Igna mexanizmi. Bosh valdan krivoship 11, qo’shaloq barmoq 9 va shatun 8 orqali 7 porshenga ilgarilanma-qaytma harakat uzatiladi (50-rasm).
Porshenga 4 ignayuritgichi mahkamlangan bo’lib, bolt 6 va vint 3 yordamida korpusga mahkamlangan 5 yo’naltirgichda harakatlanadi. Ignayuritgich ostki qismiga vint 2 bilan ignatutgich 1 mahkamlangan. Bosh val 12 rolikli va 14 dumaloq podshipniklarda o’rnatilgan.
Shatun ustki kallagi ignali podshipniklar yordamida 9 barmoqqa kiydirilgan. Bu mashinada krivoship koromisloli iptortgich mexanizmi qo’llanilgan. Iptortgich 10 richagining ostki kallagi 9 barmoqning tashqi qismiga ignali podshipnik orqali kiydirilgan.
Bu mashinada aylanma mokili mexanizmi bo’lib, unda qo’shimcha ipni kengaytirgich mexanizmi qo’llanilgan.
Materialni surish mexanizmi. Surish vali 24 buralma qaytma harakatni zveno 23, sterjen 20 va 21 kulisa-ramkadan oladi. Ramka-kulisa mashina korpusiga sharnirsimon bog`langan bo’lib, buralma harakatni karamislo 22 va shatun 15 orqali oladi. Shatun 15 kallagi bosh valga o’rnatilgan eksstentrik 34 ga kiydirilgan. Sterjen 20 kulisali ramka 21 ga nisbatan holati tortgich 19 va richag 17 yordamida sozlanadi. Richag holati esa prujina 16 va gayka 18 orqali fiksastiyalanadi. Bahya qadami sterjen 20 va zveno 23 ni bog`laydigan sharnir o’qi va kulisa ramka 21 o’qlari orasidagi masofaga bog`liq bo’ladi. Agar bu o’q kulisa ramka buralish o’qidan yuqorida joylashgan bo’lsa, u holda material ortga suriladi.
Reykaning tushishi va ko’tarilishi ko’tarish vali koromislosi 25 yordamida ta’minlanadi, xususiyati shundaki, materialni surish mexanizmining ko’tarish va surish vallari konussimon markazlashgan tayanchlarga o’rnatilgan.
Ish usullari. 51-rasmda 8332/3755 tikuv mashinasi tasvirlangan. Bu mashinaning ikkita pedali bo’lib, maxsus ish stoliga o’rnatilgan pedal 4 mashina asosiy valining aylanish chastotasini rostlashga, pedal 2 esa tepkini oyoq bilan ko’tarishga xizmat qiladi. Ishlash qulay bo’lishi uchun ikkala pedalning balandligi ham ularni shtanga 1 bilan birgalikda vertikal surib rostlanadi. Buning uchun yig`ma tortqining boltlari 21 bo’shatiladi; boltlar 5, 20 bilan ularning o’qlarini ish stoli tayanchlari 22 dagi tegishli teshiklar ichiga suriladi. Tikishni boshlashdan oldin mashinaning ishga tushirish tugmachasi 6 bosiladi, bunda yoritgich 7, elektr taqsimlash qurilmasi paneli 12 dagi yoritgich 11 yonadi, bu elektr avtomatikasi elementlari ishga tayyorligidan dalolat beradi. Ajratgich 13 ni o’ngga surilsa, elektr yuritgich ulanib, salt rejimda ishlay boshlaydi. Agar tugmacha 14 ni bosilsa, boshqarish pedali ma’lum holatga kelganida igna eng yuqori holatda to’xtaydi, lekin ip qirqilmaydi. Ajratgichlar 15, 16, 17 ni yuqoriga burilsa, tepkini vertikal surish avtomatik sistemasi, avtomatik boshqarish sistemasi, ipni elektromexanik qirqish sistemasi ishga tushadi. Eleitlarning qarshiligi o’zgarishi bilan bog`liq bo’lgan ajratgichlar 18, 19 ni burash kerak emas.
51-rasm. 8332/3755 mashinasi ish stoli bilan.
Rostlashlar. Ostki ip tarangligi vint 4 (49-rasmga qarang) yordamida rostlanadi. Ustki ip tarangligini, tepkining materialga bosimini va tepkining balandligini o’rnatilgan vintlar yordamida rostlanadi. Bahya yirikligi richaglar 8 (51-rasmga qarang), 10 ning gaykalarini bo’shatgandan keyin, ularni burib
rostlanadi. Richaglar yuqoriga burilsa, bahya yiriklashadi, bunda richag 8 burilganda ustki reyka bahyasining yirikligi o’zgaradi, richag 10 burilganda esa ostki reyka bahyasining yirikligi o’zgaradi. Bahyaqatorni puxtalash dasta 9 ni soat mili harakati yo’nalishida burib bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |