SO`Z BOSHI
Respublikamizda
iqtisodiyotni
erkinlashtirish,
modernizatsiyalash,
xususiy mulkning o`rni va ta`sirini kengaytirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik
soxalari uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratish va rag’batlantirishni hozirgi
vaqtda hayotning o`zi taqozo etmoqda.
Bu dolzarb masalani yechish yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni
yaxshilash va kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta`lim tizimini isloh qilishni
talab qiladi. Buning uchun, birinchi navbatda, oliy ta`lim yo`nalishlari bo`yicha
Davlat standartlarida ko`zlangan fanlarning mazmuni va o`quv dasturlarini
xalqaro andozalarga moslashtirib takomillashtirish zarur.
Bugungi talab korxonalarning mustaqillikka asoslangan rivojlanishi
ularning ma`lumotlarini raqobat zaminida boshqa korxonalar ma`lumotlari bilan
taqqoslanishiga va har bir korxonaning o`z o`rnini belgilanishini taqozo qiladi.
Buni esa biz statistikasiz tasavvur qilolmaymiz. Chnki statistika davlatlar,
korxonalar, umuman ijtimoiy hayotning turli tomonlarini belgilovchi
ma`lumotlarga tayanadi. SHuning uchun u ijtimoiy iqtisodiy fanlarning maxsus
tarmog’i bo`lib hisoblanib kelmoqda.
Hozirgi kunda statistika deyilganda birinchidan o`z predmetiga,
ob`ektiga va usuliga ega bo`lgan mustaqil ijtimoiy fan ikkinchidan mustaqil
amaliy faoliyat, uchinchidan ijtimoiy hayotning turli tomonlarini tariflaydigan
umumiy ko`rsatkichlar, statistik raqamlar ham tushuniladi.
«Statistika» fanidan ma`ruzalar to`plami talabalarning statistik
xizmatlarni tashkil etishning ilmiy asoslarini, O`zbekistonda va boshqa
mamlakatlarda zamonaviy darajada tashkil etilganligi, statistik ma`lumotlar
yig’ishning tashkiliy asoslari va usullarini, statistik kuzatuv natijalarini qayta
ishlash tamoyillari va usullarini, umumlashtiruvchi statistik ko`rsatkichlar –
mutlaq va nisbiy, o`rtacha statistik miqdorlar, variatsiya ko`rsatkichlari,
dinamikasi, o`zaro aloqasi va statistik ma`lumotlarni tahlil qilish asoslarini
bilishga, yoppasiga va tanlab o`tkazilgan kuzatuvlarni tashkil etish va olib
borish, statistik jadvallar tuzish, turli ko`rsatkichlarni hisoblash (mahsulot
ishlab chiqarish va sotish, mehnat resurslaridan foydalanish, mehnat
unumdorligi, asosiy va aylanma fondlar), statistik ma`lumotlardan xulosa
chiqarishni o`rganishga qaratilgandir.
Statistika kursini o`rganish natijasida talaba statistika fani bo`yicha
asosiy
tununchalarni
va
statistik
tadqiqotlar
o`tkazishning
umumiy
yo`nalishlarini bilib oladi. Bu fan quyidagi fanlar bilan bog’liq: matematik
statistika, tarmoq iqtisodi, menejment, buxgalteriya hisobi, audit, mikro va
makro iqtisod va h.
Bu ma`ruzalar to`plami ikki qismdan, ya`ni, «Statistika umumiy
nazariyasi» va «Iqtisodiy statistika» qismlaridan iborat.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |