Buxoro oziq ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/149
Sana21.07.2021
Hajmi1,6 Mb.
#124695
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Ishonchlilik – axborotlarni o`z vaqtida olish va boshqaruv qarorlarini bajaruvchilarga va 

bajarish  joylariga  o`z  vaqtida  yetkazishni  ta`minlaydi.  Ishonchlilik  va  tezkorlik  joriy  va 

istiqboldagi boshqaruv tizimining samaradorligida muhim turtki hisoblanadi. 

Tejamkorlik – asosan boshqaruv tizimida maksimal samaraga erishgan holda boshqaruv 

apparati  va uning  xarajatlarini kamaytirishga, ya`ni  ishlab chiqarish samaradorligining o`sishiga 

erishishdir. 

Aytib  o`tish  kerakki,  korxona  jamoasi  va  ishlab  chiqarishni  boshqarishni 

takomillashtirish sohasida barcha uchun bir xil yo`l mavjud emas. 

Mazkur  vazifa  muayyan  sharoit,  holat  va  imkoniyatlardan  kelib  chiqqan  holda  yuzaga 

keladi  va  hal qilinadi. Biroq bunda  ham o`zgarmas bir qoida  mavjud bo`lib, unga ko`ra, har  bir 

o`zgartirish, yaxshilanish va shakl o`zgartirishlar avvaldan o`ylab chiqilishi hamda ilmiy jihatdan 

asoslab  berilishi  zarur. Masalan, hozirgi paytda korxonalarni  boshqarishni takomillashtirishning 

muhim  yo`nalishlaridan  biri  sifatida  avtomatlashtirilgan  boshqaruv  tizimini  (ABT)  yaratish  va 

amaliyotga  kiritish  hamda  ish  vaqt  yo`qotilishining  oldini  olish,  uskunalarning  bekor  turib 

qolishini  qisqartirish,  mehnat  va  moddiy  resurslardan  oqilona  foydalanishga  ko`maklashuvchi 

komp’yuter texnikasidan foydalanishni ko`rsatish mumkin. 

Amaliyotdan  shu  narsa  ma`lumki,  korxonalarni  boshqarishning  sexsiz  tuzilmasi  yuqori 

darajada  samarali  bo`lib,  boshqaruvni  markazlashtirishni  qisqartirish  hamda  kichik  va  o`rta 

korxonalarning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishdagi  ahamiyatini  oshirishda  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

Boshqaruv  tizimini  takomillashtirishning  muhim  yo`nalishlaridan  biri  -  korxonaning 

funksional xizmatlari va bo`limlari faoliyatini ortiqcha tuzilmaviy bo`linmalarni tugatish, xizmat 

ko`rsatuvchi bo`limlarni optimallashtirish, birlamchi hisobga olish hamda hisob-kitob va boshqa 

boshqaruv amallarini soddalashtirish yo`li orqali muvofiqlashtirishdir. 

Bu erda ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning ko`plab vazifalarini avtomatlashtirish va 

mexanizatsiyalashtirish  imkonini  beruvchi,  boshqaruvning  yangi  texnikasidan,  ishlab  chiqarish 

ko`rsatkichlari  yuqori  bo`lgan  turli  xil  hisob-kitob  va  tahlil  vositalaridan  foydalanish  katta 

ahamiyatga ega. 

Boshqaruv  tizimini  takomillashtirishda  texnik  vositalar,  boshqaruv  jarayonlarini 

mexanizatsiyalashtirish,  jumladan,  ABT  asosidagi  faoliyat,  boshqaruv  tadqiqotlari  va  loyihalari 

o`z-o`zidan  yoki  avtomatik  ravishda  kerakli  natijalarga  olib  kelmaydi.  Bu  erda  ko`p  narsa 

insonlarning,  ayniqsa,  menedjerlarning  faoliyatiga  bog’liq  bo`ladi.  SHu  sababli  ijtimoiy 

omillarning  rivojlanishi,  ishlab  chiqarish  jamoasining  ishlab  chiqarishni  boshqarishdagi  roli 

kuchayishi,  ayniqsa,  korxonalarga  boshqarishning  ratsional  shakllarini  tanlashga  keng 

imkoniyatlar  yaratib  berilgan  hozirgi paytda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillikni kengaytirish 

va  ishlab  chiqarish  jamoasining  ishlab  chiqarishni  boshqarishdagi  roli  o`sishi  iqtisodiy 

fikrlashning  kerakli  tomonga  yo`naltirilishiga  xizmat  qiladi  hamda  boshqarishni  yaxshilashni 

korxona rahbaridan tashqari butun jamoaning vazifasi qilib belgilaydi. 

Zamonaviy  texnika  vositalari  va  yangi  usullardan  tashqari  korxonalarni  boshqarishda 

ishlab  chiqarish  jamoalarida  zarur bo`lgan  ijtimoiy-psixologik  muhitni  shakllantirish  ham katta 

ahamiyatga  ega.  Amaliyot  ko`rsatadiki,  ijtimoiy-psixologik  muhit  boshqaruvning  natijalari  va 

amaliyligini yo`qqa chiqarishi yoki aksincha kuchaytirishi mumkin. 

Psixologik muhit nodir va qaytarilmas holatdir. Ikkita bir xil jamoa bo`lmagani kabi, bir-

biriga mos keluvchi psixologik muhitning ham mavjud bo`lishi mumkin emas: jamoadagi har bir 

shaxs  jamoani  boyitadi  va  bir  vaqtda  o`zi  ham  boyib,  unga  nodirlik  va  qaytarilmaslikni  baxsh 

etadi.  Psixologik  muhit  orqali  zarur  bo`lgan  ishlab  chiqarish  ruhiyati  shakllanadi  va 

boshqaruvning maqsadli vazifalari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. 




Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish