Nazorat savollari :
1.Qadimiy Rim kostyumidagi gazlama, rang, naqshlari qanaqa?
2.Qadimiy Rim kostyumlari qanaqa matodan tiqilgan?
3.Ayollar kiyimi qanaqa rangda?
Adabiyotlar :
G.K. Xasanboeva, V.A Chursina «Kostyum tarixi» 1992 y.
2. Д.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Аtaxonova “Libos tarixi” 2015y.
Testlar:
1
|
Rimlik ayollar bezaklari?
|
a
|
oltin, marvarid va qimmatbaxo toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari
|
b
|
Marvarid taqinchoqlar
|
c
|
Qahrabo toshlar
|
d
|
Qimmatbaho toshlar
|
2
|
Rimlik ayollar oyoq kiyimi ?
|
a
|
kashta va metall to’qa bilan bezatilgan yumshoq boshmoq
|
b
|
shippaklar
|
c
|
Charm shippak
|
d
|
etik
|
3
|
Rim ayollar kiyimi etagi bezagi qanday nomlanadi?
|
a
|
"instita"
|
b
|
buf
|
c
|
fibula
|
d
|
burma
|
4
|
Rim yosh qizlari kiyimi qanday nomlangan?
|
a
|
"tunika interior"chi
|
b
|
"tunika tekta"ni
|
c
|
"dalmatika"
|
d
|
yopinchiq," palla"
|
5
|
Rim jangchilari kiyimi qanday nomlanadi?
|
a
|
sagum
|
b
|
pengla"
|
c
|
xlamida
|
d
|
xlamida
|
6
|
Rim plashlari qanday nomlangan?
|
a
|
"latserna" va " poludamentum"
|
b
|
xlamida
|
c
|
naramnik
|
d
|
kalaziris
|
7
|
Rim "toga" si turlarini sanang
|
a
|
"toga"va "toga preteksta
|
b
|
talaris
|
c
|
dalmatika
|
d
|
tunika
|
8
|
Rim erkaklari tunikasi turlarini ayting?
|
a
|
"kolombium", "talaris" ,"dalmatika"
|
b
|
Toga,stola
|
c
|
Stola va palla
|
d
|
Tunika,stola
|
9
|
Rim erkaklar kostyumi qanday nomlanadi?
|
a
|
"tunika" va ustki kiyim "toga"
|
b
|
"Kolombium
|
c
|
"talaris"
|
d
|
"dalmatika"
|
10
|
Rim ayollar kiyimi nimalardan iborat ?
|
a
|
"stola" va "palla"
|
b
|
tunika
|
c
|
Tunika va stola
|
d
|
Stola va naramnik
|
4 – Ma’ruza
Mavzu: O’rta asr Evropa kostyumi kompozitsiyasi va tarixini o’rganish.
Reja :
X asrda Evropa kostyumi
Gotik uslubi
Roman uslubi
XIV – XV asr modasi
Tayanch iboralari :
Old, o’rta bo’lak, uchli tufli, syurko, gotika, naramnik, roman
Qadimiy Rimning 476 yilda fojiali halokatga uchrashi bilan uning texnik va badiiy madaniyati uzoq muddatga esdan chikdi. Quldorlik tuzumi va antik stivilizastiya vayron bo’lgan edi. Shundan so’ng bir necha asrlar davomida Ovrupo mintaqasida barqaror qudratli mamlakatlar faoliyat ko’rsatmagan yoki paydo bo’lishi bilan yana barbod bo’lgan. Nihoyat, Ovrupoda birinchi mustahkam mamlakat — franklar davlati — IX asrning oxirida paydo bo’lgan edi.
O’rta asr Ovrupo mamlakatlari yangi feodal ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida qurilib, jamiyat asosiy kuchlari — feodallar va ularning qaramoidagi dehqonlardan iborat bo’lgan.
IX asrda Ovrupo xalqlari nasroniylikni qabul qilishgach, cherkov odamlar hayotida muhim rol o’ynay boshladi. Monastirlarda qishloq ho’jaligi, hunarmandchilik va har xil san’at turlari: miniatyura san’ati, kitoblarni ko’chirib yozish, zargarlik kabi sohalar rivojlantirildi.
X asrga kelib Ovrupo mamlakatlarida feodalizmning shakllanish jarayoni tugadi. Bu erda jamiyat madaniyati tarixi ikki asosiy davrdan iborat: ilk o’rta asrlar (IX— XII) va kech o’rta asrlar (XIII—XV)ra bo’linadi.
Jamiyatda dinning roli kuchli bo’lgani natijasida din ta’sirida yangi estetik oya paydo bo’lgandi. Bunga ko’ra odamlar dunyo lazzatlaridan voz kechib yashaganlar. Ibodatxonalarning freskalarida nomutanosib, azob- ukubat chekkan, jinssiz odamlar tasvirlangandi.
Ilk nasroniylik san’atida keng tarqalgan Bibi Maryam siymosi ayollarning go’zallik ideali bo’lgan. Ammo o’rta asr estetik tasavvurining paydo bo’lishida faqat din asos bo’lmadi. Unda xalq va ristarlik ideallari ham muxim rol o’ynadi. "Roland to’g’risida ko’shiq", "Nibelunglar to’g’risida qo’shiq", shuningdek, "Trubadurlar" poeziyasida bular o’z ifodasini topgan. Ristarning kuchi, jasorati, mardligi, o’z vatanining ximoyachisi ekanligi uning tashqi ko’rinishida aks etgan. Ular kuchli, epchil, chidamli, jasur, irodali, keng elkali jangchilar sifatida tasvirlangan.
Ovrupo jamiyati estetik qarashida birinchi marta jasoratli erkak go’zalligi ayollar go’zalligini ifodalaydigan nazokatga qarama-qarshi qo’yilgan.
XI—XII asr shoirlari ma’lumotlari bo’yicha, ayollar jingalak tilla sochli, gulgun chehrali, endigina uzilgan shaftoli kabi labli bo’lishi kerak edi. Ularning go’zalligi, rahmdilligi, vafodorligi ritsarlar musobaqalarida tarannum kilinar edi. Noziklikning, nimjonlikning, nafislikning ramzi bo’lgan atirgul timsoli keng tarqalgandi. Atirgullar bilan ovqatlanadigan stolni bezatar edilar, gul barglari vino kosalariga solinardi. Aynan, shu shafqatsiz, zulmat bosgan davrda "go’zal ayolga" sig’inish paydo bo’lgandi va bu kelajak avlodlarning ayolga bo’lgan munosabatiga katta ta’sir etdi.
Ilk o’rta asr davr san’atida Roman badiiy uslubi vujudga kelgan edi. Bu uslubda diniy-feodal mafkura xukmron edi. Uning asosiy xususiyatlari dabdabalilik, uluvorlik bo’lib, qurilishlar oir va salobatli, inshootlarning devorlari kalin, eshik va yarim doira shaklidagi derazalari tor qilingandi. Qurilish materiali mahalliy rangli granit toshi bo’lgan. Roman uslubidagi binolarning ichki ko’rinishi zulmat bosgan me’morchilikka mos edi. Bu to’q ranglar, gumbazsimon shiftlar, teri bilan qoplangan terrakota rangli pollar, yoochdan yasalgan panellar, xonani yoritish va isitish uchun kaminlar, devorga temir halqa yordamida mahkamlanib, yonib turgan mash’allar edi.
Ritsarlarning salb yurishidan keyin savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlandi, shaharlar o’sa boshladi, shahar madaniyati rivojlandi. Dorilfununlar ochildi. Shaharlarning markaziy maydonlarida hashamatli butxonalar, shahar idora markazi "ratushalar" qurilgan. San’atda Gotik uslubi yuzaga keldi.
Gotik uslubi Roman uslubining asosida paydo bo’lsa ham, undan ancha farqlanardi. Bu uslubda me’morchilik va anjomlar qatori kostyumlarda ham engil, nafis shakllar ustunlik kilardi. Gotik uslubning intereri unchalik zulmat bosgan emas edi, yoruligi ko’proq edi. Salb yurishlari qatnashchilari Sharkdan olib kelgan kimmatbaho buyumlar (yumshoq gilamlar, idishlar va b.) paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |