5.2. Mutlaq miqdorlar va ularning turlari.
Ifodalanishiga qarab, mutlaq miqdorlar: yakka va umumiy miqdorlarga
bo`linadi. YAkka mutlaq miqdorlar statistik kuzatish jarayonida olinib,
boshlang’ich hisob va kuzatish hujjatlarida qayd qilinadi. Bunday miqdorlar
kuzatilayotgan to`plamning alohida birliklarini tavsiflaydi va statistik tekshirish
uchun manba bo`lib hisoblanadi. Guruhdagi har bir talaba, davlat xo`jaligidagi
ayrim ekinlar maydoni, zavoddagi har bir ishchining olayotgan ish haqi va
hokazolar yakka mutlaq miqdorlarga misol bo`la oladi. Ular svodkalash va
guruhlash uchun manbagina bo`lmasdan, ilg’or tajribalarni ommalashtirishda,
ijobiy va salbiy voqealarni yoritishda keng qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |