Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining ish yuklamasini belgilash va taqsimlash.
Umumiy o`rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining yillik ish yuklamasi 1.548 soatdan iborat bo‘lib, yuklama doirasida bajariladigan ishlar quyidagi 3ta yo‘nalishda amalga oshiriladi:
o‘quv-tarbiya jarayoni;
o‘quv jarayonining metodik ta’minoti;
tashkiliy-pedagogik faoliyat.
Har bir o‘qituvchi o‘quv yilining boshlanishiga qadar yillik ish yuklamasi va tarifikatsiyaga asosan o‘ziga ajratilgan dars soatlari bo‘yicha shaxsiy yillik ish rejasini tuzadi. O’qituvchining shaxsiy yillik ish rejasi fan metodika birlashmasida muhokama qilinib, ma’qullangandan so‘ng maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
O’qituvchilarga o‘quv yilining boshlanishiga qadar shaxsiy yillik ish reja asosida o‘qitadigan fanining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda choraklik, oylik ish rejalarini ishlab chiqish tavsiya etiladi.
O’qituvchilar uchun umumiy yillik ish yuklamasi 1.548 soatni (43 hafta, haftasiga 36 va kuniga 6 soat hisobidan) tashkil etadi. O’qituvchi ish yuklamasini shaxsiy yillik ish rejasida belgilangan miqdor va hajmda sifatli bajarishi shart.
Yillik ish yuklamasidagi dars soatlarining bajarilishi qat’iy va mazkur soatlarni boshqa ish turlariga ko‘chirilishi ta’qiqlanadi. Choraklarga taqsimlangan dars soatlari
obyektiv sabablarga ко‘rа, bir chorakda bajarilmasa, navbatdagi chorakda (tig‘izlash va boshqa usullar bilan) yetkazilishi mumkin.
O’qituvchilar maktab ma’muriyati roziligi bilan dars soatlaridan boshqa ish turlari bo‘yicha yuklamalarni qayta taqsimot qilish, fanining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, bittasi hisobidan boshqasini ko‘paytirish huquqiga ega.
Maktabda o‘qituvchi o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimning vazifasini bajarsa, uning ish hajmi ushbu dars soatlari va ularga tayyorgarlik ko‘rish soatlari hisobidan ko‘payadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275- sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida»gi Nizomning 12-bandiga muvofiq soatbay ishlayotgan o‘qituvchining tarif stavkasi miqdorini belgilashda bazaviy tarif stavkasi o‘quv komponenti soatlari soni (yuqori sinf о ‘qituvchilari uchun haftasiga 20 soat, boshlang‘ich sinf o'qituvchilari uchun haftasiga 18 soat)ga 0,8% pasaytirish koeffitsiyentini qo‘llagan holda bo‘linadi.
O’qituvchining malaka oshirish kurslarida bo‘lish davriga sarflangan vaqt hisobga olinadi va yillik ish yuklamasiga kiritiladi.
Ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslarida bo‘lish davrida o‘qituvchining ish haqi saqlanadi, uning dars soatlari vaqtinchalik boshqa o‘qituvchiga beriladi.
Agar ish yuklamasini bajarish vaqtida xodim kasallik varaqasi, xizmat safari, turli o‘quv-seminar, konferensiyalarda bo‘lsa yoki rahbariyat topshirig‘i bilan ta’limga oid va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan o‘qituvchi lavozimining malaka tavsiflarida belgilangan boshqa ishlarni bajarishga safarbar etilgan bo‘lsa, bu ishlarga sarflangan vaqt yillik ish rejasining «Tashkiliy-pedagogik faoliyat» yo‘nalishiga kiritiladi va o‘z-o‘zidan rejaning shu yo‘nalishdagi ish vaqti ko‘payib, dars soatlaridan boshqa ish yo‘nalishlari va turlari bo‘yicha vaqt qisqartiriladi.
O’qituvchi tomonidan o‘quv-tarbiya jarayoniga taalluqli quyidagi hujjatlar yuritiladi va maktab ma’muriyati tomonidan nazorat qilinadi:
yillik ish rejasi, tarbiyaviy ishlar rejasi (sinf rahbari uchun), taqvimiy-mavzu reja, dars konspekti, dars kuzatish daftari, sinf jurnali.
O’qituvchilaming asosiy faoliyatini darslarni sifatli o‘tishga qaratish maqsadida turli tekshiruvlar jarayonida ulardan yuqorida qayd etilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni taqdim etish hamda hisobotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O’qituvchi tomonidan yillik ish rejasida belgilangan ish turlarining bajarilishini nazorat qilish va tabellarga qayd etish taqvimiy-mavzu reja, dars konspekti, dars kuzatish daftari, sinf jurnali asosida amalga oshiriladi.
O’qituvchilar yillik ish rejalari bajarilishining umumiy nazorati direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
O’qituvchi tomonidan yillik ish yuklamasining bajarilmaganligi ma’lum bo‘lsa, buning sababi aniqlanadi hamda unga nisbatan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy chora ko‘riladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining shaxsiy yillik ish rejalari ikki nusxada tuziladi. Ular qat’iy nazoratdagi hujjatlar hisoblanadi va nusxasi 3 yil maktab arxivida saqlanadi.
DARS JADVALI
Sinflar
Hafta
kunlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Dushanba
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Seshanba
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Chorshanba
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Payshanba
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Juma
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Shanba
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
DARS JADVALI
Do'stlaringiz bilan baham: |