4. Yanada yuqoriroq xarajatlar. Mustahkam o’rinlarni egallab turgan kompaniyalar, potenstial raqobatdoshlarning salohiyati va ishlab chiqarish miqyoslaridan qat’iy nazar, xarajatlar bo’yicha ular oldida ustunlikka ega bo’lishlari mumkin.
5. Taqsimot kanallariga ega bo’lish. Yangi raqobatdoshlar, o’z tovar yoki xizmatlarini taqsimlashning ishonchli kanallariga ega bo’lishni oldindan o’ylab qo’yishlari lozim. Misol uchun, yangi oziq - ovqat mahsulotlarining pastroq narxi, tovarni o’tkazish siyosati, sotuvlar hajmini oshirish bo’yicha hatti – harakatlar va boshqa usullar evaziga mavjud oziq - ovqat mahsulotlarini siqib chiqarishlari mumkin. Ulgurji va chakana savdo kanallari qanchalik cheklangan, va mavjud raqobatdoshlarning u erdagi o’rni qanchalik mustahkam bo’lsa, tarmoqqa kirish shunchalik qiyin kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |