7. Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlashning texnologik jarayoni.
Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlash jarayoni elevatorda
boshlanadi. elevatorda don chiqindilardan A1-BIS-100 separatorida, keyin
A1-BSF-50 separatorida tozalanadi va 15% gacha mayda don fraktsiyasi
ajratib olinadi. Tozalangan don tegirmonning tayyorlash bo`limiga
yuboriladi.
Donni navli un tortishga tayyorlashning texnologik sxemasi asosida don
elevatordan yig’uvchi bunkerlarga ikki oqim bilan alohida (shaffofligi yoki
80
kleykovinasi yuqori va past bo`lgan donlar) kelib tushadi. Bunkerlardan
keyin don ikki oqimda me`yorlagichlardan o`tib aralashtiruvchi shneklarga
tushadi va avtomatik tarozida o`lchanadi. Bunda don ikki oqimda alohida
mashinalarda chiqindilardan tozalanadi.
Dondan eni va qalinligi bilan farq qiladigan va yengil chiqindilar
separatorlarda (A1-BIS-12, A1-BLS-16) ajratib olinadi.
Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shisha
bo`laklari, nomagnit metallar toshtozalagich mashinasida (R3-BKT-9)
dondan ajratib olinadi.
Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK-6 va
A9-UTO-6) ajratiladi.
Donni metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda
amalga oshiriladi.
Donning yuzasiga quruq ishlov berish asosan R3-BGO yoki R3-BMO-6
mashinalarida bajariladi. Bunda donning kuldorligi 0,03...0,04% gacha
kamaytiriladi.
Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni uch bosqichda bajariladi.
Donga asosan gidrotermik ishlov berish, ya`ni namlash A1-BSHU-1, A1-
BSHU-2, A1-BMSH, A1-BAZ, A1-BUZ mashinalarida bajariladi va 13-
jadvaldagi ko`rsatkichlarga muvofiq bunkerlarda namiqtirish uch bosqichda
donning shaffofligiga qarab amalga oshiriladi.
13-jadval
Donning tipidan bog’liq holda gidrotermik ishlov berish rejimlari
Don
Tipi
Donni shaffofligiga qarab
namiqtirish vaqti, soat
I Yormalash sistema-
sidan oldin donni
namlash
Maydalashga
jo`natiladigan
donning
umumiy
namligi,
%
shaffofligi, %
Namlash
miqdori
%
Namiqtiris
h
vaqti,
minut
60
60
40
40
I
II
III
IY
8-16
8-16
15-24
16-20
6-12
-
6-12
12-16
4-8
-
4-8
6-12
0,3-0,5
0,3-0,4
0,5-0,7
0,5-0,6
20-30
20-20
30-40
30-30
14,5...16.0
15,5...16,5
14,0...15,0
15,0...16,5
Donga birinchi marta gidrotermik ishlov berilgandan keyin oqimlar
birlashtiriladi va ikkinchi marta gidrotermik ishlov berishga yuboriladi.
Donga ikki marta gidrotermik ishlov berilgandan keyin donning yuzasiga
yana bir marta RZ-BGO-8 yoki RZ-BMO-12 mashinalarida quruq ishlov
beriladi. Keyin don magnit separatoridan o`tadi va R3-BEZ entoleytoriga
yuboriladi. entoleytorda don urilishi natijasida strukturasi o`zgaradi, ya`ni
endospermda yoriqlar soni ko`payadi. Don yengil chiqindilardan R3-BAB
81
pnemvoseparatorida tozalanadi va birinchi yormalash sistemasidan oldin
gidrotermik ishlov beriladi (0,5%gacha namlash, 20...30 minut namiqtirish).
Donni un tortishga tayyorlash texnologik sxemasiga asosan tayyorlangan
donning sifat ko`rsatkichlari maydalashdan oldin 14-jadvalda keltirilgan sifat
ko`rsatkichlariga muvofiq bo`lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |