Xodimlarni moddiy va ma`naviy rag’batlantirish tamoyili mehnat unumdorligini
oshirishda muhim turtki hisoblanadi va boshqaruv tizimining samaradorligini aks ettiradi.
Xodimlarning sadoqati va qo`llab-quvvatlashiga erishish maqsadida ular o`z xizmatlari uchun,
ishchilar esa bajarilgan ishning sifati va miqdori uchun adolatli tarzda haq olishlari zarur.
Bundan tashqari, ma`naviy rag’batlantirish moddiy rag’batlantirishdan kam ahamiyatga ega
emas. Rahbarning iqtidori, xodim (xodimlar, ishchilar)ning tashabbus va yutuqlarini o`z vaqtida
ilg’ab olib, munosib baholash hamda ularni ham moddiy ham ma`naviy rag’batlantirish tizimini
mohirona qo`llashida ko`zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |