Strategik rejalashtirish xo`jalik yuritishning bozor tizimidagina vujudga kelib, 10-15
yillik davrni o`z ichiga oladi. U korxona rahbariyatining mas`uliyatli vazifasi hisoblanadi hamda
rivojlanishning ustuvor yo`nalishlarini topish va bozorda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan talabni
inobatga olgan holda resurs bilan ta`minlashga qaratilgan.
Strategik rejalashtirish asosida yaqin 3-5 yilga mo`ljallangan uzoq muddatli
rejalashtirish amalga oshiriladi. U korxona faoliyatining ishlab chiqarish, sotish, xarajatlar,
moliya kabi turlarini o`z ichiga oladi hamda o`z mazmuni va maqsadli vazifalariga ko`ra,
strategik rejalashtirishdan farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |