UMUMIY HISOB OB’EKTLARI BO‘YIChA
|
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma
|
22 dekabr 2010 yil
2169-son bilan ro‘yxatga olingan
|
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy, texnik hamda uslubiy jihatlari, jumladan bosh hisobchi va hisobchilarning huquqlari, majburiyatlari va vazifalari, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va xar bir schyot bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar, hisob yuritish shakli, shuningdek 63 ta ilova bilan dastlabki hisob
hujjatlari, hisob
|
|
|
|
registrlari va boshqa zaruriy hujjatlar
tasdiqlangan.
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
|
19 noyabr 2010 yil 2157-son bilan ro‘yxatga olingan
|
Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet
mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarini, byudjetdan tashqari
mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish tartibi keltirilgan. Shuningdek byudjet tashkilotlari
tomonidan vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va taqdim qilish tartibi, shtatlar jadvalini tuzish va taqdim qilish tartibi ham keltirilgan. Bundan tashqari mazkur smetalarni va shtatlar jadvalini tegishli moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni to‘g‘ri tuzilganligini nazorat
qilish tartibi bayon qilingan.
|
|
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi Nizom
|
14 yanvar 2004 yil 1297-son bilan ro‘yxatga olingan
|
Yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan dastlabki hisob hujjatlariga qo‘yiladigan asosiy talablar, hujjatlar aylanish grafigini ahamiyati va uni namunaviy ko‘rinishi, dastlabki hisob hujjatlariga buxgalteriyada ishlov berish, ushbu hujjatlarni elektron tuzishda qo‘yiladigan asosiy talablar va boshqa
qonunchilik normalari keltirilgan.
|
|
O‘zbekiston Respublikasining 19-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish”
|
2 noyabr 1999 yil 833-son bilan ro‘yxatga olingan
|
Inventarizatsiyani tashkil qilish, uni o‘tkazishning umumiy qoidalari, mol- mulkning ayrim turlari va moliyaviy majburiyatlarni
inventarizatsiyadan o‘tkazish
|
|
|
|
qoidalari, inventarlash
bo‘yicha solishtirma- qaydnomalarni tuzish,
inventarizatsiya bo‘yicha tofovutlarni tartibga solish tartibi va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish hamda inventarizatsiya bilan bog‘liq
boshqa normalar keltirilgan.
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma
|
11 oktyabr 2010 yil 2146-son bilan ro‘yxatga
olingan
|
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifining asosiy prinsiplari, uning
strukturasi, jumladan, daromalar tasnifi, uning tarkibi va mazmuni, xarajatlar tasnifi, uning tarkibi: xarajatlarning vazifa jixatidan tasnifi, uning tarkibi va mazmuni, xarajatlarning iqtisodiy tasnifi, uning tarkibi va mazmuni, shuningdek byudjet taqchilligini moliyalashtirish tasnifi, uning tarkibi va mazmuni va
boshqa qonunchilik normalari keltirilgan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |