68
3
SHarg‘
Muhammad Narshaxiy ma’lumotiga ko‘ra,
Iskajkat ro‘parasidadir, ikkovining orasida katta
daryodan boshqa hech bir er yo‘q. Bu joy
aholisining qadimda bir bozori bo‘lgan, har yili qish
o‘rtasida o‘n kun davom etgan. Kishilar uzoq
viloyatlardan kelib savdo qilishgan.
Narshaxiy
ma’lumotiga ko‘ra, u joydan ko‘proq shinni bilan
tayyorlangan mag‘izli holva chiqar edi, yana u
joydan ko‘proq chiqadigan narsa qintoriy va cho‘p
(yog‘och)lar, tuzlangan baliq, yangi baliq, qo‘y va
qorako‘l terilaridan tikilgan po‘stinlardan iborat edi.
Bu erda ko‘p savdo bo‘lar edi. Ammo bugun
bizning davrimizda har juma kuni bozor bo‘lib,
shahar va qishloqlardan
savdogarlar u joyga
boradilar. U qishloqdan chiqadigan va bu kunlarda
savdogarlar boshqa viloyatlarga olib boradigan
narsa - mis va bo‘zdir.
4.
Zandana
Bu qishloq katta qal’aga ega bo‘lib, bozor va
masjidi
jomega
ega.
Bu qishloq o‘zining
“zandaniychi”si bilan mashhur bo‘lib, bu xildagi
bo‘z Iroq, Fors, Kirmon, Hindiston va boshqa
viloyatlarga ham xaridorgir bo‘lgan. Bu qishloqda
har juma kuni bozor bo‘lib, namozdan keyin aholi
bozor qilgan.
5.
Vardona
Katta qishloq bo‘lib, kuhandizga, mustahkam
hisorga ega edi. U qadim vaqtlardan podshohlarning
turar-joylari bo‘lgan.
U joyda har haftada bir kun
bozor bo‘lib, savdogarlar ko‘p kelargan. U erdan
chiqadigan narsa ham yaxshi xil “zandaniychi”
bo‘lgan.
6.
Afshina
Katta shahristonga va mustahkam hisorga
ega bo‘lib uning atrofida bir qancha qishloqlar ham
bo‘lgan. U erda har haftada bir kun bozor bo‘ladi.
7.
Varaxsha
Varaxshaning o‘rnida Rajfandun bo‘lib, u
Buxoro shahridan qadimiyroqdir. Varaxshada har
o‘n besh kunda bir kun bozor bo‘lgan. Yilning
oxirida esa yigirma kun bozor qilinib, yigirma
birinchi kun navro‘z
- yangi yil bayrami
69
o‘tkazilgan.
8.
Mox bozori
Buxoroda bir bozor bor bo‘lganki, uni
“Bozori Mox ro‘z” deganlar. U erda yiliga har gal
bir kundan ikki marta bozor bo‘lgan va bozor
bo‘lgan kuni ko‘proq butlar sotilgan. Bozor kuni
ellik ming dirhamdan ortiq savdo bo‘lgan.
Narshaxiy shunday deydi: “Bu bozor bizning
vaqtlarda ham bor edi, men nega bunday odat rasm
qilingan, deb juda ajablanar edim. Buxoroning
keksalari va shayxlaridan: “buning sababi nima”,
deb so‘radim. Ular: “Qadim vaqtlarda Buxoro
aholisi butparast bo‘lganlar
va bu bozor rasm
bo‘lib, o‘sha davrlardan boshlab bu erda but
sotganlar va bozor hozirda ham o‘sha qadimgidek
qolib
kelmoqda”,-deb
javob
berdilar.
Nishopuriyning “Xazoin ul-ulum” kitobida bozor
haqida shunday yoziladi: Buxoroda bir podshoh
bo‘lib, uning nomi Mox edi. U ana shu bozorni
qurishga buyurdi, uning farmoni bilan duradgorlar
va naqqoshlar u yildan bu yilgacha but yo‘nib,
belgilangan kunda shu bozorga
keltirib sotishar va
xalq uni sotib olar ekan. Har qachon u but yo‘qolsa
yoki sinsa, yoki eskirsa, shu bozor kuni boshqasini
sotib olar va eskisini tashlar ekanlar.
Mox masjidi o‘rnashgan erda katta ariq
bo‘yida serdaraxt tekislik joy bo‘lgan, shu daraxtlar
soyasida bozor bo‘lgan. Podshoh xalq but sotib
olishga qiziqsin uchun, shu bozorga kelib hozirda
Mox masjidi o‘rnashgan erda taxtda o‘tirgan, har
kim o‘zi uchun but
sotib olgan va uyiga olib
ketishni
kuzatgan.
Bu
joy
otashparastlar
ibodatxonasi ham bo‘lib, bozor kuni odamlar bu
erga yig‘ilganlarida hammalari ibodatxonaga kirib
olovga sig‘inganlar. Bu ibodatxona to islomgacha
bor bo‘lib, musulmonlar kuchayib ketgach, mazkur
ibodatxona o‘rniga masjid bino qildilar.
70
Buxoro
ilk
o‘rta
asrlarda
vatanimiz
shaharsozlik
madaniyatining barcha jihatlarini o‘zida mujassam qilgan shahar
sifatida tarixda muhrlanib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: