Qattiq jismlar konsentratsiyasi.
Reaksiyaning yuqori intensivlikka ega bo’lishi uchun zamin sifatida
chegaraviy fazalar sirtida amalga oshadigan moddalar almashinuvi xizmat
qiladi. Bu almashinuv substratni doimo aralashtirib turish natijasida
yangilaniladi. Biroq bu almashinuv substratning qovushqoqligi, tarkibidagi
qattiq zarrachalar, bakteriyalar va gaz pufakchalari mavjud bo’lgan suyuqlikning
erkin harakatlaniashiga ruxsat bergan holdagina ta’minlanadi. Fazalarning erkin
xarakatlanishi mumkin bo’lgan qattiq zarrachalar konsentratsiyasining yuqori
chegarasi qattiq jismlarning mayda zarrachali aralashmasi mavjud bo’lgan
substrat uchun 10...12% ni tashkil qiladi. Bu qiymat yuqori bo’lganda gaz
chiqishi sezilarli darajada kamayadi. Bu kamayishni substratni intensiv ravishda
aralashtirish va tegishli energiyani berish yo’li bilan bartaraf etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |