O`z-o`zini qayd qilish usulida kuzatishni o`tkazuvchi tashkilotning
vakillari maxsus varaqalarni kuzatayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma`lum
vaqtdan so`ng to`ldirilgan varaqalarni yig’ishtirib oladilar. Masalan, har bir
talaba haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish maqsadida hisob-iqtisod fakul’teti
dekanati 1-kurs talabalariga maxsus varaqalar tarqatdi. Bu varaqalar talabalar
tomonidan to`ldirilib, dekanatga qaytarilib berildi. Bunday kuzatish o`z-o`zini
qayd qilish usulidagi kuzatish deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |