Ishga tushirishga tayyorlash.
Tayyorgarlik bosqichi reaktorning va gaz tizimining germetik
mahkamligini tekshirishni o’z ichiga oladi buning uchun gaz tizimiga suvli
manometr ulanadi. Reaktordagi ortiqcha xavo bosimini o’lchash mumkin
bo’lishi uchun barcha ochqich (kran)lar maxkamlanadi buning uchun reaktor
ishchi sathiga qadar suv bilan to’ldiriladi. Ortiqcha havo saqlovchi klapin orqali
siqib chiqariladi. Shundan so’ng manometr ko’rsatgichi olinadi va suv bilan
to’ldirilgan reaktor bir sutka qoldiriladi. Bir sutkadan keyin manometrning
ko’rsatkichi o’zgarmagan yoki sezilarsiz darajada o’zgargan bo’lsa gaz tizimi
va reaktorning germetikligi etarlicha deb hisoblanadi. Bosim o’zgarganda
reaktorda va gaz tizimida qayerda havo chiqayotganligini aniqlash va
mahkamlash zarur bo’ladi.
Qurilmani ishga tushirish qurulma va uning barcha qisimlari
foydalanishga yaroqli deb hisoblangandan so’ng va xavsizlik talablariga javob
bergandan so’ng amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |