Buxoro muhandislik texnologiya


Tayanch atama va iboralar



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/198
Sana18.01.2022
Hajmi2,81 Mb.
#386932
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   198
Bog'liq
2 5435907491118452427

Tayanch atama va iboralar 
Gidrosfera, Tabiiy resurs, Amudaryo, Sirdaryo, suv sarflash koefficenti, suvning attiqligi, 
ma`muriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik.    
 
A d a b i y o t l a r 
1.
 
Qudratov O. Sanoat ekologiyasi. T.: T va ESI, 1999, 183 b. 
2.
 
Охрана окружающей среды. Под ред. С.Б. Белова. М.: Высшая школа, 1991 319с. 
3.
 
Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T.:O’qituvchi, 1997, 112 b. 
4.
 
Xolmuminov J. Ekologiya va qonun. T.:Adolat, 2000. 
 


78 
Nazorat savollari 
1. Gidrosfera deganda, siz nima tushunasiz? 
2. Suvning boshqa tabiiy resurslaridan farqi nimada va uning kundalik hayotimizdagi ahamiyati 
nimada? 
3. Respublikamizning asosiy suv manbalarini  sanab o’ting? 
4. Respublikamizda qancha oqar suv mavjud? 
5.  Amudaryo  va  Sirdaryoning  uzunligi,  suv  yigish    maydoni  va  yillik  suv  hajmi  haqida 
nimalarni bilasiz? 
6. Bir kishi bir sutkada shaxsiy  gigiena va maishiy  kommunal  zaruriyatlari  uchun qancha suv 
ishlatiladi? 
7.  Rivojlangan  va  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  bir  sutkada  bir  kishi  uchun    qancha  suv 
sarflanadi? 
8. Qishloq xo’jaligi tarmoqlariga yiliga qancha suv sarflanadi? 
7. Respublikamiz suv resurslari qancha maydondagi yerlarni uzlashtirishga etarli? 
9. Bir gektar yerni sugorish  uchun qancha suv sarflanishi lozim? 
10. Yer osti suvlaridan yiliga qancha suv foydalanishga olinmoqda? 
11. Sanoatda qancha suv sarflanadi? 
12. Suv sarflash koefficienti deb nimaga ataladi? 
 
Suvning  sifati  deganda,  uni  ishlab  chiqarishga  qo’llash  yaroqligini  ko’rsatuvchi  fizik, 
kimyoviy, biologik va bakteriologik ko’rsatgichlarning majmun tushuniladi. 
      Har  bir  sharoitda  texnologik  jarayonlarning  shartlariga  qarab,  xom  –  ashyolarning  tarkibi, 
qo’llaniladigan qurilmalar va tayyor mahsulotni ishlab chiqarish xususiyatlarini inobatga olgan 
holda  va  suvning  qaysi  maqsadlar  uchun  mo’ljallanganligiga  qarab,  ishlab  chiqarishga 
qo’llaniladigan suvning sifati belgilanadi. 
      Ba`zi paytlarda texnologik jarayonni to’g’ri amalga oshirish uchun tarkibida 10-15 g/m
3
 tuz 
saqlangan, qattiqligi 0,01 mol.ekv/m
3
 ni tashkil etgan va kislorodga bo’lgan ehtiyoji 2g O
2
/m
3
 
ga teng suv kerak bo’ladi. 
     Shuni  alohida  ta`kidlash  kerakki,  ishlab  chiqarishda  hosil  bo’ladigan  oqova  suvlarning 
kimyoviy tarkibi bir xil emas. 
       Oqova  suvi  –  bu  ishlab  chiqarish  va  uy  –  ro’zg’orda  yoki  qishloq  xo’jaligida  ishlatilgan 
hamda ifloslangan hududlardan oqib o’tgan suyuqlikdir. 
        Hosil bo’lishiga qarab, oqova suvlari 3 guruhlarga bo’linadi. 
1.
 
Uy – ro’zg’or oqova suvlari. 
2.
 
Atmosfera oqova suvlari. 
3.
 
Sanoat oqova suvlari. 
       Uy – ro’zg’or oqova suvlari guruhiga hammomlardan va kimyoviy tozalash korxonalardan 
chiqadigan suvlar, oshxona va hojatxonalardagi suvlar, uylarni tozalashga ishlatilgan suvlar va 
b.  kiradi.  Ularning  tarkibida  organik  moddalar  58%  ni  va  minerallar  42%  ni  tashkil  etishi 
mumkin. 
      Atmosfera  oqova  suvlari  –  bu  yog’ingarchiliklar  va  suv  toshqini  tufayli  hosil  bo’ladigan, 
organik va mineral moddalar bilan ifloslangan suvlardir. 
       Sanoat  oqova  suvlari  –  bu  suyuq  chiqindilar  bo’lib,  ular  organik  va  anorganik  xom  – 
ashyolarni qazib olishda va ularni qayta ishlash jarayonida hosil bo’ladi. 
 
        Texnologik jarayonlarda oqova suvlarning quyidagi manbalari paydo bo’lishi mumkin. 
1.
 
Kimyoviy reaktsiyalar tufayli hosil bo’ladigan oqova suvlar. 
Ular,  odatda,  dastlabki  moddalar  va  reaktsiya  davomida  hosil  bo’ladigan  mahsulotlar  bilan 
ifloslangan bo’ladi. 
     2. Xom – ashyo va dastlabki mahsulotlar bilan o’zaro birikkan yoki qayta  
     ishlash jarayonida erkin namlik hisobiga ajralib chiqadigan suvlar. 
3. Qurilmalar, xom – ashyo va mahsulotlarni yuvishda hosil bo’ladigan   suvlar. 
     4. Xiralashgan suvli eritmalar. 
     5. Suvli ekstraktlar va absorberlar. 
     6. Sovutish uchun ishlatilgan suvlar. 


79 
     7.  Boshqa  turdagi  oqova  suvlar  (masalan,  vakuum  –  nasoslardan,  aralashtiruvchi 
kondensatorlardan  olinadigan  suvlar,  sig’imlar,  tajhizotlar  va  xonalarni  yuvishda  hosil 
bo’ladigan oqova suvlar va boshqalar). 
       Shuni  alohida  ta`kidlash  kerakki,  oqova  suvlarning  miqdori  va  kimyoviy  tarkibi  ishlab 
chiqarish turiga bog’liqdir. Masalan, 1 tonna kaltsiylangan soda ishlab chiqarish jarayonida 8–
10  m
3
  oqova  suv  hosil  bo’lib,  uning  har  bir  m
3
  hajmida  0,70-0,80  kg  kaltsiy  sulfat,  20-24  kg 
muallaq zarrachalar, 50-60 kg natriy xlorid va 110-120 kg kaltsiy xlorid mavjudligi aniqlangan. 
Bir tonna xlorid kislota ishlab chiqarish jarayonida 12-13 m
3
 oqova suv hosil bo’lib, uning har 
bir  m
3
  hajmida  0,01  kg  gacha  xlorid  kislota  qoldiqlari  mavjudligi  aniqlangan.  Bir  tonna 
nitrobenzol ishlab chiqarish jarayonida esa 50-60 m
3
 oqova suvi hosil bo’lib, uning har bir m
3
 
hajmida  1-2  kg  gacha  sulfat  va  azot  kislotlari  hamda  nitrobenzol  qoldiqlari  mavjudligi 
aniqlangan. Suvni ifloslantiruvchi ushbu moddalar qimmatbaho xom-ashyo bo’lib, ularni oqova 
suvlar tarkibidan ajratib olish va ulardan samarali foydalanish iqtisodiy yuksalish garovidir.  
Oqova  suvlar  har  xil  moddalarning  aralashmasidan  iborat  bo`lib,  murakkab  sistemani 
tashkil  qiladi:  erigan  anorganik  va  organik  birikmalar,  muallaq  daqal  dispers  va  kolloid 
aralashmalar, ba`zi hollarda esa erigan gazlar (serovodorod, karbonat va boshqalar.). 
       Oqova  suvlarning  tarkibi  kimyoviy  ishlab  chiqarishlarning  turlari  va  ularning  texnologik 
jarayonlariga boqliqdir. Sanoatda suv ashyo sifatida erituvchi, reaktsion muhit, ekstragent yoki 
absorbent,  tashuvchi  (transportiruyushiy)  agent,  isituvchi  yoki  sovutuvchi  (apparatlarni  yoxud 
ulardagi  ashyolarni),  turli  xildagi  moddalarni  yuvish  uchun,  moddalarni  haydashda 
(peregonka),  pul'palar  hosil  qilishda,  vakuum  hosil  qilishda,  jiqozlarni,  idishlarni  va  boshqa 
ko`p maksadlarda ishlatiladi. Tayyor mahsulotni  olish uchun butun texnologik tsiklni o`tishda 
foydalanilgan suv boshlanqich, oraliq va oxirgi maqsulotlar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral 
o`qitlar va anorganik ishlab chiqarish korxonalaridagi oqova suvlar kislotalar, ishkorlar, har xil 
tuzlar  (ftoridlar,  sul'fatlar,  fosfatlar,  fosfitlar  va  boshqalar)  bilan  ifloslangan  bo`ladi.  Asosiy 
organik  sintez  ishlab  chiqarish  korxonalari  –  yoq`  kislotalari,  aromatik  birikmalar,  spirtlar, 
aldegidlar bilan; neft qayta ishlash zavodlarining suvlari -  neft mahsulotlari, yoq`lar, smolalar, 
fenollar,  sirt  -  faol  moddalar  bilan;  sun`iy  tola,  polimer,  har  xil  sintetik  smolalar  ishlab 
chiqaruvchi korxonalarning oqova suvlari - monomerlar, yuqori molekulali moddalar, polimer 
zarrachalari va boshqalar bilan ifloslangan bo`ladi. 
       Keyingi  vaqtlarda  qishloq  xo`jaligidan  chiquvchi  va  suvga  kelib  qo`shiluvchi 
chiqindilarning hajmi ancha ko`paydi. Jumladan chorvachilik, parrandachilik, qishloq xo`jaligi 
maqsulotlari, o`q`itlari va har xil pestitsidlarni qayta ishlovchi korxonalardan chiquvchi oqova 
suvlar. 
       Ko`pincha oqova suvlar yoqimsiz o`tkir hidga ega moddalar bo`ladi (sul'fidlar, disul'fidlar, 
vodorod  sulfid  va  boshqalar),  ba`zan  esa  kimyoviy  korxonalarning  turlariga  qarab,  rangli 
chiqindi  suvlar  oqadi.  Oqova  suvlarda  ko`pik  hosil  bo`lishi,  ularda  sirt-faol  moddalarning 
bo`lishini ko`rsatadi. 
       Oqova  suvlarning  zararli  darajasi  uning  ifloslayotgan  moddalarni  toksik  (zaxarli) 
xususiyati va tarkibiga boq`liq. Oq`ir metallarning tuzlari, tsianidlar, fenollar,  vodorod sulfid, 
kantserogen  moddalar  va  qator    boshqa  shu  kabi  jinslar  oqova  suvlarning  yuqori  darajada 
zaqarlanishiga olib keladi. 
       Oqova suvlarning past yoki yuqori  vodorod ko`rsatgichi (PH), ya`ni ishqoriy eki kislotali 
bo`lishi  quvur  materiallariga,  kanalizatsiya  kollektorlariga  va  tozalovchi  inshootlarning 
apparatlariga nisbatan agressiv hisoblanadi. Bulardan tashqari, chiqindi suvlarda polimerlanish 
xossalariga ega bo`lgan har xil muallaq modda va birikmalarning ko`p miqdorda bo`lishi, suv 
quvurlari va kollektorlarining qasmoqlanishiga, natijada tiqilishga olib keladi. 
       Oqova suvlarning ifloslanish darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi: 
  1. Organoleptik usul (suvning rangi, mazasi, hidi, tiniqligi). 
 2.  Fizik-kimyoviy  (optik  zichligi,  ranglanishi,  PH,  temperaturasi,  elektr  o`tkazuvchanligi, 
ishqoriyligi,  nordonligi,  qattiqligi,  oquvchanligi,  zichligi,  tarangligi,  quruq  qoldiqi  va 
boshqalar). 
3. 
Эrigan  organik  va  anorganik  moddalar  aralashmasining  miqdori,  kimyoviy-kislorodga 
bo`lgan kimyoviy extiyoj-XPK va kislorodga bo`lgan biokimyoviy extiyoj - BPK .  
4. 
Daq`al dispersli kolloid zarrachalar shaklidagi aralashmalarning borligi.  


80 
        Oqova  suvlarning  tahlil  qilish  organoleptik  va  fizik-kimyoviy  kattaliklarini  aniqlashdan 
boshlanadi.  So`ngra,  kir  aralashmalarning  umumiy  miqdorini  quritish  orqali  aniqlanadi. 
Qurigan  qoldiqni  qizdirilganda  uning  miqdorini  kamayishi  oqova  suvda  organik  modda 
borligini  bildiradi.  Ko`pincha  oqova  suvlarni  qizdirilganda  anorganik  moddalar  ham  uchib 
ketishi mumkin, shuning uchun organik moddalarni permanganatli yoki bixromatli oksidlanish 
yo`li  bilan  aniqlanadi.  Har  ikkala  usulda  ham  kislorodning  miqdori  sarf  bo`layotgan 
oksidlovchi, ya`ni KMpO4 yoki K
2
Cr
2
O
7
  ning miqdoriga ekvivalent bo`lishi kerak. 
  Oqova  suvlardagi  kir  aralashmalarning  fazoviy-dispers  tarkibiga  nisbatan  turlarga  bo`linish 
sistemasi Ukraina Fanlar Akademiyasining akademigi  L.A.Kul'skiy tomonidan taklif qilingan. 
Bu  sistemaning  ma`nosi  shundan  iboratki,  sistemadagi  hamma  iflos  aralashmalar  ularning 
dispers muhitga nisbatan to`rt gruppaga bo`linishidir: 
       I gruppa - oqova suvlarda 10
-5
 - 10
-4
 sm va undan katta zarrachalarning suvda erimaydigan 
kir aralashmalarini bo`lish. 
      II gruppa - zarrachalarining kattaligi 10
-9
 - 10
-7
 yoki 10
-7
 - 10
-5
 sm bo`lgan oqova suvlar. 
      III gruppa - tarkibida erigan gazlar va molekulyar -eruvchi organik moddalar bulgan oqova 
suvlar. 
      IV gruppa - tarkibida ionlarga dissotsiatsiyalanuvchi moddalar bo`lgan oqova suvlar. 
      Oqova  suvlardagi  kir  aralashmalarning  fazoviy  dispersion  xarakteristikasi  xar  bir  gruppa 
uchun oqova suvlarning tozalash usullarini muayyan turkumiga taklif qilishga imkon beradi. 
Oqova  suvlarni  effektli  tozalash  sxemasini  tanlash  uchun  ularni  turlarga  bo`lish 
zarurdir. 
        Oqova suvlarni bir qancha turlarga bo`lish sistemasi bor: suvlarning texnologik jarayonda 
ishtirok etish, kir aralashmalarning fazoviy-dispers tarkibi, ifloslanish darajasi, suv havzalariga 
bo`ladigan ta`siriga qarab va boshqalar. 
Texnologik jarayonlarda oqova suvlar quyidagicha ko`rinishda bo`ladi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish