Buxoro muhandislik texnologiya



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/198
Sana18.01.2022
Hajmi2,81 Mb.
#386932
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   198
Bog'liq
2 5435907491118452427

 
 
MA’RUZA №16 
                  Global isish muammosi (sohaning ekologik muammolari) 
16.1. Global isish muammosining dolzarbligi 
16.2. Avtomobillarning atmosfera havosini ifloslantirishi 
16.3. Qattiq chiqindilardan atrof muhitni himoya qilish 
 
A d a b i y o t l a r 
1. 
Abdullaev O., Toshmatov 3. O’zbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan, 
   
1992. 
2. 
Rafiqov A.A Geoekologik muammolar. T. O'qituvchi, 1997, 112 b. 
3. 
Otaboev Sh., Nabiev M, Inson va biosfera. T. O'qituvchi, 1995, 320 b. 
4. 
To'xtaev A.S. Ekologiya. T. O'qituvchi, 1988, 192 b. 
5. 
Shodimetov Yu. Ijtmoiy ekologiyaga kirish. T. O'qituvchi, 1994. 
 
Hozirda  ko’plab  global  muommolar  hosil  bo’lmoqda.  Ulardan  biri  havoning 
ifloslanishi,  orolning  qurishi  bo’lsa,  boshqa  biri  havoning  isib  ketishi,  ozon  qatlamining 
yemirilishidir. Havo bir necha gazlardan tashkil topgan. Lekin zavodlardan chiqayotgan zaharli 
gazlar  ham  osmonga  chiqadi  va  biz  bu  havodan  nafas  olamiz  havodagi  CO2  organizmimizga 
kirib  nafas  olishimizni  qiyinlashtiradi.  Ozon  qatlami  nega  yemirilmoqda?  Buning  oldini  olish 
uchun  nimalar  qilinmoqda?  Degan  savol  har  bitta  odamni  qiziqtirsa  kerak.  Olimlar,harbiylar 


94 
sun’iy  yo’ldoshlarni  to’xtovsiz  kosmosga  uchirishda  davom  etishyapti,  lekin  ozon  qatlami 
to’g’risida unutib qo’yishyapti. Axir ultra binafsha nurlar kosmosdan bemalol kirib kelmoqda!. 
Orolning  qurishi  juda  ko’p  noyob  jonzodlar,  o’simliklarni  yo’qolib  ketishiga  sabab 
bo’ldi.Xo’sh orol  nega quridi?  Orol  dengizi  tiktonik  yo’l  bilan paydo bo’lganligi  uchun  yana 
tiktonik  yo’l  bilan  qurib  ketadi.  Orol  bo’yi  aholisi,  tuz  miqdori  ko’payishi  natijasida 
kasallangan .Bugungi kunda havoni isib ketishi to’g’risida ko’p tortishuvlar bo’lmoqda. Global 
isishga odamzot ta’sir o’tkaza oladimi? degan savolga AQSh lik olim shunday javob beradi: “ 
Odam  hech  qachon  tabiatga  to’sqinlik  qila  olmaydi  va  tabiat  ofatlarini  oldini  ololmaydi, 
faqatgina unga qarshi ish ko’radi. Lekin odam issiqlikga ta’sir ko’rsatadi”.  
Global isish tabiatdan bo’ladigan hodisa hisoblanadi. U quyosh qobig’idagi qora dog’lar 
ya’ni magnit maydonchalari (ular quyosh aktivligidan hosil bo’ladi) ko’payishi natijasida hosil 
bo’ladi.  Quyoshda  qancha  qora  dog’lar  ko’p  bo’lsa,  issiqlik  ham  oshadi!  buni  1893-yilda 
Edvard Munder aniqlagan. Ilgari quyoshda bunday dog’larni ko’rishmagan, o’sha paytda iqlim 
sovuq bo’lgan , demak issiqlik o’sib  bormoqda  va  yana pasayish ehtimoli  bor.  Lekin  boshqa 
olimlar  esa  buning  sababi  odamlar  deb  ta’kidlashmoqda.  Ularning  fikricha  odamlar  yaratgan 
mashina,  zavodlardan  chiqadigan  gaz  CO2  ozon  qatlamini  yemirib,  quyoshning  issiqligini 
yerga  ko’proq  kelishininig  sababi  bo’lar  ekan  va  aynan  CO2  issiqlikning  sababi  deb  fikr 
yuritishgan  AQSH  nig  bir  ekologik  tashkiloti.  Bu  tashkilot  a’zolarini  so’rab  surishtirish 
natijasida  bu  tashkilot  vakillari  ekologiya  sohasiga  hech  qanday  aloqasi  yo’qligi  va  ular 
butunlay  siyosat  odamlari  ekanliklari  aniqlangan.  Ular  AES  larni  ishga  tushirish  maqsadida 
issiqlikning  o’sishini  bahona  qilib  odamlardan  pul  undirishadi.  Odamlarning  ongiga  CO2 
issiqlik  o’sishining  sababi  deya  singdirishadi.”Biz  bunga  qarshi  ishlar  qilamiz”  deb  avrab 
pullarini  laborotoriyalar  qurishga  sarf  qilishadi  va  ularga  AES  larning  zarari  yo’q,  aksincha 
foyda deya ularga o’qtirishadi. Olimlar bu tashkilotni nohaq ekanliklarini isbotlash maqsadida 
ko’p dalillar topishdi. Ular grafik tuzib temperaturaga CO2 ta’sir qilmasligiga amin bo’lishdi. 
Yana  boshqa  olimlarning  statistikasiga  ko’ra  issiqlikga  zavod,mashinalar  ta’sir  qilmasligini 
ham  aniqlashdi.  1920-yildan  1940-yilgacha  harorat  ko’tarilib,  1940-yildan,  sanoat  rivojlanib, 
mashinasozlik aynan kuchaygan vaqtda issiqlik keskin pasaygan to 1960-yilgacha pasayib yana 
1961-  yildan birdaniga ko’tarilib  ketadi.  Bundan  bilish  mumkinki har  qanday  mashina, zavod 
ham  havoni  isita  olmaydi.”Okeanda,  eng  katta  kema  ham  hech  narsa  emas”degani  kabi 
Osmonni,  kichkinagina  zavodlar,mashinalar  buza  olmaydi.Bu  degani  havoni  ifloslantirish 
mumkin  degani  emas.  Bu  mavzu  teleekran,radio  uchun  tugalmas  mavzu  hisoblanadi.  Glabal 
isish  bahonasida  ko’plab  savdo  firmalari  foyda  ko’rmoqda  masalan:  inson  issiqdan 
himoyalanish  uchun  dezadarant,  krem,  muzlatkichlar  xarid  qilishadi  oqibatda  bu  narsalarga 
talab  oshishi  bilan  birga  ozon  qatlamni  yemiruvchi  qurol  ham  ko’payadi  va  savdogarlar  pul 
ishlashadi.  Issiqlikning  yana  bir  sababi  ozon  qatlami  yemirilishidan  deb  o’ylayman,  chunki 
dezadarant, muzlatkichlardan ayniqsa chiqadigan “Freon” gazlari yomon ta’sir o’tkazadi. 
Sinoptiklarning  taxminiga  ko’ra  agar  shimoliy  muz  okeani  erisa  butun  Yevropani, 
Rossiyaning  shimoliy  qismini,  Shimoliy  Amerikani  suv  bosishi  mumkin  bo’lgan  bir  paytda 
O’rta  Osiyoda  joylashgan  O’zbekistonda  quriqlik  hukmron  bo’ladi.  Amudaryo  Orolga 
quyilmasdan Tojikistonda joylashgan GESSga borib quyilar  ekan oqibatda orol  ham  butunlay 
qurib ketar ekan.Lekin  Aydar ko’lda suv ko’payib ketar  ekan.Nima bo’lsa ham  suv osmonga 
uchib ketmaydi.Yog’ingarchilik bilan suv omborlari yana to’ladi. Agar issiqlik ortib boraversa 
o’simliklar, nafas olish manbalarimiz (daraxtlar) qurib ketish ehtimoli bor, shuning uchun har 
bitta inson hech bo’lmasa bittadan daraxt eksa o’rmon hosil bo’lgan bo’lardi. CO2 kamayishi 
uchun  ko’proq  archalar  ekish  kerak.Chunki  archalar  CO2  ni  ko’proq  kislorodga  aylantirib 
beradi.  Xullas  havoning  isib  ketishiga  biz  sababchi  bo’lib  qolmaylik.Axir  biz  shu  tabiatdan 
oziqlanamiz.  Daraxt  barglari  to’kilgan  paytda  u  yerga  tushib,  chiriydi  va  ko’p  vaqt  o’tgach 
Torf,  Neftga  aylanadi.  Bu  neft  keyingi  avlod  uchun  kerak-ku,  biz-chi  ularni  aksincha  yoqib 
yuboramiz. Oqibatda o’zimiz bilgan holda havoni zaharlantiramiz. Bu dunyoda faqat biz emas, 
balki bizdan keyingi avlod ham yashashi kerak. Shunday ekan tabiatni asraylik! 
Atmosfera havosining ifloslanishiga avtotransport vositalarining ulushlari 
Hayotimizning 
farovonligiga 
va 
iqtisodiyotning 
rivojlanishiga 
avtotransport 
vositalarining  ahamiyati  va  o’rni  nihoyatda  kattadir.  Ammo  atmosfera  havosining  sun’iy 
ifloslanishida  avtotransport  vositalari  birinchi  o’rinni  (40%)  egallab  turibdi.  Maishiy-


95 
kommunal  xo’jaligi  va  qishloq  xo’jaligi  ikkinchi  o’rinda  (26%),  energetika  tarmoqlari  esa, 
uchinchi o’rinni (20%, ishlab chiqarishda 14%) egallab kelmoqda. 
Avtomobil,  samolyot,  kosmiq kema, teplovoz, qishloq xo’jaligi  mashinalari nihoyatda 
katta  miqdorda  kislorodni  sarflab,  atmosfera  havosini  is  gazi,  azot  oksidi,  uglevodorodlar, 
qo’rg’oshin birikmalari, chang va boshqa kanserogen moddalar bilan ifloslantirmoqda. AQSH 
da atmosfera havvosining ifloslanishida avtotransport vositalarining  hissasi  60%ni,  sanoat  esa 
17%  ni  tashkil  yetadi.  Sanoati  rivojlangan  bir  qator  shaharlarda  (N`yu-York,  Los-Anjelos, 
Tokio,  Moskva  va  boshqa  shaharlarda)  avtmosfera  havosida  ifloslanishida  sanoat  60%, 
taransport esa 13% “hissa” qo’shmoqda. 
Ba’zi ma’lumot.larning dalolat berishicha, “SHatl” kosmiq kemasini orbitaga chikargan 
raketa atmosfera havosiga 300 t alyuminiy ok sidini oq kukun shaklida chiqargan. 
Er sharining aholisiga nisbatan avtotrnsport vositalari 3-4 marotaba ko’proq kislorodni 
sarflaydi.  Ishlab  chiqariladigan  yoqilg’i  mahsulotlarining  12-25%  ni  avtotransport  vositalari 
iste’mol  qiladi.  Transport  vositalariga  ishlatiladigan  yoqilg’ining  90%  ni  benzin,  kerosin, 
solyarka  va  boshqalar  tashkil  qiladi.  Yoqilg’i  mahsulotlari  tarkibida  SO
2
CN
4
  va  NO
2
  gazlari 
mavjud. (2-jadval), ammo ularning miqdori yoqilg’i turiga bog’liqdir. 


96 
 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish