xo‘jalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan chet ellik yuridik shaxs, xo‘jalik boshqaruvi organi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor.
5-modda. Shaxslar guruhi
Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan shaxslar yig‘indisi shaxslar guruhi deb e’tirof etilib, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir nechta shart bajariladi:
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek o‘zga shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga egalik qiladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu yuridik shaxslardagi ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga ega bo‘ladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir yuridik shaxs ushbu yuridik shaxslarda o‘zining ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga ega bo‘ladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari kiradi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv kengashi son tarkibining ellik foizidan ortig‘ini ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tashkil etadi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonun hujjatlariga yoki ushbu yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs yoki ayni bir yuridik shaxs qonun hujjatlariga va ushbu yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ularga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi.
Ushbu Qonunda shaxslar guruhiga tovar yoki moliya bozorining yagona subyekti sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |