Konsepsiyada tanlangan tovar bozoridagi ahvol; korxonaning tanlangan biznes
sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlari; boshqa bozorga chiqish imkoniyatlari; bozorga ta`sir
o`tkazuvchi qonunchilik, siyosat, demografik holat kabi omillar aks ettiriladi. Bundan tashqari
konsepsiya bahoning o`zgarishi, inflyatsiyaning o`sishi, kapital olib chiqish yoki mahsulot olib
kirishni cheklovchi qonun hujjatlarini qabul qilinishi kabi sharoitlarda, mahsulotni sotishni
ko`paytirish uchun zarur bo`lgan chora-tadbirlarni ham o`z ichiga oladi. Ushbu bo`lim tanlangan
biznes yo`nalishi maqsadlari va niyatlarining shakllanishi bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |