Soliq yukini yengillashtirish – soliqlarning foiz stavkalari kamaytirish va imtiyozlar yaratish.
Soliqlarni unifikatsiya qilish – soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish ob`yekti o`xshash bo`lgan soliq turlarini bir xillashtirish.
Soliq yuki – mablag’larni boshqa foydalanish mumkin bo`lgan yo`nalishlardan olib, soliqlarni to`lash uchun yo`naltirish orqali vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo`lib, odatda soliq to`lovchining muayyan davrda byudjetga to`langan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarning yig’indisi sifatida namoyon bo`ladi. Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasini soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i orqali ifodalanadi.
Soliq qarzi - soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha qarz summasi, shu jumladan soliq kodeksida belgilangan muddatida to`lanmagan moliyaviy sanktsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |