Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani
22-ummumiy o‘rta ta’lim maktabi
Tarix fani o‘qituvchisi
Odinayeva Dilfuza Ramazonovnaning
“ Davlat bayrog’i – mening bayrog’im”
mavzusida o‘tkazilgan
tadbir ssenariysi.
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va tadbirimiz qatnashuvchilari!
Mana bugun 18-noyabr 2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 7-10-sinflar o’quvchilari o‘rtasida bellashuv tarzida tashkillashtirdik.
Hay’at a’zolari:
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________
3 ta shart berildi.
Bayrog’imiz rasmini chizish.
Bayrog’imiz haqida ma’lumot berish.
O‘zbekiston, mustaqillik, bayroq mavzusini madh etuvchi she’rlardan ifodali aytish.
Baholash mezoni quyidagicha:
O’quvchilar o‘zlari chizgan rasmlarini taqdimot qiladilar.
Maksimall ball 10 ball beriladi.
Bayrog’imiz haqida ma’lumot beradilar.
Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy gorizontal rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.
Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland dovonlardan oshib oʻtishi kerak. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.
Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.
Maksibal ball – 10 ball beriladi.
O‘zbekiston, mustaqillik, bayram haqida she’rlar aytganlari uchun maksimal ball 10 ball beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |