Favqulodda holatlar - taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog’liq bo`lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko`chkilar, bo`ron, qurg’oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini ko`zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo`lmaydigan va kutilmagan holatlar bo`lib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi.
Foizlar - har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, shuningdek depozit qo`yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad.
Do'stlaringiz bilan baham: |