Mahalliy byudjet - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari fondsini tashkil etuvchi bir qismi bo`lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo`nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Moliya yili - birinchi yanvardan o`ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo`lgan vaqtni o`z ichiga oluvchi davr.
Moliyaviy aktiv – pul mablag’lari, boshqa sub`yektdan pul mablag’larini yoki boshqa moliyaviy aktivni olishiga shartnoma huquqi, boshqa sub`yekt bilan eng qulay shartlarga moliyaviy instrumentlarni ayirboshlashga shartnoma huquqi, yoki boshqa sub`yekt tomonidan imkoniyat qiymatli qog’ozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |