6.1. Aylanmadan olinadigan soliq to`lovchilari va soliq solish ob’yektlari.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-son “Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o`tishni qo`llash to`g’risida” gi qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, ya`ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga o`tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lash yoki umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi qat`iy belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona soliqning o`rnatilishi soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtiradi hamda ular bir nechta soliq turi o`rniga faqatgina bitta yagona soliq bo`yicha soliq idoralariga soliq hisob-kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Yagona soliq to`lovi, uning to`lovchilari va to`lovchilar tarkibiga kiritish mezoni.Mamlakatimizda kichik biznesni soliqlar vositasida qo`llab-quvvatlash borasida 2005-2007 yillar mobaynida muayyan ishlar amalga oshirildi. Shu o`rinda Respublika Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620 «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi Farmonini alohida ta’kidlab o`tish lozim. Unga asosan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar uchun ilgari to`lab kelingan 4 ta to`lov - yagona soliq hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Yo’l va Maktab ta’limi jamg’armalariga majburiy ajratmalar o`rniga yagona soliq to`lovi joriy etilishi kichik biznes zimmasidagi soliq yukining sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.
Yagona soliq to`lovi, yagona yer solig’i hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo`yicha qat’iy belgilangan soliqlar Kodeksda nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarning o`rniga to`lanadi, soliq Kodeksning 349-moddasida sanab o`tilganlar bundan mustasno ya’ni: foyda solig’i, qo`shilgan qiymat solig’i, aksiz to`lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz solig’i, bojxona to`lovlari; yagona ijtimoiy to`lov, davlat bojlari, tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko`rsatish huquqi uchun yig’im, davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar (yagona soliq to`lovi to`lovchilar bundan mustasno), avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo`l fondiga yig’im.
Soddalashtirilgan soliq tizimi 3-ta yo`nalish bo`yicha o`rganildi .
1.Yagona soliq to`lovi.
2.Qat`iy belgilangan soliq.
3.Qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’i.
Yagona soliq to`lovining ob’yekti yalpi tushum, yagona yer solig’ini ob’yekti yerning normativ qiymati hamda yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat’iy belgilangan soliq uchun ob’ekti fizik ko`rsatkich birligiga har oyda qat’iy belgilangan soliq stavkasi (eng kam ish haqiga birlik uchun karrali miqdorlarda) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |