keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash
6
bo`yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham
zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ob`yektlarning katta qismini hamda moddiy va ma`naviy
ne`matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va jarayonlarini o`z ichiga oladi. Agar
«Iqtisodiyot» fanining me`yoriy jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy siyosatini
ta`minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi hamda uning
rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi.
Shu tariqa «Iqtisodiyot» fani izlanish va uslubiy vazifalarni bajaradi hamda jamiyat
hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos
bo`lib xizmat qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida iqtisodiyot fani jamiyatda bevosita
ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va prognozlar
«Iqtisodiyot» fanining muhim tarkibiy qismi sifatida xo`jalik tavakkalchiligini kamaytirishga,
ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, shuningdek, yangi texnika va
texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to`g’ri tanlov olib borishga imkon yaratadi.
«Iqtisodiyot» fani tarkibiga tarmoqlar (sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport va
hokazo), funksional («Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi», «Iqtisodiy statistika», «Moliya va
kredit», «Bahoni shakllantirish» va hokazo) kabi turli fan («Iqtisodiy geografiya»,
«Demografiya», «Iqtisodiyot tarixi» va boshqalar) tarmoqlari tizimi kiradi. «Iqtisodiyot»
fanining bu va boshqa yo`nalishlarida chuqur bilimga ega bo`lish insonlarning ijtimoiy faolligini
oshirish, oqilona xo`jalik yuritish, kadrlarni yangi iqtisodiy fikrlash ruhida tarbiyalashga katta
turtki bo`ladi.
«Iqtisodiyot» fanining, jumladan, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarning metodologik
asosi, ularning poydevori bo`lib iqtisodiy nazariya xizmat qiladi. U real voqelik bilan bog’liq
bo`lish barobarida davlatning iqtisodiy siyosatini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini,
shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin bo`lgan yo`llarni mos keluvchi
bosqichlarida aks ettiradi. Bu maqsadda «Iqtisodiyot» fani statistik kuzatuv, gipotezalarni ilgari
surish va tekshirish, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, iqtisodiy jarayonlarni
modellashtirish, tajriba (eksperiment)lar o`tkazish kabi bir qator voqelikni anglash usul va
uslublarini ishlab chiqqan va ulardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanadi. Aytish joizki, bu
usullar nafaqat iqtisodiy, balki predmeti va tavsifiga ko`ra, tabiiy va boshqa turdagi fanlarda ham
qo`llanishi mumkin.
Iqtisodiyot bozor munosabatlari yo`lida rivojlanayotgan hozirgi kunda e`tiborga molik va
yechimini topmagan muammolar talaygina bo`lib, «Iqtisodiyot» faniga qiziqish ortib bormoqda.
Inson hayoti va faoliyatiga munosib, siyosat va davlat aralashuvidan xoli bo`lgan, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotga yo`naltirilgan iqtisodiyotni barpo etish vazifasi qo`yilmoqda.
P.Samuel’sonning iqtisodiyot bo`yicha darsligida ko`rsatib o`tilishicha, “iqtisodiyot fanini
muntazam ravishda o`rganib bormaydigan odam musiqiy asarga o`zining bahosini bermoqchi
bo`layotgan garang kishiga o`xshaydi”.
Shu bilan birga «Iqtisodiyot» fani barcha hayotiy muhim savollarga tayyor javob
bermaydi, chunki iqtisodiyot ishlab chiqarish, boshqaruv, tartibga solish, bashorat qilish sohasi
sifatida oddiy fan tushunchasidan ko`ra, murakkabroq kategoriyani anglatadi. U faqatgina ilmiy
vosita bo`lib, iqtisodiy voqelikni anglash usuli xizmatini o`taydi. Iqtisodiyot iqtisodiy fanning
o`ziga xos sinov maydoni, asosidir. Iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini
ilmiy jihatdan o`rganish, «Iqtisodiyot» fani va uning alohida tarmoqlarining muhim vazifasi
hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi real iqtisodiyot mavjud emas. Moddiy ishlab
chiqarish iqtisodiyot rivojlanishining asosi, xo`jalik faoliyatining boshlang’ich nuqtasi bo`lib
kelgan va shundayligicha qoladi. Shu sababli iqtisodiyotning turli darajadagi - korxona, tarmoq
va butun davlat miqyosidagi holati moddiy ishlab chiqarishning yutuqlari, jumladan, moddiy
ishlab chiqarishning keng ma`noda iste`molga, yoki bugungi til bilan aytganda bozor talabiga
mos kelishi bilan tavsiflanadi va oldindan belgilab beriladi.
“Iqtisodiyot doimo moddiydir” iborasi insonning hayotiy ehtiyojlari, ya`ni uy-joy, oziq-
ovqat, kiyim-kechak, avtomobil’ va hokazolarga bo`lgan ehtiyojlaridan tashqari, iqtisodiyotning
aholi va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mahsulot(tovar) tayyorlanuvchi moddiy ishlab
chiqarish sohasi bilan aloqasini ham aks ettiradi. Aynan moddiy ishlab chiqarish sohasi (sanoat,
qishloq xo`jaligi, qurilish, transport va hokazo) aholining asosiy qismini ish bilan ta`minlaydi.
Mehnat bilan bandlik ko`rsatkichi iqtisodiyot holatining o`ziga xos “barometri” vazifasini
bajaradi: aholining mehnat bilan bandligi qanchalik yuqori bo`lsa, ishsizlik sur`ati shunchalik
past bo`ladi va aksincha.
Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish va iqtisodiyotning uzluksiz
7
rivojlanishida komp’yuterlashtirish va avtomatlashtirish, internet tarmog’iga kirishni ilgari
surmoqda. Bu esa boshqaruv tizimining eng muhim bo`g’inlaridan tashqari, ishchi kuchining
sifatini oshirish vositasi hamda ishlab chiqarish jarayonini muvaffaqiyatli tashkillashtirish uchun
turtki bo`lib xizmat qiladi.
Biroq moddiy ishlab chiqarishning etakchilik rolini inkor qilmagan holda, iqtisodiyotning
rivojlanishiga ishlab chiqarish infratuzilma (transport, aloqa, energetika va axborot xizmati) va
ijtimoiy infratuzilma (maorif, sog’liqni saqlash, umumiy ovqatlanish, uy-joy-kommunal xizmati
va boshqalar)ning rolini ham ko`rsatib o`tishimiz darkor. Bu sohalarda ham aholining katta qismi
mehnat bilan band bo`lib, ularning mehnati moddiy ishlab chiqarish xodimlari mehnatidan kam
foyda keltirmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, iqtisodiyot - ilmiy
kategoriyaga qaraganda ishlab chiqarish kategoriyasiga yaqinroq bo`lib, fan-texnika taraqqiyoti,
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining o`zaro samarali aloqalari, reurslardan oqilona
foydalanish va ratsional boshqaruv tufayli faoliyat ko`rsatmoqda va rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiyot doimo dinamik bo`lib, sifat va miqdor o`zgarishlariga duchor bo`ladi. Ba`zi
hollarda salbiy holatlar (masalan, qishloq xo`jaligida qurg’oqchilik, qoramollar o`limi; urush,
terrorizm va hokazo) yuzaga kelsa ham, iqtisodiyotda ijobiy siljishlarga erishish mumkin. Fan-
texnika taraqqiyoti, malakali kadrlar, xo`jalik mexanizmi va undan oqilona foydalanish,
izlanish, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, rag’batlantirish - bularning barchasi iqtisodiyotda ijobiy
siljishlarga erishish uchun xizmat qiladi.
Bozor munosabatlariga asoslanilgan hozirgi davrda iqtisodiyotni ko`tarish uchun bu va
boshqa imkoniyatlar avvallardagidek faqatgina davlatning qo`lida mujassamlangan emas, balki
iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo`g’inini tashkil qiluvchi xo`jalik yurituvchi sub`yektlar
- korxona, firma, kombinat va boshqa ishlab chiqarish tuzilmasi vakillariga ham katta
imkoniyatlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: