Buxoro tarixi



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

Janob Nadrmuhammadxon
janob Imomqulixon davlati zamonida 
Balx viloyatidan akasini ko‘rishga kelgan edi. Imomqulixon ukasini 
mehmon qilib, poyondozlar to‘shab, sochiq rasmiga ko‘ra uch yuz ming 
xoniy in’om qildi. Ushbu mehmondorchilikda jami ulug‘lar, amirlar va 
fozillar yig‘ilib, xon o‘z taxtida o‘tirib, Nadrmuhammadxon so‘lda o‘tirdi. 
Hazrat padari buzurgvorimizning joyi xuddi Imomqulixonnikidek 
yasatilib, xalq o‘z o‘runlarida barqaror bo‘lib, hazrat eshonga intizor 
bo‘lishdi. Bir necha kishi paydar-pay hazrat eshon oldiga kelib, xonning 
intizor bo‘lib turganini arz qilishdi. Padari buzurgvorimiz majlisga otlandi. 
Davlatxona darvozasiga etganida Imomqulixon va Nadrmuhammadxon 
to‘la ta’zim bilan joylaridan turib, to xona poygohigacha kelib, xon hazrat 
padari buzurgvorimizni joyiga taklif qilib, e’zoz-ikrom bilan o‘tirg‘izdi. 
Xonlar, amirlar, fozillar va ulug‘lar – barchasi o‘z joyida qaror topib, hech 
kimda so‘z boshlashga mador yo‘q edi. Ushbu asnoda shoir Mullo Ashkiy 
joyida turib, qasida o‘qiy boshladi. Hazrat padari buzurgvorimiz u tarafga 
vahshat bilan qarab dedi: Bu shoirni turg‘izib majlisdan chiqarib yuboring! 
Bunday oliy majlislarda bu nav so‘zlarga o‘rin yo‘q! 
So‘ngra xon tarafga qarab dedi: Bunday oliy ma’rakada Alloh kalomi 
va Rasul so‘zlari zikr qilinsa, yaxshi bo‘lar edi! Shundan so‘ng mavlonolar 
har biri oyat va hadislardan so‘z yuritishdi. So‘ngra dasturxon keltirib, xon 


300 
va hazrat padari buzurgvorimiz oldiga barobar solishdi va o‘ngu so‘lga 
ham dasturxon yozib, taom qo‘yishdi. Taomdan so‘ng oftoba va 
dastsho‘yni xon va hazrat eshon oldiga barobar keltirishdi. Shundan so‘ng 
hazrat padari buzurgvorimiz turdi va Imomqulixon xona poygohigacha 
hazratni kuzatib bordi. Nadrmuhammadxon Buxoroda o‘ttiz kun bo‘lib, 
so‘ng Balxga qaytib ketdi. 
Uch yil o‘tgach, janob Imomqulixonning jahonni ko‘ruvchi ko‘zlari 
ko‘rishdan qoldi. Ukasi janob Nadrmuhammadxonni Balx viloyatidan 
chaqirib, o‘z istagi va rag‘bati bilan xutba va tangani ukasining nomiga 
qilib, o‘zi Baytullohga otlandi. Nadrmuhammadxon ham sobiq xoqonlar 
dasturiga ko‘ra hazrat padari buzurgvorimiz bilan muomala qilib, izzat-
ikrom ko‘rsatdi. Hazrat eshonni majlislarga chaqirishda bir daqiqa ham 
hayallamas, o‘sha qoidaga ko‘ra oldiga chiqib, shohnishin tepasidagi 
alohida hozirlangan joyga o‘tirg‘izardi. Xonga va hazrat eshonga 
dasturxon va taom dastur bo‘yicha bir paytda keltirilardi. Ikki hayitda 
Namozgoh taxtida hazrat padari buzurgvorimizning qo‘lidan ushlab, o‘z 
yonboshiga
o‘tirg‘izardi. 
O‘zbekiya [jamoasi] Nadrmuhammadxondan yuz o‘girgach, u Balx 
va Badaxshonda o‘ttiz uch yil, ya’ni akasi Imomqulixon podshohligi 
muddatiga barobar hukumat surdi. Akasidan so‘ng Movarounnahrda uch 
yil podshohlik qilib, xutba va tanga uning nomida edi. Mazkur xonning 
o‘g‘illari Abdulazizxon va Subhonqulixon otalarini ikki sharif haram 
ziyoratiga kuzatib qo‘yishdi. U yo‘lda vafot etdi va xonning jasadini eltib, 
Baqi’da akasining yoniga dafn qilishdi. 
Janob Abdulazizxonni Samarqand viloyatida podshoh qilib 
ko‘tarishdi va mazkur xon Samarqanddan Buxoroga otlandi. Hazrat padari 
buzurgvorimiz uning istiqboliga Zanjirsaroyga bordi. Xon hazrat 
eshonning tashrifidan xabar topgach, darhol padari buzurgvorimizning 
qoshiga kelib, turfa ixloslar zohir qilib, fotiha so‘radi. Tayyor taomlar 
tanovulidan so‘ng, yana fotixa olib, o‘rnidan turdi. Hazrat padari 
buzurgvorimiz 
uni 
kuzatib 
qo‘yib, shu kuni namozga o‘g‘li 
Muhammadyusufxoja bilan xon ko‘rinishiga borishdi. Xon hazrat eshon 
kelganini eshitgach, darhol joy soldirib, o‘zi istiqbolga chiqdi va to‘la 
ta’zim bilan davlatxonaga olib kirib, uni o‘tirg‘izdi, so‘ngra o‘z joyiga 
o‘tirdi. Muttasil o‘zining ixlosmandligini arz qilib, hazrat padari 
buzurgvorimizdan fotiha tiladi. Tayyor taomlar tanovulidan so‘ng padari 
buzurgvorimiz joyidan turdi va xon uni davlatxona tashqarisigacha 
kuzatib, ta’zim bajo keltirib qaytdi. Buxoroga kelgandan so‘ng ham 
xonning ixlosi kundan-kunga ziyoda bo‘lib, ikki hayitda Namozgoh taxti 
tepasida hazrat padari buzurgvorimizning qo‘lidan ushlab, o‘z yoniga 


301 
o‘tirg‘izar, oliy majlislarda katta iltimos bilan chaqirardi. Hazrat eshon 
davlatxona yaqiniga etganida, xon darhol joyidan turib, padari 
buzurgvorimiz istiqboliga chiqib, lutfu marhamat bilan joyiga boshlab 
o‘tirg‘izar, so‘ng o‘zi joyiga o‘tirardi. Dasturxon va hozir bo‘lgan taomlar 
avval hazrat eshonga keltirilib, so‘ngra xon oldiga dasturxon solinardi. 
Shundan so‘ng jarg‘aga dasturxon keltirilardi. Tanovuldan so‘ng hazrat 
eshon turganida xon hurmat bilan xona tashqarisigacha kuzatardi. Yigirma 
yildan buyon Abdulazizxon Movarounnahr va Turkiston viloyatlarida 
podshohlik qilmoqda hamda xutba va tanga uning nomidadir. Ukasi 
Subhonqulixon akasi amriga ko‘ra Balx va Badaxshon viloyatlari hokimi 
bo‘lsa-da, lekin xutbani akasi nomiga o‘qittirib, tangani akasi nomidan 
zarb qildiradi. 
(Муhаммад Толиб ибн Тожиддин Hасанхожа ал-Hусайний ас-
Сиддиqий. Матлаб ут-толибин / Ўзбек тилига таржима, сўзбоши ва 
изоhлар муаллифлари: G‘улом Каримий, Эркин Миркомилов. -Т.: 
“Movarounnahr”, 2016.- Б.114-115, 208-210 )

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish