BAHOLASH MEZONLARI
Talabalar bilimini baholashda eng asosiy ko`rsatkich mustaqil fikrlay olish
qobiliyati sanaladi. Shu sababli talabaning bilim va malakalarini baholashda dastavval
uning mustaqil fikrlash va mushohada yuritish, shu bilan birga mustaqil ravishda xulosa
chiqara olish qobiliyatlariga qaraladi. Talabalar bilimi jadvalda ko`rsatilgan mezonlar
asosida baholanadi. YAna shuni ta`kidlash kerakki, «qoniqarsiz» bahodan tashqari
boshqa barcha baholarning asosi sifatida talabaning xulqi va odobiga qaraladi. YA`ni,
talaba fanni yaxshi o`zlashtirgan bo`lsada, uning qoniqarsiz xulqi fandan oladigan
bahosiga ta`sir qilishi mumkin.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |