Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


Mavzu 1. STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Bog'liq
Statistika

Mavzu 1. STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI 
 
Reja: 
1.1.  Statistika to`g’risida umumiy tushuncha. 
1.2.  Statistika fanining predmeti va usuli.  
1.3.  Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 
1.4.  Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning tutgan o`rni va ahamiyati. 
Tayanch iboralar:  
Statistika,  statistik  tadqiqot,  statistik to`plam,  statistik  ma`lumot,  statistik 
ko`rsatkichlar. 
 
1.1. Statistika to`g’risida umumiy tushuncha. 
Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq 
bo`lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, 
soliqqa tortish ob`ektlarini belgilash zarurati tug’ilgan, natijada aholi soni, uning 
yoshi  va  jinsi  jihatdan  tuzilishi  haqidagi  ma`lumotlarga  ehtiyojlar  paydo 
bo`lgan. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo`layotgan o`zgarishlar ustidan 
kuzatishlar  olib  borishga  undagan.  Fuqarolik  munosabatlari  rivojlanib  borgan 
sari ular bilan bevosita bog’liq bo`lgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib 
borgan. SHuning uchun tug’ilish, o`lish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni 
yozib  borish  tartibi  o`rnatilgan,  keyinchalik  esa  odamlarning  bir  joydan 
ikkinchisiga ko`chib yurishi bilan bog’liq bo`lgan migratsiyasi (harakati)ni qayd 
qilish  tartibi  belgilangan.  Qishloq  xo`jaligi,  savdo-sotiq,  hunarmandchilik, 
sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi xo`jalikka 
oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqozo 
etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish 
va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan 
va rivoj topgan.  
«Statistika»  atamasi  lotincha  «Status»  so`zidan  olingan  bo`lib, 
hodisalarning  holati,  ahvolini  bildiradi.  «Status»  so`zi  negizidan  «Stato»  - 
davlat,  «statusta»  -  davlatni  biluvchi,  «statustica»,  ya`ni  davlat  to`g’risida 
muayyan bilim, ma`lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan.  
Hozirgi kunda statistika deyilganda:  

  o`z ob`ekti va usuliga ega bo`lgan mustaqil fanni;  

  amaliy  faoliyatdagi  mustaqil  tarmoqlarni,  ya`ni  Makroiqtisodiyot  va 
statistika  vazirligi,  viloyatlarda  iqtisodiyot  va  statistika  bosh 
boshqarmalari, tumanda iqtisodiyot va statistika blimlarini;  

  ijtimoiy 
hayotning 
turli 
tomonlarini 
ta`riflaydigan 
umumiy 
ko`rsatkichlar, statistik raqamlar ham tushuniladi.  
Statistika  ko`p  asrlik  tarixga  egadir.  Ayrim  ma`lumotlarga  ko`ra, 
eramizdan  3500  yil  ilgari  Misrda  aholi  hisobi  (ro`yxati)  o`tkazilgan.  Rossiya 
(Moskva)da ikki marta (1362 va 1389 yillarda) aholi ro`yxati o`tkazilgan.  
Statistika  fani  XVII  asrning  oxirlariga  kelib  mustaqil  fan  sifatida 
shakllana  boshladi.  Bu  davrda  endigina  feodalizm  o`rnini  kapitalizm  tuzumi 
egallayotgan  edi.  Kapitalistik  tuzumning  barqaror  bo`lishi  ko`pgina  fanlarning, 


 

shu jumladan statistikaning ham rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. XVII asrda 
Angliyada  «Siyosiy  arifmetika»  degan  fan  vujudga  keldi.  Uning  asoschilari 
ingliz  olimlari  U.Petti  (1623-1687)  va  Jon  Graunt  (1620-1674)  bo`lganlar. 
U.Pettini  o`z  vaqtida  iqtisodning  «otasi»  va  ma`lum  darajada  statistikaning 
ixtirochisidir, deb atashgan.  
Evropada  statistikaning  asoschisi  bo`lib  bel’giyalik  olim  A.Ketle  (1796-
1874) hisoblangan. O`sha davrda Germaniyada G.Axenval (1719-1772) birinchi 
marta  «statistika»  so`zini  qo`llagan.  Angliyada  esa  A.Bouli  (1869-1957) 
statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.  
 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish