ITALIYA KOSTYUMI
Italiya madaniyati antik an’analar zamirida vujudga kela boshlaganiga qaramay, unda asta-sekin antik an’analar susayib, sxematizm avj oldi. XV asrdan — Uyonish davrida realistik san’at taraqqiy eta boshladi. Rassomlar tabiatga, insonga ko’proq murojaat qila boshladilar. Italiya liboslarida ham o’zgarishlar sezila boshladi. Farang, Vizantiya va Shark mamlakatlari urfi zaminida mashhur Italiya kostyumi bunyodga kela boshladi.
Kiyimning go’zalligi kech o’rta asr modasidagi grafik noziklikdan ranglar barkamolligiga o’tdi.
Kiyimlar qimmatbaho matolardan (baxmal, kimxob, kashtalangan va naqshli matolardan) tikila boshladi. Renessans kostyumi, ayniqsa ayollarniki, oir matolardan yasalgan drapirovkalardan iborat edi. Yashil, qizil, to’q qizil ranglar urf bo’lgandi.
Endi kiyimda gorizontal chiziqlar ustunlik qila boshladi. Bosh kiyim endi gavdani uzaytirmaydi. Oliy tabaqalarning modasi ustunlik qilar edi, ammo oddiy aholining kiyimida oldingi davr odatlari uzoq saqlanib qolgandi. Lekin Uyonish davrining kostyumi deyar- li demokratik edi, chunki unda asrlarning qat’iy sinfiy shartlanishi yo’qolib, moda endi odamning tabakasini emas, balki uning moddiy ta’minotini ko’rsatardi. Kiyimda mehnatni mensimaslikni ko’rsatadigan detallar (uzun shleyflar, ingichka bel, juda uzun englar va boshqalar) yo’qoldi. Endi asortirlik ta’siridagi kiyimlar "odamiy" mutanosiblikka ega bo’ldi.
Erkaklar kostyumi. Bu davrdagi erkaklar kostyumi xilma-xil edi. Yoshlar burgund modalariga rioya qilib, ko’ylakni ustidan kalta tor kurtka "purpuren"ni va gavdaga yopishib turgan yorqin rangli ishton-paypoqni kiyishardi. Kurtkaning tor englarining bukiladigan joylarida (elka va tirsak) ichki ko’ylagi ko’rinadigan kesim- lar paydo bo’lgandi. Ba’zan, engni kurtkaga tasma yordamida biriktirishar edi. Bu yangilik bitta kurtkaga xilma-xil yenglarni biriktirishga imkoniyat bergan edi.
Kiyim, asosan, bir rangda tikilar edi, Farangilar ta’siridagi ikki rangli kiyimlar "miparti" ham mo- daga kirgan edi. Ko’pincha tor kurtkalarni yonida kesimi bo’lar edi va oldi tasma yordamida shnurovka qilib bi- riktirilar edi. Ba’zan, evgsiz va yoni tikilmagan kurt- kalar yopinchoqga aylangan edi. Yoqa o’mizi chuqur o’yilar edi yoki orqasida tugmalanadigan tik yoqali qilinar edi. Kiyimlar kashta yoki mo’yna bilan bezatilardi.
Ustki kiyim kurtkaning elkasiga tugmalangan plashch edi. Uzun, keng kaftanlarni faqat keksaygan odamlar kiyishardi. Kaftanlar — keng, osilib turgan ko’ni- roqsimon engli bo’lib, odatda, uning beli bolanmasdi. Uzunligi tizzagacha yoki to’piqqacha tushar edi. Yoqa o’mizi — kare.
Oyoq, kiyimi tumshug’i dumaloq yumshoq tuflilar, shippaklar va botinkalar edi.
Modali prichyoskalar ikki turli edi: sochlarini sillik orqaga tarashar yoki, ko’pincha, peshona gajak qo’yishardi.
Bosh kiyim turlari ko’p edi: yumaloq, feskaga o’xshash shlyapalar, chambarlar, soyabonli shlyapalar, beretlar, tyurbanga o’xshash boichlar. Oliftalar baravariga ikkita shlyapani kiyishar edi — bittasini boshga kiyib, ikkinchisini orqaga tashlab yurishar edi.
Kostyumning qo’shimchalari: belbog’ga bog’langan cho’ntaklar, hamyonlar, qo’lqoplar hamda taqinchoqlar bo’lgandi.
XV asr o’rtalarida ichki ziddiyatlar Italiyani tarqoq holga keltirdi. Italiya kuchli Ovrupo mamlakatlariga qarshilik ko’rsata olmadi va ularning orasida kurash maydoniga aylandi. Uning yerlarini Fransiya va Ispaniya askarlari toptadi. Siyosiy va ijtimoiy kuch- qudratini yo’qotgan Italiya modada ham ustunlikni boy berdi.
XVI asrning boshida Ispaniya Ovrupodagi eng kuchli mamlakat bo’lib, modada ham hukmronlik qildi. Ispan askarlarining kiyimiga taqlid qilib kiyim kiyish urfga aylandi. Italiya modasida faqat erkaklarning kostyumida taqlid sezilardi. Kiyimlarning shakli va rangi odmiroq bo’ldi, erkaklar kostyumining asosi — ispan koleti oldi ochiq tik yoqali yoki oldi berk kare o’mizli kaftanga aylandi. Yoqa o’mizidan oq ichki ko’ylak ko’rinar edi. Yoqa o’mizi tasma yordamida burmalanardi. Kaftanni engi bufli bo’lgan yoki elkasida "qanotchalar" qilinar edi.
Ko’pincha koletlar zarbof kashta bilan bezatilgan bo’lib, to’k ranglari matoning fonida ajralib turar edi.
Bel kiyimlari: ishton-paypoq va ustidan kiyilgan uzunligi tizzagacha bo’lgan sharsimon ishtonlar edi.
Plashchning o’rniga keng, oldi ochik, kalta keng engli va katta sholsimon yokali kaftan kiyishardi. Yoqasi mo’ynali ham bo’lishi mumkin edi.
Oyoq kiyimlari yumshok poshnasiz, uchi keng boshmoklar bo’lgandi.
O’rta asrdagi oir qilichning o’rniga shpaga taqishgan. O’ng tomonga xanjar, chap tomonga shpaga qistirib yurish faqat dvoryanlarga xos edi.
Pricheskalari avvalgiday uzun yoki ispanlarnikiga o’xshash kalta qirqilgan sochlar edi. Soqol ko’yishar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |