Tizimlilik va majmuaviylilik tamoyili ilmiylik tamoyilining davomi bo`lish bilan birga,
o`zining mustaqil ahamiyatiga ham ega. U boshqarilayotgan tizimning vertikal va gorizontal
yo`nalishlari bo`yicha barcha xususiyatlarini qamrab olishni ko`zda tutadi. Tizimlilik va
majmuaviylilik tamoyili boshqaruv usullarining tarqoqlikdagi tamoyillariga hamda bir daqiqalik
foyda va ehtiros tufayli yuzaga keluvchi qarorlarga qarshi qo`yiladi. U ishlab chiqarishning bir
maromda amalga oshirilishini ta`minlashga xizmat qiladi, ishlab chiqarish uchun qulay sharoit
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |