Buxoro oziq ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti


qaerda,  kimga  sotish,  nimani,  qancha,  qanday  qilib



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/149
Sana21.07.2021
Hajmi1,6 Mb.
#124695
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   149
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

qaerda,  kimga  sotish,  nimani,  qancha,  qanday  qilib  ishlab  chiqarish  lozim,  degan  savolga 

javob berish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shu  va  shunga  o`xshash  savollarga  javob  topishni  amaliyotda  xato  va  sinovlar  usuli 

asosida  amalga oshirish,  hozirgi paytda nafaqat korxona uchun,  balki  butun  jamiyat uchun  ham 

qimmatga  tushishi  mumkin.  Bunda  korxonalarning  bankrotga  uchrashi  va  tugatilishi, 

iqtisodiyotning  ayrim  soha  va  tarmoqlarida  ishlab  chiqarish  va  mehnat  faolligining  pasayishi, 

mehnat  samaradorligi  sur`atining  pastligi  va  hokazolar  guvohlik  berishi  mumkin.  Xuddi  shu 

qatorga  to`lovlarning  amalga  oshirilmasligi,  muddati  o`tib  ketgan  qarzlar  va  korxonalar 

faoliyatidagi  boshqa  iqtisodiy kamchiliklarni  ham kiritish  mumkin.  Bularning  barchasiga asosiy 

sabab esa o`rta va quyi bo`g’indagi rahbarlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha xo`jalik 

yuritish tizimi shakl va usullarini bilmasliklaridir. 

Afsuski,  korxonalar  iqtisodiy  bo`limlarining  faoliyati  ham  nuqsonlardan  forig’  emas. 

Kuzatuvlar shuni ko`rsatadiki, iqtisodiy bo`limlar o`z mavqeini barcha korxonalarda ham saqlab 

qolmagan  bo`lib,  zarur  bo`lgan  marketing  tadqiqotlarini  doim  ham  va  to`liq  holda  amalga 

oshirmaydilar,  zamonaviy  biznes  strategiyasini  yaxshi  tushunavermaydilar.  Iqtisodchilarning 

ba`zi  bir  qismi  iqtisodiyot  “shturmanlari”  vazifasini  bajara  olmaydilar,  tashabbuskorlik  va 

novatorlik g’oyalari o`rniga eskichasiga “yuqoridan” buyruq yoki ko`rsatma kutadilar, o`tmishda 

korxonalarning  iqtisodiy  barqarorligini  ta`minlashda  o`z  o`rniga  ega  bo`lgan  va  hozirgi  bozor 

munosabatlari davrida ham inkor qilinmaydigan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni (zarur hollarda 

boshqa kategoriyadagi mutaxassislarning ishtirokida) samarali tarzda ishlab chiqmaydilar. 

Bugungi  kunda  aksari  korxonalar  aksiyadorlik  jamiyatlari,  xolding  va  moliya-sanoat 

guruhlari  tuzish  yo`lidan  bormoqda.  Davlat  korxonalarning  tashabbuskorligi,  ijodiy  izlanish  va 

tadbirkorligi  uchun  keng  yo`l  ochib,  ularning  ishlab  chiqarish  vazifalarini  rejali  iqtisodiyot 

davridagi kabi nazorat, limit va qattiq me`yorlar bilan cheklab qo`yayotgani yo`q. Ya`ni qonunda 

taqiqlab  qo`yilgan  hollardan  tashqari  barcha  holatlarda  mustaqil  xo`jalik  faoliyati  va  erkinligi 

zamonaviy  korxonalar  faoliyatining  eng  asosiy  xususiyati  bo`lib,  mazkur  o`quv  qo`llanmada 

ko`rib chiqiladigan barcha masalalar ushbu asosda yuzaga kelgan. 

Biroq bozor iqtisodiyoti avtomatik ravishda muvaffaqiyat va to`kinlikni ta`minlab beradi, 

davlat esa barcha korxonalar faoliyatiga umuman aralashmaydi, deb o`ylash mutlaqo xato bo`lar 

edi. Davlat iqtisodiyotning asosiy islohotchisi bo`lib kelgan va hozir ham shundayligicha qoladi. 

Davlat  o`z  zimmasidan  ma`muriy-buyruqbozlik  vazifalarinigina  soqit  qilib,  maxsus  iqtisodiy 

ta`sir  choralari  yordamida  iqtisodiyotni  nazorat  qilish  va  boshqaruv  vazifalarini,  shuningdek, 

iqtisodiyotning  xo`jalik yurituvchi sub`yektlarning to`g’ridan-to`g’ri  majburiyatiga kirmaydigan 

hamda ularning qo`lidan kelmaydigan sohalarini rivojlanitirishdagi ishtirokini saqlab qolgan. 

Ma`lumki,  iqtisodiyot  jamiyat  holatini,  ishlab  chiqarish  kuchlaridan  foydalanish  va 

ularning  rivojlanish  darajasini,  fan-texnika  taraqqiyoti  yutuqlaridan  foydalanishni,  odamlarning 

madaniyati va ma`lumoti darajasi va hokazolarni aks ettiradi. Korxona iqtisodiyoti, bilimlarning 

mustaqil  sohasi  va  iqtisodiyot  fanining  tarkibiy  qismi  sifatida  masalaning  aynan  shu  tomoniga 

ko`proq  e`tibor  qaratadi.  Jamiyat  uchun  zarur  bo`lgan  moddiy  boyliklardan  tashqari  milliy 

daromadning  ham  asosiy  qismi  aynan  korxonalarda  ishlab  chiqarilishi  sababli  korxonalar 

iqtisodiyotining holati butun xalq xo`jaligiga to`g’ridan-to`g’ri ta`sir ko`rsatadi, deb hisoblanadi. 

Korxona qaysi tarmoqqa  mansubligi  va mulk shaklidan qat`inazar qanchalik yaxshi va  samarali 

ishlasa, iqtisodiyot ko`rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi shunchalik yuqori bo`ladi. 

Bunday  sharoitlarda  xo`jalik  amaliyoti  va  fan  oldiga  birinchi  o`rinda  har  bir  korxona, 

to`g’rirog’i, ishlab chiqarishda qatnashuvchi butun jamoaning bozor munosabatlariga asoslangan 

hozirgi  iqtisodiyotning  rivojlanish  tendentsiyalari  va  qonunlarini,  avvalo,  uning  asosiy 

ko`rsatkichlari - talab va taklif tushunchalarini bilishi  va to`g’ri tushunishi, ikkinchidan, milliy 

iqtisodiyotning  rivojlanishi  va  mamlakatni  rivojlangan  davlatlar  qatoriga  qo`shilishida  o`z 

hissasini  qo`shishi,  uchinchidan  esa,  ishlab  chiqarishning  har  bir  bo`g’inida  yuqori  samara  va 

sifat ko`rsatkichlariga erishish masalasi qo`yiladi. 




 

Iqtisodiyotning  rivojlanishiga  kerakli  bilim  va  ko`nikmalarni,  mablag’  va  kuchlarni 



kiritmasdan  turib  korxona  ham,  jamiyat  ham  rivojlangan  iqtisodiyotni  hamda  moddiy 

ne`matlarning to`kinligi va turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi. 

Hozirgi  kunda  bozor  iqtisodiyoti  ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi  va 

korxonalarning  mustaqil  faoliyat  ko`rsatishlariga  keng  imkoniyatlar  ochib  berish  bilan  birga 

kadrlarga,  ularning  bilimlari,  ko`nikmalari  va  malakalariga  katta  talablar  qo`ymoqda.  Bir 

tomondan  fan-texnika  taraqqiyoti,  ikkinchi  tomondan  esa  bozor  munosabatlari  va 

raqobatchilikning  rivojlanib  borish  sharoitlarida  mehnat  bozorida  faqatgina  zamonaviy 

korxonalar iqtisodiyotini yaxshi biluvchi, uning balansini to`g’ri tushunuvchi,  biznes-reja  ishlab 

chiqarishga qodir, investitsion va boshqa xo`jalik faoliyati bilan bog’liq bo`lgan qarorlarni qabul 

qilishni to`g’ri amalga oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin. 

Mashhur iborada aytilishicha “daraxtlarning ortida o`rmonni ko`ra olish zarur.” Malakali 

mutaxassis  korxona  iqtisodiyotini  yaxshi  bilishdan  tashqari  amaliyotda  tez-tez  uchrab  turuvchi 

nima  yoki  qaysi  variant  yaxshiroq?  qanday  yo`l  bilan  daromadni  oshirish  va  rentabellikni 

ko`tarish  mumkin?  Korxonaning  ishchi  kuchiga  ehtiyoji  qancha  va  ularga  qanday  haq  to`lash 

kerak? Ishlab chiqariluvchi  mahsulot yoki tovarga bo`lgan talabni qay tarzda oshirish  mumkin? 

Korxona  kredit  olishi  kerakmi,  agar  olsa  qanday  shartlar  bilan  olish  mumkin?  Kabi  savollarga 

o`z  vaqtida  va  to`g’ri  javob  bera  olishi  lozim.  Boshqacha  qilib  aytganda,  gap  nazariy 

bilimlarning  amaliy  tajriba  va  ko`nikmalar  bilan  uyg’unlashuvi,  yosh  mutaxassisning  turli 

xo`jalik  sharoitlarida  tez,  to`g’ri  va  aniq  qaror  qabul  qilishi  haqida  bormoqda.  Faqat  shu 

qobiliyatlarga  ega  bo`lgan  mutaxassisgina  tezda  jamiyatda  o`z  o`rnini  topib,  xizmat 

pillapoyasida olg’a qadam tashlashi va yuqori lavozimlar sari harakatini boshlashi mumkin. 


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish