1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
O’tgan mavzuni takrorlash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuning bayoni
|
18 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
daqiqa
|
Dars davomida yaxshi ishtirok etgan o’quvchilarimizni mana bunday rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantirib boramiz.
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, sinf navbatchisidan davomat hisobotini eshitish, sinf tozaligini nazorat qilish, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatib, darsni boshlash.
-Darsga hamma tayyormi?
-Qani bolajonlar bugungi sanani kim aytadi
-shu sonni kim ingliz tilida aytib beradi
-matematika darsi sizga nimalarni o’rgatadi
-2018-yilni prezidentimiz qanday yil deb e’lon qildilar
-2018 necha xonali son hisoblanadi va tarkibida nehta minglik, nechta yuzlik, nechta o’nlik va nechta birlik bor
-bahor bayrami haqida qisqacha suhbat o’tkazish
- Bahor fasliga atab she’rlar so’rash
-harakatlar strategiyasi necha rangda va ular nimani bildiradi
2.O’tgan mavzuni takrorlash
,,Ortiqchasini top’’ o’yini orqali
-biz o’tgan matematika darsida qaysi mavzuni o’rgangan edik
-668:4 ko’rinishidagi ifodalar
-uyga vazifa 918-919-misol va masala
-uy vazifa tekshirilib chiqilgandan so’ng ,,,ortiqchasini top’’ o’yini orqali o’tgan mavzu
Mustahkamlanadi.
-bolajonlar uch xonali sonni bir xonali songa ustuncha orqali bo’lib chiqamiz
(Ekranda bo’lishga doir ifodalar chiqadi o’quvchilar etaplarini ko’rib o’tgan mavzuni yana mustahkamlab oladilar)
3.Yangi mavzu bayoni
Qoida
742:7 ko’rinishidagi ifodani yechishda 7soni 7ga bo’linadi ,natija 1 yoziladi .Nol yoniga 4tushiriladi, 4soni ichida 7talikdan yo’q, bo’linmaga 0 yoziladi.4 yoniga 2 tushiriladi .42 soni 7 ga bo’linadi natija 6 yoziladi. Demak 742:7 ga bo’lsak ,javob 106 ekan.
|
921-misol
212:2=106 630:6=105
324:3=108 714:7=102
408:4= 102 872:8=109
545:5= 109 909:9=101
-bolajonlar bo’lish amalini to’g’ri yechganimizni qaysi amal bilan tekshiramiz
-javobi bir xil chiqadigan misollarni belgilang
-bo’lish hadlarining nomini ayting
Bo’linuvchi : bo’luvchi = bo’linma
Bo’linma bo’luvchiga ko’paytirilsa bo’linuvchi kelib chiqsa ,shundagi siz misollarni to’g’ri yechgan bo’lasiz
922-masala
Ekran orqali ko’rsatiladi
Masalani tenglama tuzish orqali yechish kerak
-o’quvchilar fikrlari tinglanadi
-qisqa sharti tuziladi
Qiz bolalar-18 nafar
O’g’il bolalar- ? nafar
Jami o’quvchilar-35 nafar
-? O’rniga x noma’lum son belgilanib olinadi
18+x=35
X=35-18
X=17
T: 18+17=35
Javob:O’g’il bolalar 17 nafar
923-chizma chizish
Go’niya yordamida to’g’ri burchak chizing
Dam olish daqiqasi
Quyosh charaqlab chiqdi
Olam yaraqlab ketdi
Misolni to’g’ri yechgan edim
Shamol varaqlab ketdi
Mustaqil ish
924-misol
1000 ichida raqamlarni yig’indisi 3ga teng bo’lgan nechta son bor?
1+2=3
2+1=3
3+0=3
Mustaqil ishni tez va to’g’ri bajargan o’quvchilar rag’batlantiriladi
4.Mustahkamlash
-yangi mavzu yuzasidan mustahkamlash uchun
-,,Kim chaqqon’’ o’yinidan foydalanamiz
Bunda sinf o’quvchilari qatorlararo musobaqa tarzida o’tkaziladi.
3ta qatorga ham oldindan tayyorlangan bo’lishga doir ifodalar yozilgan format doskaga osiladi .Qatorlarda nechta o’quvchi bo’lsa shuncha misol yozilgan bo’ladi. Barcha o’quvchilar ishtirok etishi zarur.
5.Baholash .O’quvchilarning darsdagi ishtirokiga qarab baholash.Dars davomida to’plagan rag’batlari yuzasidan baholash
6.Uyga vazifa . 925-926-misol va masalani yechib kelish .Uyga vazifa tushuntiriladi.
Bolajonlar bugungi matematika darsimiz sizga yoqdimi. Yoqqan bo’lsa qani o’rnimizdan turib tasdiqlaymiz va darsni yakunlaymiz xayr sog’-salomat bo’linglar.
Do'stlaringiz bilan baham: |