Hayot uslubi. Hamma odamlar umumiy, asosiy, bazaviy maqsadga erishishga intiladilar, ammo unga erishish yo’llari turlichadir. Hayotiy uslub o’z ichiga o’ziga xos tomonlarni, xulq-atvor usullarini, odatlarini birlashtirib, individning qaytarilmasligini aniqlovchi xususiyatdir. Bir odam o’z aqliy xususiyatlarini rivojlantirish bilan, boshqasi jismoniy yetukligi bilan afzallikka erishishga intiladi. Adler aytishicha, hayotiy uslub yoshlikda, taxminan 5 yoshlargacha shakllanadi, kelgusida ba’zi o’zgarishlar ro’y beradi. Hayotiy yo’l - aniq to’liqsizlikning o’rnini bosishdan iboratdir. Uning asosida bizning intilishimiz, yo’nalishimiz yotadi.
Kreativ «men» - bunga ko’ra inson o’z shaxsini o’zi yaratadi. Tug’ma xususiyatlar, subyektiv hayotiy tajriba ham faqatgina material bo’la oladi. U asosida insonning o’zi, o’z shaxsini yaratadi, hatto hayotiy uslub ham kreativ «men»ga bo’ysunadi: hayotiy uslub shaxsning ijodiy qobiliyati ta’siri natijasida shakllanadi.
Ya’ni har bir inson erkin holatda o’zining hayotiy uslubini yaratadi. Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u tashqi ijtimoiy ta’sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib, so’ngra shu ta’sirlarning subyekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshidanoq “mening hayotim”, “bizning dunyo” degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba’zilar qisman qo’shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi.
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo’lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko’rinishidir.
SHaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan xosil bo‘lgan obraz - «Men» - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan xisoblanadi.
«Men» - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muxim omillaridan xisoblanadi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanish jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, xar bir inson o‘zini, o‘zligini qanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid xarakat qilish extimoli xam shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |