshen va egar sathlari o‘rtasidagi farq hisobiga qisish elementini egarda ushlab turuvchi kuch yuzaga keladi. Shu vaktning o‘zida oraliq flanetsdagi o‘tkazish teshigi 6 orqali nominaldan 5—7 foizni tashkil etuvchi miqdorda suv ko‘tarish trubasiga suv to‘la boshlaydi. Bu bilan nasosning ishlay boshlash vaqtida quduqning filtr yaqinidagi zonasini emiruvchi va qumning jadal yuvilib ketishiga sabab bo‘ladigan bosim va suvning eng ko‘p uzatilishiga barham beriladi. Suv chiqarish kolonnasiga suv to‘lish tezligi teshikni drossellovchi burilma skoba bilan sozlanadi va bir tomondan, gruntning yuvilib ketmasligi, ikkinchi to-mondan, nasos dvigatelining samarali sovitilishi bilan cheklanadi.

ESV10-160-65 tipdagi nasos uchun teshikning diametri 12 mm ligida 1 soat davomida elektr dvigatel temperaturasi ko‘pi bilan 3°C ga ko‘tariladi.

Kolonna suvga to‘lgan sari boshqarish klapani membranasi 1 ustidagi suyuqlik ustuni kattalashadi, uning ta’sirida membrana egilib, shtok 2 ga ta’sir qiladi, natijada shtok uchida joylashgan berkituvchi element 10 egardan chiqadi. Gidrotsilindrning ichki bo‘shligidagi suv truba 11 bo‘ylab qurilma tashqarisiga — uning korpusi va quduq devorini mustahkamlovchi kolonna o‘rtasiga chiqarib tashlanadi. Ignali ventil 9 bilan kanal 8 bo‘ylab gidrotsilindr bo‘shlig‘iga uzatilayotgan suv sarfi sozlanadi. U doim chiqarib tashlanayotgan suv sarfidan kam bo‘ladi, shuning hisobiga gidrotsilindr bo‘shlig‘idagi bosim nasos vositasida bosh klapanning berkitish elementida yaratiladigan bosimdan kam bo‘ladi. Yuzaga kelgan bosim tafovuti natijasida porshen prujina 4 qarshiligini engib o‘tib, yuqoriga qarab harakat qiladi va bu bilan egarning o‘tish kesimini ochib qo‘yadi.Shunday qilib, qurilma ishi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich nominaldan 5—7 foizni tashkil etuvchi suv sarfida suv chiqarish kolonnasida bosimning sekin-asta oshishi va bu bilan nasosning ishlay boshlash vaqtida yuqori yuklanishning bartaraf etilishi.

Bu vaqtda quduq filtrida bosim pasayishi kuzatilmaydi va oldingi suv haydash natijasida hosil bo‘lgan «tabiiy filtr» buzilmaydi. Ikkinchi bosqich 7—10 sekund davomida kolonnadagi bosim bu ko‘rsatkichga muvofiqligida suv sarfining nominal qiymatgacha oshishi. Bu boskich filtr stvolida bosimning pasayishi va filtrlash gradientlarining sekin asta oshishi bilan ifodalanadi.

Nasos to‘xtatilganda oqimning uni eng chekka yuqori holatda tutib turuvchi berkitish elementiga gidrodinamik bosimi nolgacha pasayadi, porshen prujina ta’siri ostida pastga tomon harakatlanadi va toretsining konussimon qismi bilan egarni markam berkitadi. Suv ko‘tarish kolonnasidags suv o‘tkazish teshigi orqali quduqka asta-sekin oqib tushadi. Shu bilan filtr yaqinidagi qum zarrachalari mustahkamligini buzuvchi teskari filtrlash gradientlari hosil bo‘lishi va nasosning teskari yo‘nalishda aylanishi istisno etiladi. Boshqaruv klapanining ishga tushish chegarasi, ya’ni suvning gidrotsilindr bo‘shlig‘idan chiqarib tashlana boshlashi

membrana yaratadigan kuch va nasos yaratadigan bosim bilan belgilanadi. Odatda vertikal zovur quduqlari suvni ochiq kollektorga chiqarib tashlaydi, shuning uchun boshqaruv klalani barcha tip o‘lchamdagi nasoslar uchun universaldir. Uning membranasi sathi bosim tafovuti 30 m ligida ishga tushishni ta’minlaydi.

Quduqning chuqurligi 46 m, statik darajasi 5,7 m, debiti 35 l/s. SHag‘al bosilgan tirqishli filtr 31—41 /l oralatib o‘rnatilgan. Kurilma ESV 10-160-65 nasosining bosim trubachasida joylashtirilgan va quduqqa bo‘g‘zidan 18 m chuqurlikka tushirilgan.Qurilma ishining samaradorligi suv namunalaridagi qum miqdorini solishtirib baholandi.

Qurilma nasos bilan haydab chiqariladigan suv tarkibidagi qum miqdorini o‘rtacha 50 foizga kamaytirishga yordam beradi. Shu narsa aniqlandiki, kuchli darajada minerallashgan suvda uzoq vaqt bo‘lganida bosh klapan prujinasining amortizatsiyalovchi xususiyatlari yo‘qolar ekan va nasosni ishga tushirish vaqtida klapan ochiq qolar ekan. Demak, bunday qurilmalarni seriyalab ishlab chiqarishda prujinalarni burg‘ilash nasoslarining prujinalari kabi kimyoviy jihatdan turg‘un po‘latdan tayyorlash zarur.

Bundan tashqari, boshqaruvchi klapan ochiqligida gidrotsilindr ichiga T-simon kanal bo‘yicha mayda qum zarrachalari aralashgan suv tushadi. Bir tomondan, bu gidrotsilindrning doimo o‘zi tozalanishini ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, qum zarrachalarining bir qismi ichki bo‘shliklar va manjetalarga o‘tirib qoladi va bu bilan rezinaning metallga ishqalanish koeffitsientini oshiradi, bu yanada kuchliroq prujina o‘rnatishni talab qiladi, bu esa, o‘z navbatida, porshen yurishining qisqarishiga va bosim nobudgarchiligi oshishiga olib keladi. Shu munosabat bilan differensial boshqaruv klapani ishlab chiqildi, uning bitta berkitish elementi nasosni ishga tushirish vaqtida normal yopik, ikkinchisi esa bu vaqtda normal ochiq bo‘ladi.

Qurilmani ishlatish vaqtida suvda qum mavjudligida harakatlanuvchi qismlarning tiqilib qolishi va to‘xtab qolishi yuz bermaydi; rezinadan ishlangan tig‘izlovchi manjetalar ishqalanishi va uzilishi kuzatilmaydi.



  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish