8 – Ma’ruza
Mavzu: Fors kostyumi kompozitsiyasi va tarixini o’rganish.
Reja:
1.Qadimiy Fors madaniyati
2.Qadimiy Fors erkaklari kostyumi
2.Qadimiy Fors harbiylari kostyumi
Tayanch iboralar:
Kaftan, anaksarides, kandis, mitra
Adabiyotlar;
1.G.K. Xasanboeva, V.A Chursina «Kostyum tarixi» 1992 y.
2. Д.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Аtaxonova “Libos tarixi” 2015y.
Qadimiy Erondagi qabilalar alohida yashashar va boshqa mamlakatlarga nisbatan jahon tarixi doirasiga kechroq kirgandi. Faqat miloddan avvalgi VI asr o’rtasida Qadimiy Fors kuchli, harbiy texnika bilan qurollangan armiyaga ega yirik quldor mamlakatga aylandi. Ammo uzoqqa cho’zilgan yunon-fors urushlaridan keyin miloddan avvalgi V asrda u barcha yutuqlaridan ayrilib, Osiyo viloyatiga aylangandi.
Qadimiy Fors madaniyati va, ayniqsa, tasviriy san’ati bosib olgan xalqlar madaniyatlari ta’sirida yaratilgandi. Perespol va Suzadagi saroylar eng yirik san’at yodgorliklari edi. Ularning rangli devoriy tasvirlari forsliklarning tashqi ko’rinishi va kiyimi to’g’risida ma’lumot beradi.
Erkaklar kostyumi. Asosiy aholining kiyimi eron avlodlari — toli cho’pon qabilalari — turmush tarzi- ni aks ettiradi. Ularning kiyimi kalta, gavdaga yopi- shib turgan "kaftan" (fors, elka kiyimi) (99, 100- rasmlar), charm ishton "anaksarides" (101-rasm) va uchli cho’qqili charm qalpokdan iborat edi. Yunon tarixchisi Gerodot davrida (miloddan avvalgi V asr) bu kiyimlar daal jun matodan qilinardi, bosh kiyimi esa frigiya qalpoiga o’xshash edi. Shunday kiyimlar iklim va chorvadorlarning turmush sharoitiga juda mos edi.
Fors lashkarlari va aslzodalari kiyimi boshqacha bo’lgan. Tasvirlarga binoan, ular kuchli, jismoniy yaxshituzilgan, qorachadan kelgan, qora sochli, kelishgan yuzli odamlar edi. Ular erkin, uzun, keng engli kaftanni kiyishardi. Kaftan keng belbobilan bolanardi.
Bosh kiyimlari har xil bo’lib, shaxsning ijtimoiy holini ko’rsatardi.
Oyoqkiyimlari charmli boshmoqlar bo’lgan.
Sinfiy farqlar qadimiy forsliklar kiyimida os suriya-bobilliklarnikiga o’xshagandi. Oltin bilan kashtalangan bosh kiyimlar, oltin zanjirlar, kashtalangan boshmoqlar va boshqalar ijtimoiy ramzlar bulgandi.
Shohning kiyimi eng qimmatbaho bo’lgan. U keng qirmizi kaftan, qizil anaksarides va qalin taglikli boy bezatilgan boshmokdan iborat edi. Ustki kiyimi plashch "kandis" edi. Unda shoh ramzi — kalxat va burgut —kashtalangandi. Bosh kiyimi "mitra" (102, 103-rasmlar) ham shoh ramzi bo’lgan. U tepaga kengaygan trapestiya shaklli bo’lib, qimmatbaho toshlar va oltin bilan bezatilgandi.
Forslar kiyimda ziir, jun va shoyi matolarni qo’llashgan.
Forslarning bezaklari oltin, kumush va qimmatbaho toshli bilaguzuklar, ziraklar va marjonlar edi.
Ayollar kostyumi erkaklarnikiga nisbatan uzunroq bo’lib, yupqaroq matolardan qilinardi. Kiyim deyarli gavdaa yopishib turardi. Old qismining ko’kragida kesim qilinib, tasmalar yordamida bolanadigan taqilma hosil qilingandi. Oliy zot ayollari, erkaklar singari, ustma-ust bir necha kiyim kiyishgan.
Forslarni arablar bosib olganidan so’ng fors kiyimida bir necha o’zgarishlar ro’y bergandi.
Erkaklar orasida qadimiy arab ko’ylaklari, salla, kaftanlar va plashchlar keng tarqalgandi. Arab va turk kostyumlarining fors kostyumi bilan qo’shilganligi natijasida yangi kostyum vujudga kelgandi. Uzun, keng, beli bolangan xalat va kesik konussimon shaklli bosh kiyim endi forslarning kiyimi bo’lib qoldi. Kiyimlar- ning englari ergacha osilgan uzun yoki kesimli edi. Kal- ta englarning orqa qismi juda uzun (ergacha) qilinib, keng bo’lardi.
XV asr oxirida tasviriy san’at yodgorliklarida fors kostyumi tasvirlangan edi. Bu davrda forslar bir necha keng ishton va oldi tugmalanadigan keng belbobilan bolangan uzun kaftan kiyishardi. Boshga rangli bosh kiyimlarni (ko’pincha duxobadan) yoki salla kiyishardi. Ayollar kostyumi ok ip matoli ko’ylakdan, keng, rangli shalvar, uzun engli ichki kaftandan, uchi qayrilgan uchli tuflidan, belbo-sharfdan, vual va qalpoqchadan ibo- rat edi. Ko’chaga chiqqanda fors ayoli kiyimining usti- dan yopinchok va plashch kiyardi.
Fors oyok kiyimi shnurovkali tuflisimon edi. Ular charm yoki mato bo’lagidan qilinib, oyoiga yopishib turardi va do’ngsamda tasma yordamida bolanardi. Ochiq oyoq kiyimi daal charmdan qilingan shippaklar edi. Etik- lar an’anaviy poyafzal bo’lgan. Keyinroq rangli oyok kiyimlar keng tarqalgan edi. Saroyda eng kadrlangan oyok kiyimlar kizil va sariq rangli bo’lgan, aslzodalar- da qirmizi rang eng qadrli edi.
Keyingi davrlarda tovonsiz tufli — "kavsh" — ayollar orasida keng tarqaldi. Kavshlar odatda qora, kizilva, ko’pincha, yashil ranglarga bo’yalgan saxtiyon terisidan qilinardi. Patagining chetlari yashil rangli charm bilan tikilardi, tagligiga poshnaning joyiga naqshli te- mir naal qoqilardi.
Forsliklarning milliy kiyimi ishton — anaksari- des va tor kaftan ossurliklarning kandisidan keyin birinchi bichilgan kiyim edi va keyingi davrlarning sharqkostyumlariga asos bo’lgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |