Nerv tizimida qo`zg`alish jarayoni tormozlanish jarayoni bilan almashinib turadi, ya'ni qo`zg`alish tormozlanishga, tormozlanish esa qo`zg`alishga o`tib turadi. Qo`zg`alishning nerv tizimi-markazlarida tarqalishi iradiatsiya deyiladi. - Nerv tizimida qo`zg`alish jarayoni tormozlanish jarayoni bilan almashinib turadi, ya'ni qo`zg`alish tormozlanishga, tormozlanish esa qo`zg`alishga o`tib turadi. Qo`zg`alishning nerv tizimi-markazlarida tarqalishi iradiatsiya deyiladi.
- Markaziy nerv tizimida bir guruh neyronlar yoki ayrim nerv markazlari qo`zg`alganda, ikkinchi nerv markazlari tormozlangan holda bo`ladi. Bir guruh muskullarning nerv markazi qo`zg`alib, shu muskullarni qisqartirsa, ayni vaqtda ikkinchi guruh muskullarning nerv markazlari tormozlanadi. Masalan, qo`l panjasini musht qilganda yelka oldining oldingi muskullari qisqaradi, ayni vaqtda elka oldining orqa tomonidagi muskullar bo`shashadi, ya'ni bukuvchi muskullarning nerv markazlari qo`zg`alib, yozuvchi muskullarning nerv markazlari tormozlanadi. Nerv tizimidagi qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining bu xildagi o`zaro ta'siri uygunlik deb ataladi. Chap oyoqni bukkanda o`ng oyoqning tizza bo`g`imi yoziladi va aksincha.
3.Nerv markazlaridagi yana bir hususiyat-dominanta hususiyati bo`lib, buni birinchi bo`lib 1923- yilda A.A. Uxtomskiy isbotlagan. Muayyan paytda nerv markazlarida ustun to`rgan qo`zg`alish o`chog`ini A.A. Uxtomskiy dominanta deb atagan. Ustun turgan qo`zg`alish o`chog`i , boshqa markazlarga keluvchi qo`zg`alish to`lqinlarini o`ziga jalb qilib, shular hisobiga kuchaya oladi. Bu paytda boshqa markazlarda tormozlanish protsessi boshlanadi. Dominantaning vujudga kelishidagi muhim shartlardan biri nerv hujayralarining o`ta qo`zg`aluvchanligidir. Dominanta uzoq muddat saqlanib turishi mumkin. Dominanta oliy nerv faoliyatiga, odamning ruhiyatiga bog`liq bo`ladi. Dominanta printsipi diqqat aktivligining fiziologik asosidir. Shuning uchun dominanta pedagogika va psixologiyada juda katta ahamiyatga egadir. O`qituvchilar o`quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda buni hisobga olishi kerak. - 3.Nerv markazlaridagi yana bir hususiyat-dominanta hususiyati bo`lib, buni birinchi bo`lib 1923- yilda A.A. Uxtomskiy isbotlagan. Muayyan paytda nerv markazlarida ustun to`rgan qo`zg`alish o`chog`ini A.A. Uxtomskiy dominanta deb atagan. Ustun turgan qo`zg`alish o`chog`i , boshqa markazlarga keluvchi qo`zg`alish to`lqinlarini o`ziga jalb qilib, shular hisobiga kuchaya oladi. Bu paytda boshqa markazlarda tormozlanish protsessi boshlanadi. Dominantaning vujudga kelishidagi muhim shartlardan biri nerv hujayralarining o`ta qo`zg`aluvchanligidir. Dominanta uzoq muddat saqlanib turishi mumkin. Dominanta oliy nerv faoliyatiga, odamning ruhiyatiga bog`liq bo`ladi. Dominanta printsipi diqqat aktivligining fiziologik asosidir. Shuning uchun dominanta pedagogika va psixologiyada juda katta ahamiyatga egadir. O`qituvchilar o`quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda buni hisobga olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |