Tashabbuskorlik va korporativ ruhiyat boshqaruvning muhim tamoyili bo`lish bilan
birga, korxonaning bozor tizimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga turtki hamdir. Umuman
olganda,
boshqaruv
tashabbuskorliksiz,
istiqbolni
ko`rmasdan,
ijodiy
yondashuvsiz
muvaffaqiyatlarga erishishi amrimaholdir. Boshqaruv ijodiy negizni, tashabbuskorlikni
korporativlik bilan bog’lagan holda boyitadi.
Agar korporativ ruhiyat ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi jamoa uyg’unligining
natijasi, ittifoqi bo`lsa, tashabbuskorlik faol harakatlarni anglatib, korxona jamoasiga va har bir
xodimga ishlab chiqarishni rivojlantirishning turli xil dasturlarini ishlab chiqish va amalga
oshirishda qo`shimcha kuch-quvvat baxsh etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |