Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi



Download 6,88 Mb.
bet145/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Bankdagihisobvaraqlardagibyudjetmablag‘laribo‘yicha

1


Tasdiqlangan smeta doirasida tashkilotni
saqlash uchun byudjetdan moliyalashtirish amalga oshirilganda

100


232


Hisobvaraqdan ko‘chirma

2

Boshqa maqsadlar uchun byudjetdan
moliyalashtirish amalga oshirilganda

101

232

Hisobvaraqdan
ko‘chirma

3

Byudjet mablag‘lari hisobiga
hisobvaraqdan xodimlarga beriladigan ish

120

100

Hisobvaraqdan
ko‘chirma




haqi kassaga olinganda










4


Byudjet mablag‘lari hisobidan ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy
to‘lov summasi o‘tkazib berilganda

161


100


Hisobvaraqdan ko‘chirma

5


Tasdiqlangan smeta doirasida kommunal hizmatlar uchun byudjet mablag‘lari
hisobidan mablag‘ o‘tkazilganda.

159


100


Hisobvaraqdan ko‘chirma

6


Boshqa maqsadlar uchun byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan mol yetkazib beruvchilarga mablag‘ o‘tkazib
berilganda

150


101




Hisobvaraqdan ko‘chirma



Takrorlash uchun savollar


  1. Hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘lari hisobini tashkil etish tartibini tushuntirib bering?

  2. G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlarida byudjet mablag‘lari hisobini yuritilishini tushuntirib bering?

  3. Banklardagi hisobvaraqlarda byudjet mablag‘lari hisobini yuritilishini tushuntirib bering?

  4. Hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘lari hisobini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini aytib bering?



    1. Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag‘lar shakllantirish imkoniyati berilgan.


Ushbu qarorga muvofiq byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning

hududiy bo‘linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet mablag‘lari bo‘yicha tejab qolingan mablag‘lar, faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar, balansida bo‘lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablag‘larning bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (beg‘araz yordam) hisobidan shakllantirilashi belgilangan. Shuningdek rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish, moddiy texnika ba’zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi belgilangan. Ta’lim muassasasining maxsus mablag‘lari bo‘yicha boshqa tushumlar ya’ni ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan.



Tibbiyot muassasalarida tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari qonunchilikka


muvofiq tegishli manbaalar hisobiga shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi haqida” Nizomga ko‘ra o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan mablag‘lar tushimi amalga oshiriladi va hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining maxsus mablag‘lari bo‘yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda ota - onalardan mablag‘lar tushimi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari shakllanadi va ular hisobiga belgilangan tartibda xarajatlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari byudjet tashkilotlarida tranzit mablag‘lari (Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar, O‘tgan yillar debitorlik summalarini kelib tushishi va boshqalar) tushimi va hisobdan chiqarilishi amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari yuqorida keltirilgan manbaalar bo‘yicha hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini yuritadi. Ya’ni xar bir manba bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ochiladi va g‘azna dasturiga kiritiladi.
Moliya organlari tomonidan byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari uchun hisobvaraqlari quyidagi hujjatlar asosida ochiladi:
a) moliya organi rahbari yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qo‘yilgan byudjetdan mablag‘ oluvchining arizasi.
Agar, byudjetdan mablag‘ oluvchi bir vaqtning o‘zida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilar uchun byudjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lsa, tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun
bir nusxada ariza, unga ilova qilib xizmat ko‘rsatiladigan quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxati taqdim etiladi.
b) byudjetdan tashqari mablag‘larning tushumlari va xarajatlari limiti ko‘rsatilgan (tushumlari va mablag‘larning xarajat qilinish yo‘nalishlari limitlanmagan byudjetdan tashqari mablag‘lari bundan mustasno) tegishli smeta xarajatlarining nusxasi.
Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilar xarajatlarining o‘rnatilgan tartibda hisobini yurituvchi va xizmat ko‘rsatuvchi byudjetdan mablag‘ oluvchilar uchun, xizmat ko‘rsatilayotgan quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari xarajatlari hisobini yuritish uchun (byudjet tasnifi xarajatlarining har bir paragrafi bo‘yicha tuzilgan umumiy xarajatlar smetasi asosida) hisobvaraqlar ochiladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari uchun hisobvaraqlar ochish uchun ilgari byudjet mablag‘lari bo‘yicha hisobvaraqlarni ochish uchun taqdim etilgan imzo namunalari kartochkalari ishlatiladi.
G‘aznachilik bo‘linmalari hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida shaxsiy hisobvaraqlar ochadi.
Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘larning kassa xarajatlari kelib tushgan byudjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi va byudjet mablag‘lari kabi bir xil tartibda rasmiylashtiriladi.
G‘azna ijrosiga o‘tmagan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‘lar manbalari bo‘yicha bankda alohida hisobvaraqlar ochadi va yuritadi.
Byudjet tashkilotlariga g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan byudjet tashqari mablag‘lari bo‘yicha shahsiy hisobvaraqda muomala amalga oshrilgan kun uchun ko‘chirmalar taqdim etiladi.
Ko‘chirmalar byudjetdan tashqari mablag‘lar manbalari shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha alohida alohida byudjet tashkilotlariga beriladi. Ushbu ko‘chirmalarga asosan byudjet tashkilotlari buxgalteriyasida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib 3- memorial order – byudjetdan tashqari mablag‘larining xarakatiga doir jamlanma qaydnoma 381-shakl rasmiylashtiriladi. 3-memorial orderga asosan yozuvlar 308 –son shakldagi
Bosh jurnal kitobiga tushiriladi. 308-son shakldagi bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi 11 “Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar” schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi:

  1. “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar”;

  2. “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar”;

  3. “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari”; 113 “Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar”;

  1. “Byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar”;

  2. “Valyuta hisobvarag‘i”;

119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari”.

  1. “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirim qilingan ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag‘lari hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag‘larni kirimi, kredit tomonida mablag‘larni sarflanishi, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob- kitoblardan tushgan mablag‘lar xarakati quyidagicha buxgalteriya o‘tkazmalarida rasmiylashtiriladi.



    Muomalalar mazmuni

    Dt

    Kt

    Asos bo‘luvchi
    xujjat

    1


    Ta’lim muassasalarida bolalarnining ota- onalari tomonidan badallarni kelib
    tushishi

    110


    156


    Shaxsiy hisobvaraqdan
    ko‘chirma

    2

    Ta’lim muassasalarida bolalarnining ota- onalaridan badal shaklida tushgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan materiallar, ish va hizmatlar uchun to‘lov
    o‘tkazib berilganda

    150, 159

    110

    Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma



    3


    Ta’lim muassasalarida bolalarnining ota- onalari tomonidan ortiqcha kelib tushgan
    badallarni qaytarilishi

    156


    100


    Shaxsiy hisobvaraqdan
    ko‘chirma

  2. “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi haqida” Nizomga ko‘ra o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan mablag‘lar tushimi kredit tomonida bu mablag‘larni sarflanishi, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar va ular hisobidan xarajatlar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi.



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1


Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shaklidan
mablag‘lar tushimiga

111


175


Shaxsiy hisobvaraqdan
ko‘chirma

2


Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shaklidan mablag‘lar tushimini daromadga o‘tkazilishi (birinchi yarim yillish uchun yillik to‘lovni 50% 15 sentyabr xolatiga, ikkinchi yarim yilligi uchun
1 mart xolatiga 50%)

175


252


Buxgalteriya ma’lumotnoma- si

3


O‘qitishning to‘lov kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar hisobiga kreditorlik majburiyatlar to‘lab
berilganda

15,16,17
schyotlarning tegishli subschyotlari

111


Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma

4


O‘qitishning to‘lov kontrakt
shaklidan ortiqcha tushgan mablag‘lar qaytarilganda

175


111


Shaxsiy
hisobvaraqdan ko‘chirma

  1. “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” subschyotida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha daromadlar va tushumlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining hisobi yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida byudjet tashkilotlari faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar) sotishdan tushumlar, ijara tushimlari,

xomiylik mablag‘lari tushimi, yil yakuniga ko‘ra byudjet mablag‘lari bo‘yicha iqtisod qilib qolingan mablag‘ni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi aks ettiriladi kredit tomonida ushbu mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va ular hisobidan xarajatlar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1


Byudjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar)ni sotishda haqiqiy
tannarhi aks ettirilishi

200


050
090



yoki


Yuk hati, buxgalteriya ma’lumotnomas
i

2


Byudjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar)ni sotishda shartnoma
bahosida aks ettirilishi

152


200


Yuk hati



3


Byudjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar)ni sotishdan mablag‘ kelib
tushganda

112


152


Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma

4


Sotilgan mahsulot(ish va hizmat)dan
ijobiy moliyaviy natija aks ettirilganda

200


262


Buxgalteriya
ma’lumotnoma- si

5


Sotilgan mahsulot(ish va hizmat)dan ijobiy moliyaviy natija aks
ettirilganda

261


200


Buxgalteriya ma’lumotnoma-
si

6


Byudjet tashkilotlarida vaqtincha foydalanimayotgan binolar, boshqa asosiy vositalar ijarasidan
tushimlar

112


159
262



yoki


Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma

7


Homiylik mablag‘lari ettirilganda

tushimi aks

112


262


Shaxsiy hisobvaraqdan
ko‘chirma

8


Yil yakuninga ko‘ra byudjet mablag‘lari bo‘yicha iqtisod qilib qolingan mablag‘lar rivojlantirish
jamg‘armasiga o‘tkazilganda

112


232


Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma

9


Rivojlantirish mablag‘lari qarzdorliklarni
yo‘naltirilganda

jamg‘armasi kreditorlik tugatishga

15,16,17
schyotlarning tegishli subschyotlari

112


Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma

  1. “Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar” subschyotida tashkilotlarning eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jarimalar va penyalardan hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan tushumlar bo‘yicha mablag‘lari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, boshqa tushimlar summasi, kredit tomonida bu mablag‘larni sarflanishi , hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar va ular hisobidan xarajatlar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1

Ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan
tushumlar summasiga

113

152

Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma



2

Ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga
kreditorlik qarzlar to‘lab berilganda

15,16,17
schyotlarning tegishli subschyotlari

113

Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma






  1. “Byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar” subschyotida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi yoki tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobga olinadi. Bu schyot asosan sud, prokuratura, boshqa xuquqni himoya qiluvchi organlarida ko‘proq qo‘llaniladi. Bu schyotni debet tomonida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag‘lar summalari, kredit tomonida bu mablag‘larni qaytarilishi aks ettiriladi.

Byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar xarakati buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1


Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag‘lar summalariga

114


155


Shaxsiy
hisobvaraqdan ko‘chirma

2


Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag‘lar qaytarilganda yoki
o‘tkazib berilganda

155


114


Shaxsiy hisobvaraqdan
ko‘chirma

Ushbu summalarning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.

  1. “Valyuta hisobvarag‘i” subschyotida chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu subschyotning debet tomonida chet el valyutalarining kirimi, kredit tomonida esa, chet el valyutalarining chiqimi aks ettiriladi. Bu schyotning debet tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari tushimi yoki ijobiy kurs tafovuti aks ettiriladi, kredit tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari sarfi yoki salbiy kurs tafovuti aks ettiriladi. Valyuta hisobvarag‘ida mablag‘lar xarakati buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1


Byudjet mablag‘lari hisobiga xorijiy valyutani sotib olinishi

115


232


Valyuta hisobvaraqdan
ko‘chirma

2


Byudjet mablag‘lari hisobiga sotib olingan xorijiy valyuta bo‘yicha ijobiy
kurs tafovuti aks ettirilganda

115


232


Buxgalteriya ma’lumotnoma-
si

3


Byudjet mablag‘lari hisobiga sotib
olingan xorijiy valyuta bo‘yicha salbiy kurs tafovuti aks ettirilganda

231


115


Buxgalteriya
ma’lumotnoma- si

4


Xorijiy valyutada homiylik mablag‘lari kelib tushganda

115


262


Valyuta
hisobvaraqdan ko‘chirma

5


Xorijiy valyutada kelib tushgan homiylik mablag‘lari bo‘yicha ijobiy kurs tafovuti
aks ettirilganda

115


262


Buxgalteriya ma’lumotnoma-
si

6


Xorijiy valyutada kelib tushgan homiylik mablag‘lari bo‘yicha salbiy kurs tafovuti
aks ettirilganda

261


115


Buxgalteriya ma’lumotnoma-
si

Chet valyutasi bo‘yicha mablag‘larning sintetik hisobi 381-son jamlanma qaydnomada (3-memorial orderda), analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) chet el valyutasi turlari bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalaridan kirim qilingan mablag‘lar va boshqa pul mablag‘lari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar va boshqa mablag‘lar tushumi kredit tomonida bu mablag‘larni sarflarishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi
Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari xarakati buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi
xujjat

1


Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini
qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar

119


163


Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma

2

Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar tashkilot kassasiga tarqatish uchun
olinganda

120

119

Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma






Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish