65
oshirmoqdalar. Agar atmosfera havosi tarkibida bir qancha zaharli moddalar mavjud bo’lsa va
baravar ta’sir ko’rsatsa, ularning atmosfera havosidagi mumkin bo’lgan me’yoriy miqdori
quyidagi formula bilan topiladi:
ya’ni, C
1
, C
2
, C
3
, Cn- atmosfera havosidagi zaharli moddalarning haqiqiy miqdori;
MChM
1
, MChM
2
, MChM
n
– mazkur moddalarning atmosfera havosidagi mumkin
bo’lgan chegaraviy miqdori;
Ko’rinib turibdiki, zaharli moddalarning konsentrasiyasini har bir moddaning MChM ga
bo’lgan nisbati birdan oshmasligi kerak. Atmosfera havosining inson organizmiga ta’sirini
o’rganishda yuqorida aytib o’tilgan holatlar nazarda tutilishi zarur, aks holda bajariladigan
vazifalar kutilgan natijalarni bermaydi. Ma’lumki, tirik organizmlar bir qator muhim va
murakkab vazifalarni bajaradi, bunda barcha a’zolar ishtirok etadi. Atmosfera havosi
tarkibidagi zaharli moddalar ana shu sistemalar faoliyatiga yomon ta’sir ko’rsatadi.Agar zaharli
moddalar kishi organizmiga surunkali tushib tursa, ularning asorati yaqqol ko’rina boshlaydi.
So’nggi yillarda kimyoviy ta’sirotlar natijasida tirik organizmlarda kechadigan o’zgarishlarni
matematik yo’l bilan hisoblash, tahlil qilish va xulosa chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.
Mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorning ishlab chiqilishi gigiyena fanining katta
yutug’idir, bu sanitariya amaliyotida asosiy qurol hisoblanadi.Sanitariya xodimlari MChM
yordamida ogohlantirish beradilar, kundalik sanitariya nazoratini amalga oshiradilar.Hozirgi
kunda atmosfera havosidagi 600 ga yaqin kimyoviy zaharli modda MChM ishlab chiqilgan,
shuningdek, 33 ta moddaning birgalikda ta’sir qilishi o’rganilib, ular uchun me’yoriy miqdorlar
belgilangan.Gigiyena fani uchun murakkab masalalardan biri ishlab chiqilgan mumkin bo’lgan
chegaraviy miqdorlarni hayotga tadbiq etishdir.Har bir zaharli modda atmosfera havosi orqali
organizmga tushadigan bo’lsa, uhga organism o’ziga xos biologik reaksiyalar bilan javob
beradi.Masalan, kishi betoblanishi, o’lishi ham mumkin.Atmosfera havosi ifloslangan
bo’lishiga qaramay, turli organizmlarga turlicha ta’sir qiladi. Xorijiy mamlakatlarda mumkin
bo’lgan chegaraviy miqdor bizning mamlakatimizdagi mumkin bo’lgan me’yoriy miqdordan
farq qiladi.Masalan, sulfid angidrid uchun bizda MChM 1m
3
atmosfera havosida 0,05 mgga
teng bo’lsa, AQSh larida 0,26 mg, Fransiyada 0,75 mg, Shetsiyada 0,25 mg, Polshada 0,35 mg,
Yaponiyada esa 0,1 mg deb qabul qilingan. Kimyo sanoati keyingi 30-40 yil ichida jadal
rivojlandi, natijada zaharli moddalarnin organizmlarga ta’siri ham ko’paydi.Har bir kimyoviy
zaharli moddalar uchun mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorni ishlab chiqish ancha murakkab
bo’lishiga qaramay, faqatgina MChM ishlab chiqilgandan keyingina ulardan foydalanishga
ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: