Buxoro oziq ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/149
Sana21.07.2021
Hajmi1,6 Mb.
#124695
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   149
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Boshqaruv  vazifalari  ob`yektiv  jihatdan  zarur  va  albatta  qaytariluvchi  xatti-harakatlar 

majmuasi  bo`lib,  mazmuni  va  yo`nalish  maqsadlarining  bir  xilligi  tufayli  birlashib  turadi. 

Boshqaruv  vazifalari  butun  boshqaruv  jarayoni  davomida  uzluksiz  tarzda  amalga  oshiriladi 

hamda  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  va  bajarishning  turli  bosqichlarida  turli  xil  salmoqqa 

ega bo`ladi. 

Amaldagi tasnifga asosan boshqaruvning quyidagi vazifalarini ajratib ko`rsatish mumkin: 



1.Rejalashtirish – ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullab-yashnashi uchun 

ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga erishish. 



2.Istiqbolni  belgilash  (prognozlashtirish)  –  joriy  faoliyatni  samarali  tarzda  olib  borish 

hamda  istiqbolni  ko`ra  olish  va  boshqaruv  tizimini  istiqbolga  moslashtirish.  Rejalashtirishdan 

farqli ravishda bashorat qilish ehtimollik tavsifiga ega bo`ladi. 

3.Tartibga 

solish 

–  ishlab  chiqarishni,  jamoani  boshqarishda  belgilangan 

ko`rsatkichlardan chetga og’ishlarni to`g’rilab borish. 

4.Tashkillashtirish  –  kuch-quvvat  va  vositalarni  ishlab  chiqarish  dasturini  minimal 

xarajatlar  asosida  va  bu  xarajatlarning  yuqori  samaradorligi  orqali  amalga  oshirishga 

yo`naltirish,  amaldagi  tashkilotchilik  tizimini  yangi  yutuqlarga  erishish  va  yangi  vazifalarni 

bajarishga yo`naltirish. 

5.Nazorat  –  joriy  ko`rsatkichlarning  belgilangan  (dasturiy)  vazifa(me`yor)larga  mos 

kelish darajasini aniqlash. 

6.Hisobga  olish  –  korxonaning  ma`lum  bir  vaqt  davomida  bajargan  ishlariga  yakun 

yasash. 


7.Tahlil  –  ma`lumotlarni  yig’ish,  saqlash,  qayta  ishlash  hamda  ulardan  boshqaruvni 

asoslash va boshqa vazifalari uchun foydalanish. 

Shuni  qayd  qilib  o`tish  kerakki,  boshqaruv  vazifalari  o`rtasida  qat`iy  chegara  yo`q. 

Boshqaruv faoliyatining bitta turi boshqaruvning bir nechta vazifalari belgilariga ega bo`lishi va 

ular  o`zaro  chambarchas  bog’lanib  ketishi  mumkin.  Shu  bilan  birga  har  bir  vazifa  o`ziga  xos 

xususiyatlarga  ega  bo`lib,  ularni  bilish  rahbarning  kasbiy  mahorati  shakllanishida  muhim  rol’ 

o`ynaydi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  va  jamiyatning  demokratik  tamoyillari  kuchayishi,  turli 

korxonalarning - yirik, o`rta va kichik korxonalarning, shuningdek, xodimlar soni 20 kishigacha 

bo`lgan  mikrofirmalarning  muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritishi  uchun  zarur  sharoitlarni  yaratib 

bermoqda. 

Amaliyotdan  shu  narsa  ma`lumki,  korxona  turi  boshqaruv  apparatining  shakllanishi  va 

tashkiliy  tuzilmasiga  sezilarli  ravishda  ta`sir  ko`rsatadi.  Masalan,  o`rta  va  ayniqsa,  kichik 

korxonalar  uchun  yirik  korxonalarning  boshqaruv  tuzilmasini  ko`r-ko`rona  ko`chirib  olish 

maqsadga  muvofiq  emas.  Bu  qimmatga  tushishi  va  ko`p  mehnat  talab  qilishidan  tashqari 

ma`nosiz hamdir. Shu sababli o`rta va kichik korxonalarning moslashuvchanligi, harakatchanligi 

va  bozor  kon`yunkturasiga  ta`siri  ularning  tashkiliy  tuzilmasi  soddaroq  va  optimal  tarzdaligi 

bilan  asoslab  beriladi.  Kichik  korxonalarda  asosan  yirik  korxonalarga  xos  bo`lgan  katta 

funksional bo`lim va xizmatlar mavjud bo`lmaydi. 

Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish sharoitlarida aktsionerlik korxonalarini 

(jamiyatlarini)  boshqarishga  katta  qiziqish  uyg’ongan.  Bunday  korxonalarning  jamoalari  ishlab 

chiqarish  va  tashkiliy  tuzilmani  boshqarishda  ishtirok  etadi.  Yakka  boshqaruv  tamoyillariga 

asoslangan davlat korxonalaridan farqli ravishda aktsionerlik korxonalari (jamiyatlari) boshqaruv 

shakli,  usuli  va  tuzilmasini  o`zlari  mustaqil  ravishda  tanlaydilar,  ishlab  chiqarish  faoliyati 

siyosati va shtatlarini belgilaydilar. 

Aksiyadorlik 

korxonalari 

(jamiyatlari)da 

kuzatuv 

kengashi, 

boshqarma 

va 


aktsionerlarning  umumiy  yig’ilishi  boshqaruv  idorasi  vazifasini  bajaradi.  Ularning  faoliyati 

O`zbekiston  Respublikasining  “Aktsionerlik  jamiyatlari  va aksiyadorlar  huquqini  himoya  qilish 

to`g’risida”gi  qonuniga,  shuningdek,  boshqa  huquqiy-me`yoriy  hujjatlarga,  jumladan, 

aksiyadorlik jamiyatining ichki tartib va qoidalariga asosan yuritiladi. 

Aksiyadorlik  korxonasini  boshqarishning  tashkiliy  tuzilmasida  ta`sischilar  tarkibiga 

bog’liq bo`lgan-ta`sischilar kengashi muhim o`rin egallaydi. Masalan, ochiq turdagi aksiyadorlik 




 

30 


korxonalarida  ta`sischining  eng  kam  soni  belgilanmagan,  yopiq  turdagi  aksiyadorlik 

korxonalarida  esa  ta`sislarning  eng  kam  miqdori  uch  kishi  qilib  belgilangan.  Bundan  tashqari 

ularning har biri aksiyador bo`lishi shart. 

Ta`sischilar  aksiyadorlik  korxonalari  (jamiyatlari)ning  rahbarini  tayinlaydilar  hamda  bu 

rahbar  keyinchalik  aksiyadorlar  nomidan  ishlab  chiqarish  va  xo`jalik  faoliyati  bo`yicha  barcha 

xatti-harakatlarni  bajaradi  va  buning  uchun  javobgar  hisoblanadi.  Aksiyadorlik  korxonalari 

(jamiyatlari)ni  boshqarishda  kuzatuvchilar  kengashi  muhim  o`rin  tutadi  hamda  quyidagi 

huquqlarga ega bo`ladi: 

 korxona faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini belgilash; 



aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig’ilishlarini chaqirish; 

aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi kun tartibini tayyorlash; 



umumiy yig’ilishda qatnashish huquqiga ega bo`lgan aksiyadorlar ro`yxatini tuzish; 

korxona (jamiyat) Nizomiga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish masalasini kiritish; 



korxonaninng  Nizom  jamg’armasini  e`lon  qilingan  aksiyalar  turi  va  miqdoriga  ko`ra, 

aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yordamida ko`paytirish; 

obligatsiya va qimmatbaho qog’ozlarni joylashtirish; 



korxona mulkining bozor qiymatini belgilash; 

ijroiya idorasi rahbari (direktor, boshqarma raisi) va a`zolarini tayinlash; 



jamiyat nomidan xodimlarni ishga yollash bo`yicha mehnat shartnomalarini tuzish; 

ijroiya  idorasiga  to`lanuvchi  mukofot,  rag’batlantirish  va  kompensatsiyalar  hajmini 



belgilash; 

jamiyatning zaxira va boshqa jamg’armalaridan foydalanish; 



aksiyadorlik korxonasi (jamiyati)ning sho``ba bo`limlari va vakolatxonalarini ochish; 

jamiyat  Nizomida  belgilangan,  kuzatuv  kengashi  vakolatlari  doirasiga  kiritilgan  boshqa 



masalalarni hal qilish. 

Kuzatuv  kengashi  vakolatlari  doirasiga  kiritilgan  vazifalarni  echish  jamiyatning  ijroiya 

idorasiga  o`tkazilishi  ijroiya  idorasi  a`zolari  kuzatuv  kengashiga  saylanishi  mumkin  emas. 

Kuzatuv  kengashi  asosan  saylov  asosida  tuziladi  hamda  saylov  davomida eng  ko`p ovoz  olgan 

shaxs kengash a`zoligiga nomzod hisoblanadi. 

Jamiyatning moliyaviy va xo`jalik faoliyatini nazorat qilishda taftish hay`ati muhim o`rin 

egallaydi.  Ushbu  xay`at  a`zolari  umumiy  yig’ilish  tomonidan  aksiyadorlar  hamda  korxonaning 

aksiyalarini  sotib  olmagan  boshqa  xodimlar  orasidan  saylanadi.  Xay`at  boshqaruvning 

moliyaviy-xo`jalik faoliyati nazoratini doimiy ravishda yoki umumiy yig’ilish, kuzatuv kengashi, 

korxona  aksiyalarining  10%  dan  ko`prog’iga  birgalikda  egalik  qiluvchi  bir  guruh 

aksiyadorlarning, shuningdek, o`z tashabbusi bilan amalga oshirishi mumkin. Taftish hay`atining 

xulosalari aksiyadorlik  korxonasining  yillik  hisoboti  va  balansini tasdiqlashda  katta ahamiyatga 

ega. 

Ochiq turdagi aksiyadorlik korxonasi (jamiyati)ni  boshqarishning namunaviy tuzilmasini 



4.7. - chizma ko`rinishida aks ettirish mumkin. 

Ishlab  chiqarishni  boshqarish  tizimini  takomillashtirib  borish  mulkchilik  shakli,  faoliyat 

natijasi va yuzaga kelgan tashkiliy tuzilmaning qandayligidan qat`inazar, har bir korxona uchun 

muhim  vazifa  hisoblanadi.  Ushbu  vazifani  muvaffaqiyatli  hal  qilish  korxonalarga,  birinchi 

o`rinda,  boshqaruv  tizimining  samaradorligini  oshirishga,  ikkinchidan,  xarajatlarni  kamaytirish 

va ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy ko`rsatkichlarini yaxshilashga imkon yaratadi. 

Bugungi kunda boshqaruv tizimini mukammallashtirish sohasida quyidagi tendentsiyalar 

yuzaga  kelmoqda:  boshqaruv  faoliyatining  maqsadli  tavsifini  kuchaytirish;  boshqaruvning 

moslashuvchan  tuzilmalarini  yaratish  va  boshqaruv  apparatining  faoliyatini  yaxshilash, 

jumladan, ortiqcha boshqaruv bo`g’inlarini qisqartirish hisobiga; ishlab chiqarishni boshqarishda 

jamoalar  rolining  o`sishi  va  ularning  yuqori  natijalarga  erishishga  yo`naltiriliganligi;  mehnat 

faoliyati  ijtimoiy  sharoitlarining  yaxshilanishi.  Bu  tendentsiyalarga  asosan  korxonalarning 

boshqaruv  idoralari  tuzilmalarini  takomillashtirish  yo`nalishlari  ham  aniqlanib,  ularga  avvalo 

sifat ko`rsatkichlari asos qilib olingan. Bu ko`rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 




Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish