Buxoro psixologiya va xorijiy tilla r instituti


Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - samarali muomalaning muhim omili sifatida



Download 0,96 Mb.
bet41/50
Sana03.09.2022
Hajmi0,96 Mb.
#848088
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA MAJMUA

Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - samarali
muomalaning muhim omili sifatida
Jamiyatimizning bugungi ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan tub islohotlarning mohiyati haqida fikr yuritilar
ekan, eng noyob milliy qadriyatlarni yosh avlod ruhiga va
ma’naviy dunyoqarashiga singdirish va undan umuminsoniy
manfaatlar yo‘lida foydalanishning yagona yo‘llaridan
biri - bu ularda bilimdonlikni yetarli darajada shakllantirishdir. Prezidentimiz I.AKarimov ta’kidlaganidek, “dunyoning demokratik qadryyatlaridan bahramand
bo‘lishda aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb
32
etmoqda. Faqat bilimli, ma’rifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay
olishini, va, aksincha, bilimi kam, omi odamlar avtoritarizmni va totalitar tuzumini ma’qul ko‘rishini hayotning o‘zi ishonarli tarzda isbotlamoqda. (Karimov I.A.
O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida..., 1997 ).
Davlatimizda mustaqillik qo‘lga kiritilib, huquqiy
va demokratik islohotlar amalga oshirilishida qilinayotgan ijtimoiy sa’y-harakatlarning ne’mati shundaki,
“ mustaqillik mamlakatimiz aholisining bilim doirasini kengaytirdi”. O‘z tariximiz, tilimiz, milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz durdonalarini o‘rganishga ochilgan yo‘l xalq tafakkurining rivojlanishi,
uning o‘tmishi, buguni va ertasi haqida aniq tasavvurlarga ega bo‘lishiga imkon yaratadi, yoshlarni mustaqil
fikr yuritishga o‘rgatadi.
NEqoridagi fikrlardan kelib chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, davlatimiz kelajagi bo‘lmish
yoshlarning bilim doirasini oshirishda va dunyoqarashini
yanada kengaytirishda fanning samarali uslublaridan
keng foydalanish zarur. Bu o‘rinda e’tiborni biz
ta’kidlagan “bilimdonlik” tushunchasining ijgimoiy-psixologik mohiyatiga qaratmoqchimiz.
Ma’lumki, ilmiy adabiyotlarda “bilimdonlik” tushunchasi ko‘pincha “aql", “aqllilik”, “ilmga chanqoqlik"
tushunchalari bilan bir xil ma’noda ishlatiladi. Aslida
psixologik nuqtai nazardan ushbu tushunchalar, o‘rtasida
mohiyatan bir oz bo‘lsa-da, farq bor. Buyuk bobomiz
Alisher Navoiy “aql” tushunchasini “bilimdonlik”dan
kengroq ta’riflab, aql so‘zining 27 darajasi va 27 sifatini ajratadi. Ushbu sifatlardan eng muhim va ijobiylari bevosita bilimdonlikka aloqadordir. Masalan,
“aql muxandislari” - donishmandlar, olimlar, bilimdonlarni; “aql piri" - tafakkur ustozi, farosatli kishilarni; “Aql o‘ti” - zehn o‘tkirligi, xushyorlikni; “aqli
kull” - eng yetuk aql kabi qator sifatlargina insonni
atrof-muhitda ro‘y beradigan voqea-hodisalarning mohiyatiga yetish, ularni tahlil qilish va umumlashtirish, yangilik ochish, ijodiy izlanish xislatlarini aks ettiradi.
Zak. 48. 33
Ibn Sino esa inson faoliyatidagi haqiqatni bilishga
olib keluvchi nazariy hamda yaxshi ishlarni bajarishga
yo‘naltiruvchi amaliy bilimlarni farqlaydi.
Demak, shaxsning bilimdonligi uning atrof-muhit,
tabiat va jamiyatda ro‘y berayotgan murakkab hodisalarni, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni anglash, baholash, o‘zi haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish negizida
hayotda, kundalik turmush va ongli faoliyatda namunali
ishlarni bajarish, insoniy fazilatlarga amal qilishni
taqozo etadi. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi oldida turgan eng muhim vazifa ham - kelajagimiz bunyodkorlarida
aynan shunday sifatlar majmuini shakllantirishdir.
Fanlar tarixidan ma’lumki, falsafa fani ilmlarning eng yuqori pog‘onasi bo‘lib, eng fozil va donishmand
insonlar ushbu soha bilan shug‘ullanganlar. Lekin falsafaning nazariy hamda amaliy qismlari bo‘lib, birinchi qismi uch bosqichdan: tabiatshunoslik, matematika va
metafizikadan; amaliy qism ham uch qismdan:
- shaxs haqidagi ilmlar;
- insonning o‘zaro munosabatlari haqidagi ilmlar;
- mamlakatni boshqarish ilmi qismlariga bo‘linadi.
Bizningcha, bilimdonlikning yuksak pogonasi barcha
ilmlar sohibining didi, fahm-farosati va zukkoligini
taqozo etadi. Ya’ni ma’rifatli, bilimga chanqoq shaxs
tabiat va jamiyat, inson tafakkuri va ma’naviy dunyosiga
aloqador barcha bilimlarga befarq emasligi, ularni
mukammal egallagani bilan farqlanadi. Shunday avlodgina murakkab texnologiya, xalqaro munosabatlar rivojlangan davrda xalq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlarini
boshqaruvchi yuqori malakali mutaxassis sifatida davlat
va jamiyatga foyda keltirib ishlay oladi. Bugungi kunda
ta’lim tizimining asosiy vazifasi - kadrlar tayyorlash
milliy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqayotganligi mantiqan to‘g‘ridir.
Ijtimoiy psixologiya ham bilimdonlik tushunchasining mohiyatiga o‘ziga xos tarzda yondashadi va uning
serqirraligini e’tirof etadi . Psixologik nuqtai nazardan olib qaralganda shunday muhim jihat mavjudki,
u ham bo‘lsa, aniq ilmlar sohaOida bilimlar hamda
shaxsning jamiyatdagi insoniy, mafkuraviy, huquqiy,
siyosiy, demokratik munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlarining o‘zaro uyg‘unligi masalasidir.
O‘zbekiston sharoitida ushbu masalaning ijobiiy
tarzda hal qilinishiga Prezidentimiz IAKarimovning
1996 yil “ Ma’naviyat va ma’rifat jamoatnilik Markazlari faoliyatini takomillashtirish va ular samaradorligini oshirish tugrisidagi” Farmoni, Respublika Oliy
va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining ushbu Farmoni
o‘quv yurtlarida bevosita bajarishga qaratilgan qator
buyruq va qarorlari, turli o‘quv maskanlarida “Ma’naviyat va ma’rifat asoslari” kurslari o‘qitilishining
tashkil etilishi sezilarli rol o‘ynadi. Ma’naviyat sohasidagi islohotlar, amalga oshirilgan va oshirilayotgan
ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o‘z xalqi
madaniyati, Vatanining o‘tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to‘g‘ri munosabatlarning shakllanishiga sabab
bo‘lmoqda, bu esa ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Aks holda, olam siru asrorlarini
chuqur bilgan, qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u bu bilimlarni avval o‘z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo‘naltira
olmasa va uning jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur
qila bilmasa, ma’naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz, xudbin sifatida baholanadi. Shu bois ham mamlakatimiz oliy va o‘rta o‘quv yurtlarida, maktablarda
“ Ma’naviyat saboqlari"ning kiritilishi, ulardan kutilayotgan samara aynan ana shu ezgu niyatlarning amalga oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Bugun tashqari, Prezidentimizning qator viloyatlar,
xalq deputatlari Kengashlarining navbatdan tashqari
sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida yana bir yoshlar bilimdonligiga aloqador jihat aniqlandiki, “ 1997-yil - Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingan davrda ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga kagga e’tibor qaratildi. Darhaqiqat, yoshlar tarbiyasidagi ko‘plab
muammolar aynan shu masalaga kelib taqalishini hayot
isbotladi. Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ham o‘zining qator hujjatlari bilan bu masalaga yanada oydinlik kiritib, oliygohlarda talabalar
huquqiy madaniyatini o‘rganish va uni shakllantirishga
qaratilggsh aniq vmifalarni topshirdi.
Farg‘ona Davlat universiteti 'olimlari huquqiy ong,
bilimlar bilan huquqiy madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro
aloqani o‘rganish maqsadida sotsiologik tadqiqot o‘tkazGsshlar. Ma’lum bo‘lishicha, talaba yoshlarning bilim doirasida Respublikaning asosiy Qomusi, uning mohiyati,
qonunchilik shartlari va mazmuni haqida tasavvurlar
mavjud, ya’ni huquqiy ongning shakllanganlik darajasi
2-4 kurs talabalarida taxminan 70-75% ni tashkil etgan
bo‘lsa, huquqiy madaniyat mezoni haqidagi tasavvurlari
18-20%ni tashkil qilgan, xolos.
Nihoyat, yuqoridagilarga aloqador yana bir jihat
borki, bu yoshlarning psixologik savodxonligi va uni
oshirish masalasidir.
Psixologik savodxonlik tushunchasining asl mohiyati -
bu shaxsning o‘zi, uning hissiy kechinmgtari, munosabatlari majmui bilan jamiyat va undagi shaxslararo munosabatlar tizimi, qadriyatlar, ma’naviyat to‘g‘risidagi to‘la tasavvurlaridir. Psixologik nuqtai nazardan bilimdon
odam tasavvurlarida ob’ektivlik va xolislik sifatlari mavjudkim, shu tufayli u o‘z “Meni"ni mukammallashtirish va o‘zgalar bilan to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatish qobiliyatiga ega. To‘gri, hayot, undagi vaziyatlar, hodisalar,
shaxsiy tajriba shaxsni ma’lum yo‘nalishda rivojlanishiga sabab hisoblanib, uning ma’lum ijtimoiy tasavvurlari tizimini hosil qiladi. Lekin stixiyali, tajribadagi “xatoliklar” va “yutuklar” evaziga orttirilgan
psixologik savodxonlik aniq maqsadga yo‘naltirilgan,
shaxs va jamiyat manfaatlariga, aniq tahlil va ezgu
niyatlarga tayangan bilimdonlikdan farq qiladi. Masalan, boshqaruv tizimini oladigan bo‘lsak, rahbar va xodim o‘rtasidagi munosabatlarning to‘gri yo‘lga qo‘yilmaganligi ko‘pincha shaxslararo ziddiyatlar va nizolarni
keltirib chiqaradi. Lekin agarda rahbarning faoliyati
maqsadlarida xodimning individual xususiyatlari va
ijtimoiy kutishi hamda iqtidori hisobga olinib muloqotga kirishilsa, muloqot samaradorligini oshiruvchi
usullardan foydalanilsa, natija o‘zaro kelishuv va tomonlarning hamfikrliligi bilan yakunlanadi. Yangi davr kishisi, umuman ishlab chiqarishning turli
sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslar maxsus dastur
asosida muomala texnikasi va o‘zini o‘zi tarbiyalash texnologiyasini egallasalar, unda ijtimoiy faoliyat samarasi ortadi.
Psixologik savodxonlik yana shuning uchun ham zarurki, ko‘pincha inson o‘z iqtidori va imkoniyati darajasida
aniq tasavvur qilmaydi, bilimgoh yoki kasb tanlashda
o‘zgalar ta’siriga berilib, muayyan xatolikka yo‘l qo‘yadi.
Buning oqibatida nafaqat o‘sha shaxs aziyat chekadi, balki
jamiyatga zarar keltiradi. Har bir shaxs o‘zini o‘zi tarbiyalashning malakalariga ega bo‘lishi, autotrening elementlaridan boxabar bo‘lishi, o‘zgalar bilan muloqotga
tayyorligi - treninglarda ko‘nikmalar hosil qilishi,
“o‘zgacha bo‘la olish san’ati", uning ruhiy barkamolligiga
zaminligi tufayli jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlar ustun turadi. Bilimdon kishilar o‘zining bilim tizimidan ham unumli, ham samarali foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Zero, ba’zan bilimlar doirasi kengligi sababli dimogdorlik illati yuzaga kelishi, salohiyati bo‘yicha o‘z o‘rnini tololmaslik o‘z-o‘zini quyi
baholash barkamol shaxs taraqqiyoti uchun salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Demak, ijtimoiy psixologik bilimdonlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad - yoshlarni bo‘lg‘usi ijtimoiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash, ularda insoniy fazilatlar shakllantirish, kommunikativ bilimdonlik va
shaxslararo muloqotning murakkab shakllariga muvofiqlashuv jarayonlarini tezlashtirishdir. Bugungi talabalar ertangi kunning bunyodkorlari, vatanparvarlari,
mehnatsevar insonlar, jamoalarni boshqaruvchi ziyolilar bo‘lib yetishishi kerakligini hisobga olsak, ulardagi
bilimdonlik darajasi va ko‘lamining keng bo‘lishining
ahamiyati shak-shubhasizdir. Zero, yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan elyurtga naf yetkazadigan insonlargina kamolotga erishishi
mumkin. Bu jarayonda ijtimoiy psixologiya o‘zining faol
metodlari va qonuniyatlari bilan o‘z hissasini qo‘shadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish