Somoniylar davri tangalari
Movarounnahrda, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida tib
ilmining eng taraqqiy etgan davri X-XI asrlarga, ya’ni Ibn Sino (980-
1037) yashab ijod etgan yillarga to‘g‘ri keladi. Biroq Ibn Sino kabi
buyuk olimning vujudga kelishi tasodifiy bir hodisa bo‘lmay, balki
ko‘p vaqtlardan beri davom etib kelayotgan mahalliy ilmiy an’ananing
mahsuli edi. Ibn Sinoga tabobatdan dars bergan buxorolik tabib Abu
Mansur Qumriyning ilmiy merosi ushbu fikrni tasdiqlaydi. U X
asrning boshlarida Buxoroda tug‘iladi va somoniy amirlari saroyida
tabib bo‘lib xizmat qiladi. Taxminan 999-yili vafot etadi.
O‘sha davrdagi ko‘pchilik olimlardan farqli o‘laroq, Qumriy
turli xil fanlar bilan baravar shug‘ullanmasdan, o‘z diqqatini asosan
tib ilmiga qaratdi. Tabobatga oid asarlaridan sakkiztasi tib ilmida
mo‘‘tabar sanaladi, Jumladan, “Kitob al-g‘ino va-l-muno” (Etarli va
istalgan kitob), “Kitob at-tanvir fi-l-istilohot at-tibbiya” (Tibbiy
istilohlarni yorituvchi kitob), “Kitob al-ilal al-ilal” (Kasalliklar sababi
1
Шу манба –Б.22.5
98
haqida kitob). Qumriyning “Kitob al-g‘ino va-l-muno” kitobining
ahamiyati avvalo Shundan iboratki, u Ibn Sinoning “Tib qonunlari”
asarining yuzaga kelishiga zamin tayyorladi. Qumriy o‘z asarini
yozishda foydalangan manbalari va ularning mualliflarini qayd etadi.
Qumriyning bizgacha etib kelgan “Kitob at-tanvir” asari tibbiy
istilohlarni izohlovchi arab tilida tuzilgan birinchi lug‘at hisoblanadi
1
.
Abu Ali Ibn Sino
(980-1037) Buxoro yaqinidagi Afshona
qishlog‘ida amaldor oilasida tug‘iladi. U jahon ilm-fani rivojiga katta
hissa qo‘shgan ensiklopedik olimdir. Ibn Sino olti yoshga to‘lganda,
ya’ni 986 yil oilasi Buxoroga ko‘chadi. Buxoro bu davrda ilm-fan,
adabiyot, she’riyat ravnaq topgan va uzoq ilmiy-ma’rifiy, madaniy
an’analar davom etib kelayotgan Somoniylar davlatining ma’muriy-
siyosiy markazi edi. Buxoro butun Movarounnahr, O‘rta va YAqin
SHarqda madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lib, shaharda tabobat,
falsafa, mantiq, nazm, fiqh, tarix bilan shug‘ullanuvchi etuk olimlar,
shoirlar to‘plangan edi. Ibn Sino boshlang‘ich ma’lumotni shu erda
oldi. U iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lgani bois o‘z
davrida ma’lum bo‘lgan ilmlarni tezda egalladi. O‘n yoshida Qur’onni
to‘liq yod oldi. 10-13 yoshidan boshlang‘ich matematika, mantiq,
fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshladi. U yosh bo‘lishiga
qaramay, Abu Abdulloh Notiliydan falsafa ilmini, o‘sha davrning
mashhur tabibi Abu Mansur Qumriydan esa tibbiyotni o‘rgandi. Ba’zi
masalalarda ustozlaridan o‘zib ketdi.
U Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan
birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan,
Aristotel, Evklid, Ptolomey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriy
kabilarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. Ibn Sino 17 yoshida
mashhur tabib sifatida tanildi. Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurni
davolash evaziga saroy kutubxonasidan foydalanish huquqini oldi va
bu mashhur kutubxonada yuqorida tilga olingan olimlarning asarlari
bilan tanishish va ularni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
1
Каримов У.И. Ибн Синога табобатдан дарс берган олим // Шарқшунослик (тўплам).-
№1.-Тошкент: Фан, 1990.- Б.12-16.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |